Ijtimoii pedagogika


Download 2 Mb.
bet17/144
Sana03.02.2023
Hajmi2 Mb.
#1149288
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   144
Bog'liq
Ijtimoii pedagogika

Metodlar — o‘rganilayotgan ob’ektning mohiyati va qonuniyat- laridan kelib chiqib, borliqni amaliy va nazariy o‘zlashtirish usullari hisoblanadi. Ijtimoiy pedagogika fani pedagogikaning bir sohasi sifatida, pedagogikada qo‘llanadigan tarbiyalash va o‘qitishning an’anaviy metodlariga tayanadi. Ijtimoiy pedagog metodlar orqali bolaning ongi, xulqi his-tuyg‘ulariga maqsadga muvofiq ta’sir o‘tkazishi, hamda upi o‘rab turgan ijtimoiy muhitga ta’sir etishi mumkin.
Metodlar — bolaning ijtimoiylashish jarayonida hamkorlik qiluvchi, pozitiv ijtimoiy tajriba to‘plashida yordam beruvchi ijtimoiy pedagog va bolaning o‘zaro bog‘liq xatti-harakatlari usullaridir. Ijtimoiy pedagogika ham pedagogikaning eng yangi sohalaridap biri ekanligini nazarda tutsak, upish metoddar tizimi haqida gapirishga juda erta.
Shuning uchup ijtimoiy pedagog o‘z amaliy faoliyatida peda­gogika, psixologiya va ijtimoiy ishdagi metodlardan keng foy- dalanadi. Ijtimoiy pedagog o‘z kasbiy faoliyatini bajarish uchun alohida usullardan tashkil topgan metodlarni egallashi kerak. Metodlar, usullar va vositalar bir-birlari bilan shunday bog‘liqki, ular ayrim holatlarda vositalar rolini ham bajarishi mumkin.
Ijtimoiy pedagog tomonidan ko‘llaniladigan asosiy metodlar quyidagicha tasnif etiladi.
Ijtimoiy ish metodlari. Bush a ijtimoiy tashxis metodlari (intervyu, monitoring, sotsiologik savol-javob ishlari, ekspertizadan o‘tkazish va h. k). Ijtimoiy reabilitatsiya metoddari (mehnat terapiyasi, guruhli terapiya va h. k.) kiradi.
Psixologik metodlar. Bular psixodiagnostika (intellekt va qobiliyatlarni aniqgovchi testlar savol-javoblar, loyiha testlari, sotsiometriya), psixokorreksiyalar (psixogimnastika treninglar, psixologik konsultatsiyalar berish) kiradi.
Pedagogik metodlar (pedagogik tajriba, pedagogik nazorat, ta’lim-tarbiya berish metodlari).
Ijtimoiy pedagogika metodlari (ijtimoiy tarbiya, ta’sir ko‘rsatish, ijtimoiy pedagogika hamkorlik qilish va h. k).
Ko‘rib chiqilgan metodlar ijtimoiy pedagogikada alohvda emas, balki bir-biri bilan bog‘liq holda qo‘llaniladi.
Savol va topshiriqlar:
Metodlar haqida tushuncha bering.
Ijtimoiy pedagogika metodlari qaysilar?
Ijtimoiy pedagog va uning kasbiy sifati
Ijtimoiy pedagog kim? Uning ruhiy yeurati va shaxsiy tavsifnomasi qanday ? Haysi sohalar uning faoliyati doirasiga tegishli? U boshqa kasb egalaridan nimasi bilan farq qiladi ?
Shunday savollarga javob axtarar ekanmiz kundalik hayotda biz kasb inson ongida, uning xatti-harakatlarida va dunyoqarashida o‘ziga xos iz qoldirishiga guvoh bo‘lamiz. Psixologiyada bu narsa «kasbiy mentallik» deb ataladi. Mentallik — bu insonning olamga munosabatini va uning kundalik xatti-harakatlarini aks ettiruvchi ma’lum ijtimoiy-ruhiy qarashlar va qadriyatlar majmuidir. Mentallik o‘zida individning ijtimoiy va madaniy tajribasini mujassamlashtirgan bo‘lib, insonning qaysi ijtimoiy qatlamga, yoshga, jinsga, millatga va kasbga mansubligi bilan aniqtanadi.
Psixologik tadqiqotlarda kasbiy mentallik ma’lum bir kasb egalariga xos bo‘lgan xususiyat sifatida e’tirof etiladi.

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling