Ijro nazorati faoliyatini tashkil etish
Download 90.23 Kb.
|
NOMENKLATURA (4)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hujjatlarni ijro etish muddatlari
Masalan: e-mail: olmaliqkmk@mail.ru
Tel raqami, __________ Faks raqami. _____________ Bajarish va hisobga olishni talab qiladigan barcha hujjatlar, texnikum ichida tuziladigan va foydalaniladigan hujjatlar ham boshqa tashkilotlarga yo’llanadigan hujjatlar ham yuqori boshqaruv organlaridan hamda hususiy shaxslardan kelgan barcha hujjatlar ro’yxatga olinishi kerak. Hujjatlarni ijro etish muddatlari Ro’yxatdan o’tkazilgan barcha hujjatlarning ijro etilishi nazorat qilinadi. Ijroni nazorat qilishga quyidagilar kiradi. Hujjatni nazoratga olish. Hujjatning ijrochiga o’z vaqtida etib borishini tekshirish. Ijroning borishini tekshirish va yo’naltirib turish. Hujjatlar ijrosini nazorat qilishni umumlashtirish va hisobga olish. 5.Ijro uchun etkazilgan hujjat ijrosi mas`ul xodim tomonidan belgilangan muddatdan kechiktirilgan holatda , ijro intizomiga mas`ul xodim tomonidan rahbariyatga intizomiy jazo ko’rish to’g`risida bildirishnoma yoziladi . Ijroni nazorat qilishni tashkil etishdan asosiy maqsad hujjat ijrosini o’z vaqtida va sifatli ta`minlashdir. Hujjatlarni ijro etish muddatlari imzolangan (tasdiqlangan) sanadan boshlab kalendar kunlarga hisoblanadi va ijroning oxirgi sanasi hujjat matnida yoki direktor rezolyutsiyasida ko’rsatiladi. O’rta maxsus, kasb-hunar ta`limi boshqarmasi va viloyat hokimligi topshi-riqlari, hujjat jo’natilgan kundan boshlab 10 kalendar kun mobaynida bajarilishi kerak, agar boshqa muddat belgilanmagan bo’lsa. Qonun hujjatlari va hukumat qarorlarini O’zbekiston Respublikasi qabul qilgan qonunlarga muvofiqlashtirish bo’yicha topshiriqlar bir oy mobaynida bajarilishi kerak, agar Oliy Majlis qonunida boshqa muddat belgilanmagan bo’lsa. Qonunlar loyihalari yuborilganda texnikum direktori 7 kalendar kun mobaynida, qarorlar loyihalari bo’yicha esa ko’pi bilan 2 kalendar kun mobaynida xulosa berishga majburdirlar. Hujjatlar ijrosini to’xtatib qo’yish, shuningdek ularni bekor qilish yoki o’zgartirish huquqiga faqat yuqori tashkilot, hujjatning muallif tashkiloti va davlat nazorat organlari egadirlar. Bajarishning yakka tartibdagi muddatlari texnikum direktori tomonidan eng muhim hujjatlar uchun belgilanadi yoki hujjatning o’zida ko’rsatiladi. Bajarishning yakka tartibdagi muddatlari texnikum direktori rezolyutsiyasida qayd etiladi. Hujjatlarni ijro muddati uni belgilangan shaxs yoki tashkilot tomondangina uzaytirilishi mumkin. Ijro etish muddatining uzaytirilishi hujjatni ijro etuvchi tomonidan olingan zaxoti yoki agar bajarish jarayonida belgilangan muddatga rioya qilishning imkoni yo’qligi aniqlansa, muddat tugashidan kamida 2-3 kun oldin rasmiylashtirilishi kerak, aks holda hujjat muddatida bajarilmagan hisoblanadi. Hujjat vazifalar, topshiriqlar bajarilgandan so’ng natijalari manfaatdor tashkilotlarga va shaxslarga xabar qilingandan keyin yoki boshqa hujjatlar tasdiqlangandan so’ng ijro etilgan hisoblanadi va nazoratdan chiqariladi. Download 90.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling