Ijtimoii pedagogika


Download 2.21 Mb.
bet9/144
Sana25.10.2023
Hajmi2.21 Mb.
#1722299
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   144
Bog'liq
Ijtimoii pedagogika

Pozitiv rolli: oila a’zosi (ota va ona, buva va buvi, o‘gil yoki qiz, aka va singil, nevara va b.), jamoa a’zosi (o‘quvchi, o‘rtoq, do‘st, yetakchi va b.), iste’molchi (insonga ovqat, kiyim, oyoqkiyim va b.), fuqaro (Vatanni sevadi, u bilan faxrlanadi, vatanparvar bo‘lish), mutaxassis (o‘qituvchi, vrach, iqgisodchi, muhandis va b.).
Bola bilan ma’lum rolda o‘zini tugish mexanizmi unga ijtimoiy munosabatlarga muvaffaqiyatli kirishib ketishni ta’minlaydi, har bir u uchup yangi bo‘lgan vaziyatga moslashib ketish imkoniyatini beradi.


Bu individni ijtimoiy muhit shart-sharoitiga moslashib ketishi jarayoni ijtimoiy moslashuv deb ataladi.
Shaxsijtimoiy munosabatlarda ham namoyon bo‘ladi. Aniqrogi har bir odamning mehnatga, kishilarga, jamiyatga nisbatan munosabati ham turlicha ifodalanadi. Shaxsning axloqiy va faollik darajasiga xos sifatlari ham upi boshqalardan ajratib turadi.
Shaxshaqida gapirilganda tabiiy holatda shunday savol tug‘iladi. Har qapday odam Shaxsbo‘la oladimi, Shaxsbo‘lishi uchup nimalar qilishi kerak. Bu savolga shunday javob berish mumkin. Insonning ijtimoiy mavjudot sifatida shaxsga aylanishi uchun eng avvalo ijtimoiy hayot tajribalari va yaxshi tarbiya kerak bo‘ladi. Ana shunday omillar ta’siri ostida inson rivojlanadi va shaxsga aylanadi.
Pedagogika sohasida tadqiqot olib boruvchi olimlarning ko‘p yillik izlanish natijalari asosida insonning rivojlanishiga quyidagicha ta’rif berishadi: Oddiydan murakkabga, quyidan yuqoriga, eski sifatlardan yangi holatga o‘tish, yangilanish, yangining paydo bo‘lishi va eskiningo‘lib borishi, miqdor o‘zgarishining sifato‘zgarishga olib keluvchi murakkabharakat jarayoni deb qaraydilar. Zero, hayot qonunlarining ko‘rsatishicha ham rivojlanishning asosiy manbai qarama-qarshiliklar o‘rtasidagi kurashdan iboratdir.
Insonning munosabatlar doirasiga nafakdt o‘zga kishilar bilan aloqasi, balki tabiatga, jamiyatga, hayotga, mehnatta bo‘lgan muno- sabatlari ham kiradi. Mana shunday munosabatlar asnosida inson o‘zining qobiliyatlarini, aqlini, farosatini namoyon qila boshlaydi. Bu bilan u, umuman butun borliqqa bo‘lgan munosabatini ifodalaydi. Tabiiyki, bu fazilatlar faqat tarbiyaning mahsuli bo‘lib hisoblanadi. Shupish uchupham inson rivojlanishini, usha singdirilgan tarbiyaning natijasi deb qarash mumkip.
Shaxsni rivojlantirish vazifasini to‘g‘ri hal qilish uchup avvalo uning xulqiga ta’sir etuvchi omillarning tabiatini, shaxsning shaxeiy xususiyatini yaxshi o‘rganmoq lozim. Buning uchup shaxsni turli munosabatlar doirasiga qo‘yib kuzatish darkor. Ana shundagina shaxsning ijtimoiy xulqi ma’naviy qiyofasi, insoniy fazilatlari ro‘yobga chiqadi.
«Har bir inson, degan edi Forobiy — o‘z tabiati bilan shunday tuzilganki, u yashash va yuksak yetuklikka erishmos uchun ko‘p narsalarga muhtoj bo‘ladi, u bir o‘zi bunday narsalarni qo‘lga kirita olmaydi va ularga ega bo‘lish uchun insonlar jamoasiga ehtiyoj tug‘iladi. Shu sababli odam yashash uchun zarur bo‘lgan narsalarni bir-birlariga yetkazib beruvchi va o‘zaro yordamlashuvchi kup insonlarning birlashuvi orqaligina o‘z tabiati bo‘yicha intilgan yetuklikka erishuvi mumkin».
Tarbiyachining bolaga singdirishi lozim bo‘lgan tarbiya samarali ta’sir etishi uchup uning o‘sish va rivojlanish qonuniyatlarini yaxshi bilish, shaxsiy xususiyatlarini hisobga olishi muhim shartlardan biridir.
Bolalarning shaxsiy fazilatlari shakllanishida qaysi omil yetakchi vazifasini bajaradi, degan tabiiy savol tug‘iladi. Demak, inson rivojlanishda biologik omilmi, ijtimoiy omilmi yoki tarbiya omilimi, qaysi biri yetakchi rol o‘ynaydi, degan savolga javob berish lozimday ko‘rinadi. Bu savolga turli tarixiy davrlarda turlicha yondashib, turlicha javoblar berilgan. Hozirgi kuplya ham bu masalaga turli puqtai nazarlar bildirilmokda.
Fanda odamning Shaxssifatida rivojlanishiga biologik va sotsial omillarning ta’siri o‘rtasidagi munosabatni belgilash borasidagi munozara ko‘p asrlardan beri davom etib kelmoqda. Ko‘p asrlik mazkur munozara zamirida ikki bir-biriga qarama-qarshi puqtai nazar vujudga kelgan. Ulardan biri odam bolasining Shaxssifatida rivojlanishida tabiiy-biologik omillar hal qiluvchi rol o‘ynaydi desa, ikkinchi toifa olimlar esa ijtimoiy voqealar tarbiyaning muhim omil ekanligini ta’kidlaydilar. Birinchi guruh olimlarining fikricha, odam bolasining rivojlanishi tug‘ma imkoniyatlarga bog‘liq bo‘lib, rivojlanish esa o‘sish va tabiiy tug‘ma xususiyatlarning mikdoriy o‘zgarishlaridan iborat ekan. Demak, bolaga ona qornida avlod-ayaщodlaridan tug‘ma o‘tgan xususiyatlargina rivojlanadi, degan tushuncha kelib chiqadi. Bu nuqtai nazar namoyondalari tarbiyaning rolini cheklab, rivojlanishni inkor etadilar. Bunday ilmiy faraz fanda biologik yo‘nalish deb ataladi.
Aytittg joizki, xuddi shunga yaqin nuhtai-nazarni XVII asr falsafasida vujudga kelgan «preforizm» oqimi namoyondalarining fikrlarida ham uchratish mumkin. Ular odam bolasiga ona pushtidan qanday sifatlar o‘tgan bo‘lsa, faqat shu sifatlargina shakllanadi deb ijtimoiy muhit va tarbiyaning rolini chegaralab ko‘yishadi.
Inson Shaxsi va uning xulq-atvorining rivojlanishi har bir naslning rolini yuksak baholagan yana bir oqim «bioxervizm» bo‘lib, u XX asrning boshlarida keng tarqaldi.
Bu oqimning ko‘zga ko‘ringan yirik namoyondalari Eduard Torandayk bioxervizm ta’limotiga asoslanib, odamning xulq-atvori mexanik stimullari organizmda bevosita tug‘diradigan ko‘plab qilinadigan mexanik mashqlar bilan mustahkamlanadigan sof tashqi reaksiyalardan iboratdir, deydi. Uning fikricha, shaxsning barcha xususiyatlari, shu jumladan ong va aqliy qobiliyat ham nasldan naslga o‘tadi, guyo «odamning ko‘zi, tiiыari va barmoqlari kabi aqliy sobiliyati ham tabiatan berilgandir. Inson «genlar batareyasi» bo‘lib, ular nasldan-naslga tug‘ma o‘tib boradi va shaxsningrivojlanishini ham, uning kelajagini ham shular belgilaydi», deydi.
Amerikaning «progmatik»larining atoqli vakili D. Dyui va uning nazariyasining davomchisi A. Kombslar ham Shaxsrivoj­lanishini biologik omil deb izohlaydilar. Ular rivojlanishni faqat miqsoriy o‘zgarishdan iborat deb ko‘rsatadilar. Odam nima bilan tug‘ilgan bo‘lsa, tarbiya jarayonida bu sifatlar va xususiyatlar o‘sib boradi. Tarbiya tashsaridan kiritilgan narsa emas, odam bilan dunyoga kelgan xususiyat va qobiliyatni o‘zgartiradi», — deydi D. Dyui.
Darhaqiqat, pedagogika fani odam bolasining Shaxssifatida rivojlanib, taraqqiy etib borishini o‘ta murakkab va qarama- qarshi jarayon deb biladi. Uning Shaxssifatida shakllanishida nael ham (biologik omil), ijtimoiy muhit ham (bola yashaydigan sharoit), tarbiya ham, o‘z holi va o‘z o‘rni bilan muhim rol o‘ynaydi. Bu har uchala omilning qaysi biri yetakchi ekanligini, pedagogika fani asrlar mobaynida avlod-ajdodlarimiz to‘plagan tajribalarga suyangan holda ilmiy nuqtai nazardan isbotlab berishga harakat qiladi.

Download 2.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling