Bank ishi” yo’nalishi sbi 55 guruh talabasi Saidov Ruf’atjon Tursunovich mavzu: “Bank foydasi va uning hisobini yuritish” kurs ishi tekshirdi: toshkent 2023 Mavzu : Bank foydasi va uning hisobini yuritish Reja


Tijorat banklarining foizli va foizsiz daromadlari tarkibi (1-jadval)


Download 0.8 Mb.
bet3/8
Sana22.06.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1645982
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
5to\'

Tijorat banklarining foizli va foizsiz daromadlari tarkibi (1-jadval)


Foizli daromadlar

Foizsiz daromadlar

Kredit operatsiyalari bo’yicha foizli daromadlar

Investitsiyalardan olingan foyda va dividendlar

Boshqa bankka joylashtirilgan depositlardan olingn foizlar

Bank xizmatlari uchun to’lovlar

Qimmatli qog’ozlar bo’yicha foizlar

Valuta operatsiyalaridan olingan daromadlar

Qat’iy belgilangan foiz stavkalaridan daromad

Brokerlik operatsiyalardan olingan daromadlar

Qimmatli qog’ozlar bahosining oshishidan olingan daromadlar

Lizing operatsiyalardan olingan daromadlar

Forvort shartnomasidan olingan daromadlar

Korxonani tashkil etishda ta’sischilardan daromad

O’zR MB dagi hisobvaraqlar bo’yicha foizli daromadlar

Vositachilik operatsiyalari bo’yicha foizsiz daromadlar

Boshqa foizli daromadlar

Boshqa foizsiz daromadlar

O‘z navbatida foizsiz daromadlarning o‘zi ham quyidagilarga bo‘linadi:



  • Vositachilik operatsiyalari bo`yicha foizsiz daromadlar:

  • Markaziy Bankka ko`rsatilgan xizmatlar va vositachilik bo`yicha;

  • boshqa banklarga ko`rsatilgan xizmatlar va vositachilik bo`yicha;

  • qimmatli qog`ozlar bilan bog`liq vositachilik operatsiyalar bo`yicha ;

  • bankning qimmatbaho metallar, toshlar, va tangalar bilan amalga oshirgan operatsiyalari bo`yicha;

  • faktoring bo`yicha;

  • trast operatsiyalari bo`yicha;

  • kreditlar bo`yicha vositachilik daromadlari;

  • menejment xizmati bo`yicha;

  • kafolatlar va kafilliklar bo`yicha

  • Xorijiy valyutalardagi foyda:

o “spot” bitimi bo`yicha;
o muddatli operatsiyalar bo`yicha;
o valuta tranzaksiyalari bo`yicha.

  • Tijorat operatsiyalaridan foyda:

    • Qimmatli qog`ozlar bo`yicha;

    • Qimmatbaho toshlar, metallar va tangalar bo`yicha;

    • Sotishga olingan qimmatli qog`ozlar haqiqiy qiymatining o`zgarishi hisobiga olingan foyda.

  • Qaram xo`jalik jamiyatlariga, qo`shma korxonalarga va sho`ba xo`jalik jamiyatlariga qilingan investitsiyalar bo`yicha;

  • Boshqa foizsiz daromadlar:

  • bankning asosiy vositalaridan ijarasidan;

  • boshqa ko`chmas mulklarga qilingan investitsiyalar bo`yicha;

  • hisobdan chiqarilgan mablag`larning qaytarilishi;

  • bank asosiy vositalari va ko`chmas mulklarini sotish bo`yicha.

Shuni ham ta’kidlab o’tish joizki, tijorat banklari daromadlarining turlari ko’p bo’lib, ularni ko’pincha quyidagi turlarga bo’linadi:

  • operastiyalarga oid daromadlar;

  • noasosiy faoliyatdan olinadigan daromadlar;

  • kutilmagan daromadlarga guruhlanadi.

Yuqorida ta’kidlab o’tganimizdek, tijorat banklari daromadlarining asosiy qismini foiz daromadlari tashkil etadi. Respublikamiz tijorat banklarining foizli daromadlari tarkibiga 9 ta asosiy daromad turi kiritilgan3:

    • bankning Markaziy bankdagi hisobvaraqlari bo’yicha olingan daromadlar;

    • bankning boshqa banklardagi hisobvaraqlari bo’yicha olingan daromadlar;

    • sotib olingan veksellar bo’yicha olingan daromadlar;

    • investistiya bo’yicha olingan daromadlar;

    • qimmatli qog’ozlarni sotib olish, sotish hisobvaraqlari bo’yicha olingan daromadlar;

    • mijozlarning majburiyatlari bo’yicha olingan daromadlar;

    • mijozlarning majburiyatlari bo’yicha bankning qoplanmagan akseptlari bo’yicha olingan daromadlar;

    • ssudalar va lizing operatsiyalaridan olingan daromadlar;

    • REPOoperatsiyalaridan olingan daromadlar.

Shuni ta’kidlash kerakki, qimmatli qog’ozlar bilan bo’ladigan operatsiyalar yordamida banklar investistion faoliyatni amalga oshirishlari mumkin bo’ladi. Bu esa banklar uchun daromadlarning yangi manbalarini kashf etadi. Undan tashqari mablag’larning qimmatli qog’ozlar orqali moliyaviy investistiya evaziga ishlab chiqarishga yo’naltirilishi iqtisodiyot o’sishining muhim omillaridan biri bo’lib hisoblanadi. Qimmatli qog’ozlar bilan bog’liq operatsiyalarning bizning mamlakatimizda yaxshi rivojlanmaganligiga banklar ixtiyoridagi mablag’larning etarlicha bo’lmasligi va oqibatda aksiya, obligatsiyalar sotib olishga yo’naltirilmasligi ham sabab bo’ladi. Mablag’ mavjud bo’lganda ham aksiyalardan keladigan daromad juda pastligi va ko’pgina emitentlar xo’jalik faoliyatining ishonchsizligi ham bu sohaning yetarli ishlamasligiga olib keladi.
Banklar foizli хarajatlarining yana biri kredit va unga bog`liq operatsiyalardir. Banklar eng avvalo Markaziy Bankdan, boshqa tijorat banklaridan, byudjetdan tashqari fondlardan, bank bo`lmagan moliyaviy muassasalardan kreditlar olishi mumkin. Olgan kreditlar uchun to`lanadigan qarz foizli хarajatlarga kiradi. Bank avvalgi yillar hisobiga to`lagan foizlar va vositachilik yig`imlari, hamda o`tgan yillarda bank mijozlardan ortiqcha undirgan foizlar, hamda vositachilik yig`imlarini qaytarishi bilan foizli хarajatlar qiladi. Foizsiz хarajatlarga maoshlar va qo`shimcha to`lovlar, uskuna yoki binolarni ijaraga olish, хarid qilish, shuningdek boshqa operatsiya хarajatlari kiradi.
Tijorat banklari omonat bo’yicha to’laydigan foizni o’zlari taqdim etadigan ssudalar uchun oladigan ssuda foizidan pastroq qilib belgilaydi. Olingan va to’langan foizlarning summalari o’rtasidagi farq banklarning yalpi foydasini tashkil etadi. Unga boshqa har xil operatsiyalardan ko’rilgan daromadlar ham kiradi. Bank yalpi foydasining bir qismini o’z xarajatlarini qoplashga ishlatadi, qolgan qismi esa sof foydani tashkil qiladi. Bankning sof foizli foydasi uning vositachilik faoliyatini aks ettirsa, sof foizsiz foydasi uning ishlab chiqarish rolini namoyon etadi. Sof foizli foydadan ssudalar bo’yicha yo’qotishlarni qoplovchi mablag’larni ajratgan holda, biz ssudalardagi yo’qotish xarajatlaridan tashqari hisoblangan sof foydaga ega bo’lamiz. Bundan kelib chiqib shuni ta’kidlash joizki, bank xarajatlari hisob tizimida 3 ta umumiy operatsiyalar xarajatlari ko’rinishi mavjud: bular - foizlar to’lovi bo’yicha xarajatlar, ssudalardan yo’qotishlarni qoplash uchun rezerv xarajatlar va foizsiz xarajatlar.
Tijorat banklari foydasining shakllanishi jarayonida foydaning xarakterli belgilari ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu xarakterli belgilarga quyidagilarni sanab o’tishimiz mumkin:

    • tijorat banklari akkumlyatsiya qilingan mablag’larning egalari bo’lmasada, shu mablag’larni faoliyat ko’rsatuvchi boshqa xo’jalik yurituvchi sub’yektlarning oborotiga joylashtiradilar va foiz shaklida foyda oladilar.

    • tijorat banklarining foydasi har doim alohida tovar shakliga ya’ni pul shakliga egadir, shuning uchun ham u hech qachon tovar substansiyasini yo’qotmaydi

    • tijorat banklari foydasining o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, ishlab chiqarish sohasida muomala xarajatlari to’liq foizlar hisobidan qoplanadi. Natijada, tijorat banklarida foyda olingan foizlar va muomala xarajatlari o’rtasidagi farq sifatida shakllanadi.



Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling