VI. O’zbekiston milliy sport turlari bo’yicha iqtidorlarni aniqlash va milliy terma jamoalari zaxirasini shakllantirish
14.
|
Aholining barcha qatlamlari o’rtasida O’zbekiston milliy sport turlari va xalq o’yinlari bo’yicha o’tkazilgan sport musobaqalari, festivallarida g’olib va sovrindor bo’lgan hamda faol harakatga ega bo’lgan iqtidorlarni tanlab olish (selektsiya), ularni sport maktablarining malakali murabbiylari rahbarligida tarbiyalanishga jalb etish.
|
2019 yildan boshlab
|
Jismoniy tarbiya
va sport vazirligi, O’zbekiston «Yoshlik» JTSJ mablag’lari
|
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo’yicha Respublika Kengashi
|
15.
|
Sport ta’lim muassasalari o’rtasida O’zbekiston milliy sport turlari bo’yicha respublika sport musobaqalarini o’tkazish orqali eng kuchli sportchilarni aniqlash va ularni munosib rag’batlantirish choralarini ko’rish.
|
2019 yildan boshlab doimiy
|
Jismoniy tarbiya
va sport vazirligi, O’zbekiston «Yoshlik» JTSJ, O’zbekiston talabalar sporti assotsiatsiyasi mablag’lari, homiylik xayriyalari
|
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
|
VII. O’zbekiston milliy sport turlari va xalq o’yinlarining xalqaro maydondagi rivojini ta’minlash
|
16.
|
O’zbekiston xalqi an’analari va madaniyatini namoyon etish, milliy sport turlarini saqlash va rivojlantirish, millatlararo aloqalarni yanada mustahkamlash maqsadida xalqaro sport festivallarida O’zbekiston milliy sport turlari va xalq o’yinlari bo’yicha mamlakatimiz vakillarining ishtirokini ta’minlash va ko’rgazmali chiqishlari namoyishi orqali milliy sport turlarimizni dunyo mamlakatlariga tanitish.
|
Reja asosida, doimiy
|
Ijrochilar mablag’lari, homiylik xayriyalari
|
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, milliy sport turlari bo’yicha federatsiyalari (uyushmalari)
|
17.
|
O’zbekiston milliy sport turlari bo’yicha jahon va Osiyo chempionatlari, kuboklari, xalqaro turnirlari va festivallarida milliy terma jamoalarimiz ishtirokini ta’minlash, xorijiy davlatlarda milliy sport turlarimiz federatsiyalari tashkil etilishiga erishish.
|
2020 — 2024 yillar davomida
|
Ijrochilar mablag’lari, homiylik xayriyalari
|
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, milliy sport turlari bo’yicha federatsiyalari (uyushmalari)
|