Ijro huquqi (ijro ishini yuritish) va huquqning boshqa sohalari


Download 12.27 Kb.
bet1/2
Sana03.02.2023
Hajmi12.27 Kb.
#1152810
  1   2
Bog'liq
Ijro huquqi (ij-WPS Office


Ijro huquqi (ijro ishini yuritish) va huquqning boshqa sohalari.
Reja:
Kirish
Asosiy qism
1. Ijro ishini yuritish tushunchasi va xususiyatlari.
2. Ijro huquqi (ijro ishini yuritish) va huquqning boshqa sohalari
3. Ijro huquqi (ijro ishini yuritish) va huquqning boshqa sohalari bilan bog'liqligining mohiyati va xususiyatlari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yhati

Kirish
O‘zbekistonda mustaqillik yillarida jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarida chuqur va keng qamrovli islohotlar o‘tkazildi, yangi iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlar tizimini tartibga soluvchi mustahkam huquqiy baza yaratildi. Shu bilan birga, qonunlar va boshqa normativ huquqiy hujjatlarning soni ko‘payishi yangi qonunchilikni hayotga tatbiq qilish muammolarini keltirib chiqara boshladi. Jamiyatda huquqiy normalarni ijro etish, huquqiy tartibga solish va huquqning inson xatti-harakati maqsadlariga ta’sir etish qobiliyati mexanizmi samaradorligini o‘zida ifodalovchi huquqiy amaliyotning muhim qismini tashkil etishi tobora yaqqol tushunila borildi. Agarda huquqiy normalarning talablari fuqarolik va ijtimoiy huquqiy munosabatlar ishtirokchilari tomonidan amalga oshirilmasa, bunday huquq amalda harakatda bo'Imaydi. Huquqiy normalarning majburiy ijro etilishini ta ’minlovchi tartib-tamoyillarning, shu jumladan, sud hokimiyati qarorlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tartibi ishlab chiqilmaganligi hamda takomillashtirilmaganligi jamiyatga katta zarar yetkazadi, mamlakatdagi iqtisodiy ahvolga salbiy ta ’sir ko‘rsatadi. Majburiy ijro etish imkoniyatlari bo'lmasligi fuqarolik munosabatlarida krcditor bo'lishdan ko‘ra, qarzdor bo'lish afzalroq bo'lishiga olib keladi, bu o'z navbatida iqtisodiy munosabatlarda raqobat va sheriklarni pasaytiradi. Sanab o'tilganlarning barchasi oxir oqibatda iqtisodiyot samaradorligini pasaytiradi va ayrim hollarda undiruvni hamda majburiyatlarning bajarilishini ta ’minlash uchun qonunda nazarda tutilmagan uslublarni qo'llashga, fuqarolik munosabatlarida kriminal elemcntlarning paydo bo'lishiga olib keladi. Bundan tashqari, majburiy ijro tizimining to'g'ri tashkil etilmasligi sud hokimiyatining obro'yini va bu hokimiyatni amalga oshirish samaradorligini pasaytiradi, chunki ijrosi ta ’minlanmagan sud qarorlari taraflar uchun biron bir yuridik ahamiyatga ega bo'lmay qoladi. Shuning uchun ham 0‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan sud qarorlarini ijro etish tizimini takomillashtirish zaruriyati haqidagi masalalar bir necha bor kun tartibiga qo'yildi va bu borada amalga oshirish zarur bo'lgan vazifalar belgilab berildi.
Ijro ishi yuritish — avvalo, huquqning protsessual sohasidir, unda vujudga keladigan barcha munosabatlar bir xil, protsesssual xususiyatga egadir. Ijro ishi yuritishning mohiyati qonunda nazarda tutilgan tartibda qarzdorga nisbatan undiruvchining qonuniy talablarini qondirishga qaratilgan majburlov choralari (majburiy ijro) q o ‘llashdan iboratdir. Ijro ishi yuritish bilan bog'liq masalalar jismoniy va yuridik shaxslarning huquq, erkinhk va qonuniy manfaatlarining davlat tom onidan himoya qilinish sam aradorligiga bevosita ta ’sir ko'rsatadi. Ijro ishi yuritish fuqarolar va yuridik shaxslarning huquq-va manfaatlarini himoya qilishni amalga oshirishning yakunlovchi bosqichidir.O'zbekiston Respublikasining «Sud hujjatari va boshqa organlar hujjatlarini ijro qilish to'g‘risida»gi Q o n u n i qabul qiliuishi bilan ijro ishi yuritishning mustaqilligi yanada aniq ko'rinib qoldi. Ijro ishi yuritishning mustaqilligi turli ijro hujjatlarini ijro etishda vujudga keladigan huquqiy munosabatlar va fuqarolik protsessidagi huquqiy munosabatlar bir-biridan farqlanishi hamda xilma-xilligi bilan bog'liqdir. Sud va ishda ishtirok etuvchi shaxslar o'rtasida vujudga keladigan protsessual munosabatlarni, sud ijrochisi va ijro ishi yuritish subyektlari (undiruvchi va qarzdor) o'rtasida vujudga keladigan ijro munosabatlari bilan tenglashtirib bo'lmaydi.Fuqarolik protsessi va ijro ishi yuritish taraflari bir-biridan farq qiladigan turli protsessual m aqom ga egadirlar.
Fuqarolik protsessida da'vogar va javobgar bir qator dispozitiv huquqlar va protsessual majburiyatlarga ega. Bular ichida eng muhimi da’vogar tomonidan bildirilgan da’vo talablarini isbotlash uning majburiyati ekanligi va tegishlicha javobgara voqeaga qarshi bildirgan e’tirozlariga asos qilib k o ‘rsatgan holatlarni isbotlashi shartligidir. Ijro ishi yuritishda esa isbotlash majburiyatlari mavjud emas, undiruvchi va qarzdor butunlay boshqa huquq va majburiyatlarga ega. Sud va sud ijrochisinining protsessual harakatlari tabiati mutlaqo farq qiladi. Agarda sud ishni k o ‘rib chiqib, taraflar o ‘rtasida vujudga kelgan nizoni m azm u n an hal qilib, tegishli qaror chiqaradigan bo‘lsa, sud ijrochisi esa undiruvni qarzdorning molk-mulki, ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarga qaratishdan iborat m ajburiy ijro etish choralarini qo‘llaydi. 0‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari sudlaniing vakolatlarini va sud ijrochilarining vakolatlarini aniq farqlaydi hamda sud odil sudlovni amalga oshirishi, sud ijrochilari esa sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etish to'g'risidagi qoidalarini mustahkamlaydi. Sudning odil sudlovni amalga oshirish bilan bog'liq faoliyati O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual, Xo'jalik protsessual, Jinoyat-protsessual kodekslari hamda O'zbekiston Respublikasining «Sudlar to‘g‘risida»gi Qonuni bilan tartibga solinadi. Sud ijrochisi faoliyati esa O'zbekiston Respublikasining «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish t o ‘g‘risida»gi Qonuni va boshqa norm ativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi. Sud sud hokimiyatini amalga oshiradi, sud ijrochisi esa ijro hokimiyatining vakiltdir.
Ijro ishi yuritish — bu hozirda 0‘zbekiston Respublikasi Jinoyatljroiya kodeksi bilan tartibga solingan jinoyat-ijroiya huquqi singari huquqning mustaqil sohasidir, shuning uchun ham u haqidagi normalar alohida qonunda jamlangan.Shunday qilib, xulosa qilish mumkinki, ijro ishi yuritish huquqning muslaqil sohasidir. Shu bilan birga ijro ishi yuritish huquqning ko‘pgina sohalari bilan, ayniqsa fuqarolik protsessual huquqi va xo‘jalik protsessual huquqi bilan bog'liqdir.

Ijro ishini yuritish huquqning mustaqil sohasi sifatida o‘zining alohida huqiiqiy larlihga solish predmetiga ega bo‘lib, bu sud ijrochisining ijro ishini yuritish jarayonida majburiy ijro faoliyatini amalga oshirishda vujudga keladigan protsessual munosabatlardir. Ijro ishi yuritishning huquqiy tarlibga solish maxsus uslubi protsessual shakl orqali amalga oshiriladi. Shu bilan birga, ijro huquqini huquqning boshqa sohalari bilan ularning bir xil prinsiplarga asoslanishi, bir xil uslublardan foydalanishi hamda ijtimoiy munosabatlarini tartibga solishga xizmat qilish birlashtiradi. Ijro huquqi huquqning ayrim sohalari bilan nafaqat o‘z tabiatiga ko‘ra, balki aniq vazifalari, qo'llanish sohasi bilan ham bog‘liqdir. Huquqning bunday sohalariga fuqarolik huquqi, fuqarolik protsessual huquqi, xo‘jalik protsessual huquqi, jinoyat-protsessual huquqi, prokuror nazorati va boshqalar kiradi.Fuqarolik-protsessual huquqi va xo‘jalik protsessual huquqi ijro huquqiga eng yaqin huquq sohalari hisoblanadi. Ijro huquqning ko‘rsatib o‘tilgan huquq sohalari bilan aloqadorligi shunda namoyon bo‘ladiki, fuqarolik va xo‘jalik protsessual huquqi sud qarorlarini ijroga qaratish va hakamlik sudi qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish masalalarini tartibga soladi.
Ijro huquqi sudlarning fuqarolik ishlari bo‘yicha va xo‘jalik nizolari bo‘yicha chiqargan hal qiluv qarorlari, ajrimlari va qarorlari asosida berilgan ijro hujjatlarining majburiy ijrosini ta’minlaydi. 0 ‘z navbatida sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etish jarayonida vujudga keladigan nizolar Fuqarolik protsessual va Xo'jalik protsessual kodekslarida belgilangan qoidalar asosida sud tartibida hal qilinadi.Ijro ishi yuritishning fuqarolik huquqi bilan aloqadorligi shundaki, jismoniy va yuridik shaxslarning mulkiy huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi moddiy huquq normalari, buzilgan huquqlarni tiklash ijro huquqi tomonidan sudlarning manfaatdor shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda tiklash to‘g‘risidagi qarorlarini majburiy ijro etish orqali ta’minlanadi. Keyingi paytda ijro huquqi bilan jinoyat va jinoyat-protsessual huquqi o'rtasida ham ma'lum bogManishlar vujudga keldi. O'zbekiston Respublikasining NO‘RQ-151-sonli «Jarima tariqasidagi jinoiy jazoni ijro etish tartibini takomillashtirish masalalari bo'yicha 0 ‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi 2008-yil 10-apreldagi Qonuni bilan jazo tariqasida jarima tayinlash to‘g‘risidagi hukm asosida berilgan ijro hujjatini (ijro varaqasini) majburiy ijro etish majburiyati sud ijrochilariga yuklatilgan. Ma'lumki, jazo tayinlash masalalari jinoyat huquq tomonidan tartibga solinadi, sud hukmlarini ijroga qaratish va hukmlarni ijro etish jarayonida vujudga keladigan masalalarni hal qilish jinoyat-protsessual qonuni bilan taitibga solinadi. Ijro ishi yuritishning ma’muriy huquq bilan o‘zaro aloqalari haqida ham eslatib o‘tish zarur.
Sud ijrochisi, ma'muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarini ko‘rish huquqiga ega bo‘lgan organlar (mansabdor shaxslar)tomonidan chiqarilgan qarorlarning majburiy ijrosini amalga oshiradi hamda ijro hokimiyati vakili sifatida ma’ muriy-huquqiy vakolatlarga ega. Sud ijrochisi ko‘rsatilgan ijro hujjatlarini ijro etish jarayonida ma’muriy organlarning (mansabdor shaxslarning) ijro etilayotgan hujjatlari yuzasidan tushuntirish berishlarini so‘rab, tegishli organlar yoki mansabdor shaxslarga murojaat etishga haqlidir. Bu tushuntirishlar ma'muriy qonimchilik qoidalari asosida beriladi. Ma'muriy organlarning (mansabdor shaxslarning) hujjatlari majburiy ijro etilmasa, ular o‘zining amaliy ahamiyatini yo‘qotadi va befoyda hujjatga aylanib qoladi. Ijro ishi yuritishning prokuror nazorati bilan o‘zaro aloqadorligi o‘zboshimchalik bilan turar joyini egallab olgan yoki avariya holatida deb topilgan uylarda yashayotgan shaxslarni ma’muriy tartibda ko‘chirish to‘g‘risidagi prokurorlarning qarorlarini majburiy ijro etish bilangina bog'liq emas. Bu o‘zaro aloqadorlik, eng awalo, ijro ishi yuritish protsessida jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va manfaatlariga rioya etilishi ustidan prokuror nazoratini amalga oshirishda namoyon bo‘ladi.
Sud ijrochilari tomonidan qonun buzilishlariga yo‘l qo‘yilgan holatlar aniqlanganda prokuror sud ijrochisining harakatlari, protsessual hujjatlari ustidan qonunda belgilangan tartibda protest kiritishga haqli. Prokuror protestni «Prokuratura to‘g‘risida»gi, «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida»gi Qonunlar, shuningdek, tegishincha Fuqarolik protsessual, Xo‘jalik protsessual yoki Jinoyat-protsessual kodekslari normalariga asoslangan holda kiritadi. Shunday qilib, ijro huquqining huquqning boshqa sohalari bilan xilma-xil aloqalarga ega ekanligi huquqning tarkibiy qismlari o‘zaro aloqada bolishligini taqozo etuvchi tizimli xususiyatga ega ekanligidan kelib chiqadi.


Xulosa
Xulosa qilib aytadigan bo'lsak hozirgi vaqtda barcha ijro ishlari qonuniy tarzda amalga oshirilib kelinmoqda, ya'ni O'zbekiston Respublikasi qarorlari, normalari, "Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida"gi qonunlari bilan tartibga solinib kelinmoqda.Ijro ishi yuritish, huquq sohalaridan biri bo'lib, qonun talablarini hayotga tatbiq etilishini ta ’minlash m aqsadida sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tartibini o'rgatishga yo'naltirilgandir. Mazkur fan talabalar tomonidan ijro ishi yuritish asoslari, shuningdek, uning mazmun-mohiyati, ahamiyati hamda bu boradagi yangiliklarni o'zlashtirilishiga xizmat qiladi.Shunday qilib, xulosa qilish mumkinki, ijro ishi yuritish huquqning mustaqil sohasidir. Shu bilan birga ijro ishi yuritish huquqning ko‘pgina sohalari bilan, ayniqsa fuqarolik protsessual huquqi va xo'jalik protsessual huquqi bilan bog'liqdir.

Download 12.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling