Bank ishi” yo’nalishi sbi 55 guruh talabasi Saidov Ruf’atjon Tursunovich mavzu: “Bank foydasi va uning hisobini yuritish” kurs ishi tekshirdi: toshkent 2023 Mavzu : Bank foydasi va uning hisobini yuritish Reja


Tijorat banklarining foydasi, uning mohiyati va shakllantirish manbalari


Download 0.8 Mb.
bet2/8
Sana22.06.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1645982
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
5to\'

Tijorat banklarining foydasi, uning mohiyati va shakllantirish manbalari.

Tijorat banklarining moliyaviy natijalari, xususan ularning asosiy o’rganiladigan masalaning eng muhim jihatlaridan biridir. Bu tijorat banklari foydasini shakllanishi va uni taqsimlash bilan ham bog’liq. Bu natijalar bank rivojlanishi uchun, uning uzoq istiqbolga mo’ljallangan rejalarini yaratish, bank faoliyatini yanada samarali ishlashi uchun tavsiyalar berish imkoniyatini yaratadi. Bank tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar banklar barqarorligini yanada mustahkamlash, ularning likvidligini va kapitallashuv darajasini oshirish hamda investitsion faolligini kuchaytirish, yuqori xalqaro reyting ko’rsatkichlariga erishishni ta’minlash, moliya-bank tizimi qonunchilik bazasini takomillashtirish va banklar faoliyatini yanada erkinlashtirishga qaratilgandir.


Barchamizga ma’lumki, jahonning yirik davlatlarida, qolaversa, jahon moliya bozorida yuz bergan moliyaviy inqiroz aksariyat rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotiga sezilarli ravishda salbiy ta’sir ko’rsatdi. Qator kredit tashkilotlari bankrotlikka uchradi, ko’plari esa bankrotli yoqasiga kelib qoldi, ayrim mamlakatlar uchun iqtisodiy barqarorlikni tiklash hamon juda og’ir kechmoqda. Eng avvalo ta’kidlash joizki, jahon moliyaviy- iqtisodiy inqirozi ko’pgina mamlakatlar bank-moliya tizimi barqarorligini izdan chiqardi. Moliya institutlari yirik miqdordagi mablag’larni o’z zararlariga olib borib, hisobdan chiqarishga majbur bo’ldi. Tabiiyki, mazkur holat ularga berilgan reyting baholarini bir necha pag’ona pasayishiga olib keldi. Shu boisdan, jahon iqtisodiyotida yuz bergan moliyaviy inqiroz sabablarini chuqur tahlil qilish asosida O’zbekiston bank tizimi samaradorligini xolisona baholash muhim prinsipial ahamiyat kasb etadi.
Bozor munosabatlari sharoitida tijorat banklari ham boshqa xo’jalik yurituvchi sub’ektlar kabi faoliyatidan daromad (foyda) oladilar. Tijorat banklari foydasining shakllanishi esa bankning ma’lum bir davr ichida olgan barcha daromadlari va shu daromadlarni olish jarayonida qilgan xarajatlarning o’rtasidagi farqni tashkil etadi. Tijorat banklari daromadi (foydasi)ni tashkil etishda markaziy o’rinni shu banklarning daromadlari bilan bog’liq bo’lgan masalalar egallaydi. Chunki bozor iqtisodiyoti sharoitida foyda bilan bir qatorda daromad degan iqtisodiy kategoriya ham harakat qiladi va biz uning mohiyatini ham tijorat banklarida shakllanish xususiyatlarini to’g’ri aniqlash va uning iqtisodiyotdagi o’rnini (jumladan, tijorat banklari faoliyatida tutgan o’rnini) aniq belgilab olishimiz uchun yana tegishli manbalarga murojaat qilishimiz lozim.
Iqtisodiyotda mulkchilikning xilma-xil shakllari hukm surayotgan bir davrda foydaning, jumladan tijorat banklari foydasining ham iqtisodiy mohiyatini to’g’ri aniqlash uchun qiymat kategoriyasining harakati jarayoniga nazar tashlash ya’ni ushbu jarayonni chuqur tahlil qilib chiqish kerak. Agar foydaning iqtisodiy mohiyatiga bag’ishlangan xorijiy va o’zbekistonlik iqtisodchi olimlarning risolalari, ilmiy izlanishlari, ularning ayrim boblari, maqolalari va boshqa manbalarini o’rganib, ularni tahlil qiladigan bo’lsak, quyidagi fikrlar borligini ko’ramiz:
Birinchidan, iqtisodiy kategoriya sifatida foydaning moddiy asosi bo’lib qo’shimcha mahsulot hisoblanadi va foyda shu mahsulot namoyon bo’lishining shakllaridan biridir;
Ikkinchidan, foyda qo’shimcha qiymatning o’z aksini topuvchi sof tashqi ko’rinishlaridan biridir
Uchinchidan, foyda avanslashtirilgan (ma’lum ma’noda sarflangan) qiymatning o’zgargan shakllaridan biridir;
To’rtinchidan, foyda qo’shimcha qiymatning o’zgargan shakli sifatida bir necha o’ziga xos xarakterli belgilariga ega.
Xususan, Sh. Abdullayeva tijorat banklari foydasiga quyidagicha fikr bildirganlar: ”foyda - tijorat banklari faoliyatlarining yakuniy natijalarini ifodalovchi asosiy ko’rsatkichdir”1. Tijorat banklari foydasi yoki faoliyatini zarar bilan yakunlagan bo’lsa-zarari, ushbu hisobot davrida (oy, chorak, yil) barcha daromadlaridan xarajat hamda soliq va to’lovlarni chiqarib tashlangandan qolgan summani tashkil etadi. Buni quyidagicha keltirishimiz mumkin bo’ladi2

Mamlakatimizda banklarning asosiy daromad manbalari bo’lib kredit operatsiyalaridan olinadigan foizli daromadlardir. Tijorat banklarining daromadlari mijozlarga qisqa va uzoq muddatlarga berilgan ssudalar bo’yicha olinadigan foizlar, ssudalarning o’z muddatida qaytarilmagani uchun mijozlardan shartnomada ko’rsatilgani bo’yicha olinadigan yuqori stavkadagi foizlardir. Banklarning bu daromadlari ssuda tadbirkorligi daromadlari deb yuritiladi, hamda daromadlarning asosiy qismini tashkil etadi. Bank aktiv operatsiyalarining eng asosiysi bo‘lgan bu faoliyatdan olingan - «daromad jalb qilingan resurslar hisobidan berilgan kreditlar bo‘yicha olingan foizlar bilan jalb qilingan resurslar bo‘yicha bank tomonidan to‘langan foizlar o‘rtasidagi farqdan iborat»dir.


Bank ishini omadli yuritish- uning faoliyatini yaxshi tashkil etilganligiga, unga tijorat bankining ta’sischilari va mijozlari tomonidan bo’lgan ishonchi, va bankning barqarorligiga behihoyat bog’liq. Tijorat banklari faoliyatida foydaning tashkil etilishi, uning olish manbalarining barqarorligi va o’tgan yillarga nisbatan o’sib borish tendensiyasiga ega ekanligi bank uchun muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida foyda ko‘rsatkichining moliyaviy adabiyotlarda va kundalik amaliyotda mustahkam o‘rin egallamoqda. Bunday sharoitning vujudga kelganligi, bizning fikrimizcha, foydaning roli va funksiyalari yanada kuchayganligini ko‘rsatadi. Xuddi shuning uchun ham, bizning nazarimizda, shu kecha-kunduzning eng muhim vazifalaridan biri foyda hajmiga ta’sir ko‘rsatuvchi barcha omillarni bilish, uni shakllantirish jarayonini oqilona boshqarishni bilish yoki uddasidan chiqishdan iboratdir. Agar bular tijorat banklari faoliyatida o‘ziga xos xususiyatlarga ega ekanligi inobatga olinadigan bo‘lsa, uning alohida ahamiyatga ega ekanligi yanada yaqqolroq ko‘zga tashlanadi.


Tijorat banklari foydasini shakllantirish manbalari.Tijorat banklari foydaning shakllanishida ular oladigan daromadlari va bunga erishish uchun qilgan xarajatlari tarkibi va miqdori asosiy rol o’ynaydi. Tijorat banklari foydasi ular olgan daromadlaridan amalga oshirilgan xarajatlari orasidagi ijobiy farqni bildiradi. Ya’ni, bank foydaga erishish uchun uning barcha daromadlari qilgan xarajatlaridan ko’p bo’lishi talab etiladi. Quyidasgi 1- rasm yordamida tijorat banklarining foydasini shakllanish manbalarini ko’rishimiz mumkin.


Yuqoridagi 1-rasmda tijorat banklarining foydasi yoki zarari shakllani- shini ko’rib o’tishimiz mumkin. Bunda birinchi bo’lib bankning daromadlari manbalarini va daromad olish uchun qilinadigan bank xarajatlari tarkibini ko’rib chiqamiz. Yakunda, tijorat bankining olgan barcha daromadlaridan xarajatlari miqdorini chegirib tashlasak bank foydasi shakllanadi.

1-rasm. Tijorat banklari foydasining shakllanish manbalari


Tijorat banklari daromadlarini shakllanishida ularning oladigan daromadlari ikki guruhga: foiz daromadlari va foizsiz daromadlar, ya’ni turli xil xizmatlar va tijorat faoliyatidan olingan daromadlarga bo’linadi. Foizli daromadlar - oldindan shartnoma asosida belgilangan foiz stavka bo'yicha hisoblanadi. Bulardan asosiylari kredit bo'lib banklar o'z kapitalini tezroq ko'paytirish maqsadida, jalb qilingan mablag’lardan samarali foydalanish va ulardan foydalanib ko'proq foyda olish uchun qisqa muddatli kreditga ko'proq mablag’ yo'naltiradi. Tijorat banklarining foizli va foizsiz daromadlari tarkibi manbalari to’g’risida batafsil ma’lumotlarni quyidagi 1-jadvalda ko’risimiz mumkin bo’ladi. Foizli daromadlar bankka foiz ko’rinishida keladi. Ya’ni,



Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling