Ijtimoii pedagogika


Download 2.21 Mb.
bet83/144
Sana25.10.2023
Hajmi2.21 Mb.
#1722299
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   144
Bog'liq
Ijtimoii pedagogika

Shaxsma’lum ijimoiy tuzilma mahsuli. Uning mohiyatini ijtimoiy munosabatlar tashkil etadi. U yashayotgan jamiyatdagi tarixiy sharoit, shaxsning hayotiy faoliyatida sodir bo‘ladigan ijtimoiy muhit unga ham ijobiy, ham salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Zero, inson ota-bobolar tajribasini o‘rganadi, Shaxssifatida rivojlanib boradi, o‘rgangan tajribalarni takomil- lashtiradi. Natijada ularni o‘z faoliyatida qo‘llaydi. Ana shu yashayotgan sharoit va mehnat qilayotgan sharoit unga bo‘layotgan tarbiyaviy ta’sir va faoliyat jarayonidagi jadallik tufayli shaxsiy xususiyatlar vujudga keladi, demak, odam shaxsining jamiyatdagi rivojlanishi tabiat, muhit va insoning o‘zi o‘rtasidagi murakkab aloqa ta’siri ostida ro‘y beradi, inson ularga jadal ta’sir etadi va shu yo‘l bilan hayotini o‘z tabiatini o‘zgartiradi.
Pedagog va psixolog olimlar shaxsning rivojlanishida irsiyatning roliga katta ahamiyat berish bilan birga, muhit va tarbiyaning roliga ham yuksak baho berishadi.
Zotan shaxsning kamolga yetishida irsiyat va biologik omil- larning rolini inkor etish aslo mumkin emas, lekin bu xususiyatlarni bolalardagi o‘zgarmas xususiyatlar deb tushunmaslik kerak. Tarixiy taraqqiyot jarayonida odamning anatomik belgilari, o‘zgarishlari avloddan-avlodga mustahkamlanib borishi ham nasldan- naslga o‘tishi mumkin.
Ayni vaqtda, odam bolasiga xos xususiyatlar ham irsiyat yo‘li bilan o‘tadi, ammo bu xususiyatlarning rivojlanishi uchup ular insonlar orasida yashashi, aloqa qilishi ahamiyatli ekanligini unutmaslik lozim.
Agar bolada tug‘ma layoqatlar bo‘lsa-yu, lekin, uni o‘stirishga yordam beradigan ijtimoiy, oilaviy va tarbiya muhiti bo‘lmas ekan, inson bo‘lib tug‘ilishning hojati ham yo‘qsir.
Modomiki shunday ekan, demak, bola o‘z layoqatiga mos sharoitlarda o‘sib zarur faoliyat bilan shug‘ullansa, layoqat erta ko‘rinib, rivojlanishi, aksincha, zarur sharoit bo‘lmasa bor qobiliyat ham yo‘q bo‘lib ketishi mumkin. Mana shunday nuqtai nazar inson layoqatining namoyon bo‘lishi va qobiliyat sifatida rivojlanishi to‘la-to‘kis hayot sharoitiga bog‘liq ekanligini ko‘rsatadi.
Odam bolasidagi qobiliyat kurtaklarining rivojlanishi avvalo ijtimoiy muhitga bog‘liq ekan. Yana shu narsani ham aytib o‘tittg kerakki, ijtimoiy muhit qulay va noqulay bo‘lishi ham mumkin.
Shaxsijtimoiylashuvida ijtimoiy muhitning ta’siri sharq va g‘arb olimlarining diqqat markazida bo‘lgan. Zardushtiylikning muqaddas kitobi Avestoda oilanning sog‘lomligi, jamiyat fa­rovonligi belgisi ekanligi qayd etilgan.
Ibn Sino barkamol inson tarbiyasida tashqi (tabiiy va ij­timoiy) muhitning o‘rni muhim ahamiyatga ega ekanligi qayd etilgan.
Ahmad Yassaviy inson ta’lim-tarbiyasida uni barkamollikka eltuvchi yo‘l din, iymon, e’tiqodda sobitlik, halollik, poklik ekanligini ta’kidlaydi. Bu ijobiy sifatlarga «Nafsni jilovlash» orqali erishish mumkinligi, bupla ijtimoiy muhitning salmoqli o‘ringa ega ekanligini ta’kidlaydi. Ma’rifasharvar olim ANavoiy «Xamsa» dostonida inson ijtimoiylashuvida ijtimoiy muhitning o‘rni muhimligi ta’kidlanadi.
Ijtimoiy sharoitning nochorligi majruhlarpi yuzaga kel­tiradi. Butun avlodga ziyon yetkazadi. «Inson—muhit—tarbiya » muammosida u pafaqat muhitning insonga ta’sirini, balki insonni muhitga ta’sirini ham ko‘radi.
Robert Ouenning ilmiy ishlarida insonning muhitga bog‘liq- ligi tahtil qilinadi, Uning ta’kqslashicha, inson muhit mahbusi xisoblanib, o‘zining yosimsiz xulqi uchun aybdor emas, balki muhitning o‘zi aybdor. To‘g‘ri tarbiya orqali ijobiy fazilatlarga ega shaxslarni tarbiyalash va shu tariqa jamiyatni o‘zgartirish mumkin.
Rus inqilobiy demokratlaridan V.G. Belinskiy, faqatgina ijtimoiy adolatli jamiyatda munosib fuqaro, idealni tarbiyalashga erishish mumkin, deb hisoblagan. N.P. Ogarev ham, fasat ijtimoiy adolatli jamiyatdagina insonda iqtidor va qobiliyatni rivoj­lantirish mumkinligini ta’kidlagan.
N.G. Chernshevskiy: «Johil yoki yaramas bo‘lib ona qornidan tug‘ilmaydilar. Ular ma’naviy-axloqiy tarbiya yetishmasligi yoki yaramas bo‘lish yoxud ochdan o‘lish—ikkisidan birini tanlashning qo‘rqinchli zaruriyati samarasidir», deb yozgan edi. Bu fikrlar xalq ijtimoiy sharoitiningyaxshilanishi upish axloqiy yaxshilanishiga ta’sir qilishi mumkinligini isbotlaydi.
«Istiqbolli va istiqbolsiz odamlarni hayotning o‘zi, uning umumiy tuzumi paydo qiladi», — deb yozgan edi N.A. Dobrolyubov. «Tarbiyada obro‘ning ahamiyati» maqolasida u, tarbiyachi tarbiya- lanuvchini hurmat qilishi lozimligi, ezgulik va adolat tamoyillariga muvofis harakat qilishni singdirishligini, aytgan edi.
Ijtimoiy falsafaga oid muloxdzalar ya kup ila shupi qayd qilish lozimki, utopistlar ijtimoiy adolatli jamiyatni qanday qurish masalasi bilan bir qatorda bu jamiyatda ta’lim-tarbiyani tashkil etish loyihalarini ham tuzganlar. Ular talqinining asosi — muhit inson tarbiyasida birlamchi omil ekanligidan iborat edi.
To‘g‘ri, har kim o‘zicha ijtimoiy adolatli jamiyat qanday yo‘nalishda qurilishi lozimligini taklif qiladi. A.I. Gersen Rossiyani bolta olishga chorlasa, Sh. Fure va R. Ouen falanster, o‘ziga xos kooperativlar tashkil qilib, insonni qayta tarbiyalashga chaqirganlar. 1847 yilda Peturburg guberniyasida M. V. Butashevich- Petrashevskiy falanster quradi. Fure kattalar uchun falanster iщirozga uchragach, jamiyatni o‘zgartirish uchun bolalar falansteri ochish lozim va unda avlod tarbiyalanadi, degan xulosaga keldi.
Butun jahonga ma’lum va mashhur O‘rta Osiyoning buyuk alloma- lari onalaridan biri tabib, biri shoir, biri muhandis, biri faylasuf bo‘lib tug‘ilmagan, balki, ularning yashab turgan davri, ijtimoiy muhiti qolaversa, oila muhiti ularni mana shunday insonlar bo‘lib yetishishlarida asosiy turtki bo‘lgan, ular yashab turgan hayotning ma’nosi, ideal voqelik, axloqiy haqiqat burch va borliq, axloqiy hayotda ob’ektivlik va sub’ektivlikning o‘zaro munosabati, bilish va qadr qimmat-singari axloqiy sifatlarning o‘ta shakllanganligi ham bu kabi insonlarni yetishib chiqishida asosiy turtki bo‘ladi. O‘sha davrda insonparvarlik g‘oyalari qadr- qimmati insoniylik yangi va yuksak bosqichga ko‘tarilgan edi. Shuning uchun ham Mirzo Bedil tarbiyada inson qadr-qimmatining buyukligi haqida gapirib shunday deydi: — «Hazrati insonning hurmat-ehtiromga sazovor ekanligini tan olmagan har kim mal’undir».
Darhaqikat Imom Al-Buxoriy, Forobiy, Ahmad Yassaviy, Yusuf Xos Hojib, So‘fi Olloyor, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Umar Hayyom, Sa’diy Sheroziy, Abdurahmon Jomiy, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Mirzo Bedil, Ahmad Donish va boshqa ko‘pgina mutafakkirlarning ta’lim-tarbiya va ma’rifat haqidagi g‘oyalaridan keng foydalanish va ularning didaktik qarashlarini pedagogika fanining rivolanishida metodik asos qilib o lit barkamol avlodni tarbiyalashda muhim omil bo‘lib hisoblanadi.
Individning sotsiumga kirishi murakkab jarayon hisoblanadi. Bir tomondan, individga jamiyatlar a’zosi sifatida faoliyat ko‘rsatish imkonini beradigan muayyan qadriyatlar tizimini (normalar, namunalar, bilimlar, tasavvurlarni) o‘zlashtirib olishni o‘z ichiga olsa, ikkinchi tomondan, shaxsning o‘z ijtimoiy tajribasini orttirishi va o‘zini faol qaror toptirishini o‘z ichiga oladi.
Har bir insoning shaxsi ta’lim, ijtimoiy muhit ta’sirida shakllanadi. Natijada u ijtimoiy jihatdan ahamiyatli bo‘lgan vazifalarni bajaradi, ijtimoiy rolni o‘zlashtirib oladi, o‘z qiziqishi, qobiliyatini ijodiy mulohaza qilib ko‘radi, jamiyatning boshke a’zolari bilan mustaqil munosabatga kirishadi va shu tariqa shaxsning ijtimoiylashuvi yuz beradi.
Shaxsning ijtimoiylashuvini ifodalovchi muhim ko‘rsat- kichlardan biri uning ijtimoiy faolligi va harakatchanligidir.

Download 2.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling