Bank ishi” yo’nalishi sbi 55 guruh talabasi Saidov Ruf’atjon Tursunovich mavzu: “Bank foydasi va uning hisobini yuritish” kurs ishi tekshirdi: toshkent 2023 Mavzu : Bank foydasi va uning hisobini yuritish Reja
Download 0.8 Mb.
|
5to\'
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tekshirdi: __________________________ TOSHKENT 2023 Mavzu : Bank foydasi va uning hisobini yuritish Reja
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI “SIRTQI” FAKULTET “Bank ishi” yo’nalishi SBI 55 guruh talabasi Saidov Ruf’atjon Tursunovich MAVZU: “Bank foydasi va uning hisobini yuritish” KURS ISHI Tekshirdi: __________________________ TOSHKENT 2023 Mavzu : Bank foydasi va uning hisobini yuritish Reja: Kirish 1.Tijorat banklarining foydasi, uning mohiyati va shakllantirish manbalari. 2.Tijorat banklari foydasining hisobi yuritilishi tartibi. 3.Respublikamiz tijorat banklari foydasining joriy holati,tahlili va rivojlaninsh istiqbollari. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar KIRISH Iqtisodiyotning jadallashuvi jarayonida har bir iqtisodiy sub’ekt o’zini old o’rinlarda ko’rishni, hamda bozorni egallab, yuqori foyda olib, o’z mavqeyini ko’tarishga harakat qiladi. Bu o’z navbatida raqobat muhitini rivojlanishiga sabab bo’lib, iqtisodiy sub’ektlar xizmat turlarini kengayishiga, mahsulot sifatining yaxshilanishiga va narxlarining pastlashuviga olib keladi. Iqtisodiy sub’ektlar, xususan tijorat banklari turli moliyaviy o’zgarishlarga dosh berishi, shuningdek bozorda yetakchilikka erishishi uchun, birinchi navbatda moliyaviy barqarorligi yaxshi bo’lishi lozim. Ma'lumki, banklar faoliyatining moliyaviy jihatdan yaxshiligi, ular foydasining muntazam ko’payib borishi, shu bilan birga ular ustidan nazoratning yetarliligi va samaradorligi bank tizimi barqarorligini ta'minlash va banklarga bo'lgan ishonchni mustahkamlashning asosiy omilidir. amalga oshirilgan barcha operatsiyalar bo‘yicha bankning jamlanma balansi tuziladi. Kurs ishining maqsadi Tijorat banklarining asosiy maqsadini tashkil etuvchi – tijorat banklari foydasining ko’paytirish yo’llarini yanada oshirish va uning barqarorligini taminlash, shu bilan birga respublikamiz bank amaliyotidagi tijorat banklarining oladigan foydasini va foyda olish manbalarini tahlil qilgan holda, ularni respublikamiz tijorat banklari faoliyatiga qo’llash, ya’ni yangi xizmatlar va operatsiyalarni joriy etish bo’yicha ilmiy xulosa va amaliy takliflarni ishlab chiqishdan iborat hisoblanadi. Kurs ishining vazifalari. Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilab olingan: Tijorat banklari foydasini shakllanish mexanizmining nazariy asoslarini o’rganish. Tijorat banklari foydasini oshirish maqsadida ularning daromadlarini oshirish va xarajatlarini kamaytirish yo’llarini aniqlash. Banklarning foyda miqdorini belgilovchi me’zonlari bo’yicha talablarining ahamiyatini o’rganish. O’zbekiston Respublikasi Markaziy Banki tomonidan tijorat banklarini foydasini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada takomillashtirish. Tijorat banklari foydasi ko’paytirish yo’llarini takomillashtirish yuzasidan amaliy takliflar va tavsiyalar ishlab chiqish. Kurs ishining ob’ekti. Mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan ayrim tijorat banklari faoliyati va ularning bank foydasini tashkil etish hamda shakllantirishdagi amalga oshiradigan ishlari. Kurs ishining predmeti. Tijorat banklari faoliyatida bank- larning turli xil xizmatlar va operatsiyalardan foyda olish jarayonida yuzaga keladigan iqtisodiy-huquqiy munosabatlar tashkil etadi. Kurs ishining nazariy va amaliy ahamiyati. O’zbekistonlik va xorijlik iqtisodchi olimlarning xalqaro amaliyotda tijorat banklari foydasini ko’paytirish va takomillashtirishga oid ilmiy izlanishlari hisoblanadi. Kurs ishida ilgari surilgan alohida ilmiy takliflar va tavsiyalar tijorat banklari moliyaviy holatini yaxshilash, ular foydasining oshishi va takomillashtirish tadbirlarini ishlab chiqishda qo’llanilishi mumkin. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling