Ijro mexanizmlarni hisoblash va tanlash


Download 125.8 Kb.
bet2/3
Sana28.03.2023
Hajmi125.8 Kb.
#1301452
1   2   3
Bog'liq
4-amaliyot

4.3.1.1. Elektromagnitli IM
Mexanizm konstruksiyasiga kiruvchi elektromagnit, – signalni siljish va tortish kuchiga o‘zgartiruvchi elektromagnitli o‘zgartirgichdir. O‘zgaruvchan va o‘zgarmas tok elektromagnitlar qo‘llaniladi. Ishchi organ yurishi kerakligiga ko‘ra qisqa yurishli va uzunyurishli elektromagnitlar qo‘llaniladi.
Qisqa yurishli elektromagnitlar magnito‘tkazgichlari ko‘pincha rasm.4.9.da (a) ko‘rsatilgan sxemalarda bajariladi. Galtak 3ga kuchlanish berilgandan so‘ng 1 yakorni yarmo 2 bilan yaqinlashgancha yurishi 2..5 mm.

Uzun yurishli elektromagnitlar yakorini yurishi ancha katta (rasm. 4.9, b, v) (150 mm). IM ishlash sxemasi (rasm. 4.9, g): elektromagnit 1 cho‘lg‘amida tok bo‘lmaganda o‘zak 2 prujina 3 bilan pastki holatga qaytariladi. Cho‘lg‘am orqali tok o‘tganda o‘zak 0altak ichiga tortiladi. IOga kirish ta’sir signali kuchlanish Uu, chiqish – ishchi organga beriladigan o‘zakni X siljishi hisoblanadi. Elektromagnitli IM xarakterli xususiyati – pozision rostlash tizimda ishlashi («ochiq», «yopiq»). Bunda ishchi organ faqat ikki oxirgi holatlarda bo‘lishi mumkin.


Rasm. 4.10da to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sirli IM sxemasi keltirilgan: berkituvchi element (RO) 1; klapan egari 2; o‘q 3; korpus 4; elektromagnit o‘zaki 5; qaytaruvchi prujina 6. Bu IM NYo (normal yopiq) turiga kiradi; NO (normal-ochiq) turlari ham qo‘llaniladi.
Elektromagnitli IM boshqarish sxemasi va konstruksiyasi oddiyligi, yengilligi, o‘lchamlari va narxi arzonligi bilan boshqalardan farqlanadi. Lekin ikki pozisiyaligi ularni qo‘llash sohalarini cheklaydi. O‘zgarmas va o‘zgaruvchan tok IMlari qo‘llaniladi. Ko‘pincha o‘zgarmuvchan tok IM qo‘llaniladi.
4.3.1.2. Elektromagnit muftlar
Elektromagnitnыye muftlar aylanishni uzatishni bir aylanuvchi valdan boshqasiga masofadan (avtomatik) boshqarish uchun xizmat qiladi. Aylanuvchi moment uzatish xarakteriga ko‘ra ular friksiyali, poroshokli va induksiyali muftalarga bo‘linadi.
Friksiyali muftaning ish prinsipi ergashtiruvchi va ergashuvchi muftalar disklari yuzalaridagi hosil bo‘ladigan ishqalanish kuchlarini ishlatishga asoslangan. Muftalar bir biriga elektromagnit bilan qisiladi. Elektromagnitlar o‘zgarmas tok bilan ta’minlanadi



Download 125.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling