Ijtimoii pedagogika
Download 2.21 Mb.
|
Ijtimoii pedagogika
Uchipchi bosqich — XX asrning boshidagi ijtimoiy pedagogikaning mustaqil fan sifatida rivojlanish davri. Bu davrni ijtimoiy pedagogikaning rivojlanishidagi tekis yoki oson davr deb aytib bo‘lmaydi.
Hozirgi kungacha turli davr olimlari ijtimoiy pedagogika fanining boshqa pedagogik fikrlar orasida qanday o‘rin tutishi haqida tortishuvlar mavjud: u fan hisoblanadimi yoki amaliy faoliyatning sohasimi; ijtimoiy pedagogika va ijtimoiy ishlar orasida qapday munosaba tlar bor va boshqalar. Ko‘pchilik davlatlarda «Pedagogika» va «Ijtimoiy pedagogika» termini umuman ishlatilmaydi. Masalan: AQD1 o‘quv yurtlarida pedagogika o‘rniga talabalar «Ta’lim falsafasi»ni o‘rganadilar, Belgiyada «Ortopedagogika» terminidan foydalaniladi, u «Maxsus pedagogika» va ijtimoiy pedagogika tushunchalariga yaqin. Rossiyada ijtimoiy pedagogikaning rivojlanishi fan sohasi sifatida ham va professional amaliy faoliyat sohasi sifatida ham, o‘quv fani sifatida ham o‘z xususiyatlariga ega. Ijtimoiy pedagogika va ijtimoiy ishlarning rivojlanish tarixi bir-biriga juda yaqin. Birinchi navbatda ularning madaniy tarixiy an’analari, alohvda g‘amxo‘rlik va e’tiborni talab qiluvchi odamlarga munosabatlari ularni birlashtiradi. «Mehribonlik», «Xayriya», «Yordam ko‘rsatish» va boshqa tushunchalardan ijtimoiy pedagogika va ijtimoiy ishlarda keng foydalanish bejiz emas. Insonning hayoti davomida yuzaga keladigan muammolar har bir odamda uchraydi. Ular psixologik, tibbiy, huquqiy, moddiy va boshqa xususiyatli bo‘lishi mumkin. Ular insonga bog‘liq bo‘lmagan tashqi omillar (ekologik, ijtimoiy, millatlararo va boshqalar) yoki ichki shaxslararo (jismoniy yoki psixik rivojlanishida sog‘ligi yaxshi emasligi) bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Shunday qilib ijtimoiy ishlar ob’ekti ijtimoiy hayot davomida yordamga muhtoj bo‘lgan inson hisoblanadi deb aytishimiz mumkin, ya’ni inson yoshidan qati nazar ijtimoiy ob’ektivdir. Ijtimoiy pedagogika esa uning ijtimoiylashishi individning ijtimoiy sub’ektga aylanishi jarayonida yordam ko‘rsatilishi kerak bo‘lgan bola bilan shug‘ullanadi, ya’ni bola shakllanayotgan, rivojlanayotgan shaxe. Bu obektivlarni taqqoslash ana shu ikki fanni nimalar yaqinlashtirishini (ijtimoiy hayot davomida yordam ko‘rsatish) va ob’ektning farq qilishini (katta odam va bola) yaqqol ko‘rinadi. Shunday qilib, turli mam- lakatlarda tarixiy va madaniy an’analari jamiyatning rivojlanish darajasiga, pedagogika va ijtimoiy pedagogikaning rivojlanishiga qarab terminalogiyalarida birlashtiruvchi narsalar ham bor. Umumiyligi shundan iboratki, har qanday jamiyat ham «doimiy muammolarni» bolalarning rivojlanishi, tarbiyasi va ta’limini, ayniqsa ruhiy kamchiliklari va defekta bo‘lgan bolalarning muammolarini har doim hal etib kelgan, hal etmoqda va hal etadi. Ijtimoiy pedagogikaga xarakterli bo‘lgan muammoga izlanish bizda xuddi chet eldagi kabi XX asrning 70- yillarida yuzaga keldi. Bu ta’lim tizimini tuzishiga bog‘liq holda namoyon bo‘ldi. Bizda bu qiziqish muammoga bog‘liq, metodik tavsiyalarning yuzaga kelishida kuzatiladi. Chet elda ijtimoiy pedagogikaning nazariy muammolarini iiыab chiqish XX asrning 50-60 yillarida Germaniyada yuzaga keldi, lekin Yevropa, Germaniya va AQShda XIX asrdan boshlab Davlat institutlari tomonidan tashkil etilgan, ijtimoiy faoliyat termini ostidagi faoliyat tarqala bordi. Mazkur faoliyat asosida ijtimoiy tarbiyaning amalga oshadigan sharoiti, uning mazmuni, metodikasining mohiyati yoritiladi. Bu o‘quv kursi insonlarni ijtimoiy tarbiyalash ijtimoiylashtirish muammosining tavsifi bilan tugatiladi. Savol va topshiriqlar: O‘zbekiston ijtimoiy pedagogikasi rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat? Chel elda ijtimoiy pedagogika fanining rivojlanishi haqida nimalar deya olasiz? Ijtimoiy pedagogikaning rivojlanish bosqichlari kdysilar? IJTIMOIY PEDAGOGIKA METODLARI Download 2.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling