V.Ommaviy axborot vositalarida sportni keng yoritish orqali aholi o’rtasida sog’lom turmush tarzini keng targ’ib etish ishlari samaradorligi va ta’sirchanligini oshirish
14.
|
Sport musobaqalarini ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini, jumladan sport tadbirlarini, sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendarь rejasiga asosan sportning o’yin turlari bo’yicha mamlakatimizda o’tkaziladigan milliy va xalqaro musobaqalardan to’g’ridan-to’g’ri va yozib olingan translyatsiyalarni uyushtirish, sport turlari rivojlanishini ifodalovchi roliklarni efirga uzatib borish.
|
Doimiy
|
Ijrochilar mablag’lari hisobidan, homiylik xayriyalari
|
O’zbekiston milliy teleradiokompaniyasi va boshqa ommaviy axborot vositalari
|
15.
|
Sportning o’yin turlarini keng targ’ib etish maqsadida respublika va mahalliy teleradiokanallar, bosma va internet nashrlari orqali turkum ko’rsatuv va eshittirishlarni efirga uzatish va hamda maqolalar chop etish.
|
Doimiy
|
Ijrochilar mablag’lari hisobidan, homiylik xayriyalari
|
O’zbekiston milliy teleradiokompaniya, O’zbekiston Milliy axborot agentligi, ommaviy axborot vositalari
|
16.
|
Sportning o’yin turlari bo’yicha sovrindor sportchilar to’g’risida ko’rsatuvlar va qisqa metrajli hujjatli filьmlar tayyorlash va aholiga havola etish.
|
2018 — 2020
yillarda
|
Ijrochilar mablag’lari hisobidan, homiylik xayriyalari
|
«O’zbekkino» milliy agentligi, O’zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, ommaviy axborot vositalari
|