Ma’ruza 1-Mavzu: O‘zbekistonda bolalar va o‘smirlar o‘rtasida sport tadbirlarini tashkil etishning ommaviy sport tadbirlarini rivojlanish tarixi. Reja


Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana30.04.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1412929
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1-maruza mavzu



Ma’ruza
1-Mavzu: O‘zbekistonda bolalar va o‘smirlar o‘rtasida sport tadbirlarini 
tashkil etishning ommaviy sport tadbirlarini rivojlanish tarixi. 
Reja: 
1.1 “Umid nihollari” musobaqalarining o‘tkazilishi to‘g‘risida 
1.2 Barkamol avlod
 
1.1 “Umid nihollari” musobaqalarining o‘tkazilishi to‘g‘risida 
Muhtaram Prezidentimizning tashabbuslari bilan mamlakatimizda o‘quvchi-yoshlar 
o‘rtasida sportni rivojlantirish, ularni ommaviy ravishda jismoniy tarbiya va sport 
harakatiga jalb qilishga qaratilgan uch bo‘g‘inli “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” 
va “Universiada” sport musobaqalari tizimli amalga oshirilmoqda. 
Buning natijasida yoshlarimizning sportga bo‘lgan qiziqishi kundan-kunga ortib 
borib, ular sog‘lom, irodasi mustahkam, Vatanimizning sodiq farzandlari bo‘lib 
voyaga yetmoqda. 
Respublikamizda umumta’lim maktablari o‘quvchi-yoshlari musobaqalar ilk bora 
“Olimpiya umidlari” nomi bilan 2000 yilda Toshkent shahrida, “Umid nihollari” 
nomi bilan ilk bora 2002 yilda - Farg‘ona viloyatida o‘tkazilgan. 
Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 3 iyundagi “O‘quvchi va talaba yoshlarni sportga 
jalb qilishga qaratilgan uzluksiz sport musobaqalari tizimini tashkil etish 
to‘g‘risida”gi 244 qaroriga asosan “Umid nihollari” 2003 yilda Xorazmda o‘tkazildi. 
(musobaqalar 2006 yilda - Qarshi shahrida, 2009 yilda - Guliston shahrida , 2012 
yilda - Navoiy shahrida bo‘lib o‘tgan). 
Umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladigan “Umid nihollari” 
sport musobaqalarining respublika final bosqichi sportning 12 turi bo‘yicha 2012 
yilda Navoiyda o‘tkazilgan edi. 
Bu yilgi “Umid nihollari” sport musobaqalarining final bosqichi dasturiga ko‘ra 
o‘quvchilar avvalgi musobaqalardan farqli ravishda sportning jami 17 ta, shundan 
16 ta (basketbol, voleybol, gandbol, futbol, suzish, stol tennisi, badiiy gimnastika, 
sport gimnastikasi, yengil atletika, erkin kurash, yunon-rum kurashi, taekvando, 
dzyudo, boks, og‘ir atletika, badminton) olimpiya turi va shaxmat bo‘yicha 
bellashdilar. 
1. Tadbirlarning o‘tkazilishi: 


“Umid nihollari” sport musobaqalarining final bosqichiga o‘quvchilarni saralab 
olish jarayoni musobaqa Nizomiga ko‘ra 2014 yil sentyabr-oktyabr oylarida 
boshlangan bo‘lib, birinchi bosqichda barcha maktablarning sinflararo 
bellashuvlarida jami - 4 067 161 nafar (1 793 618 nafari qizlar, 44%) o‘quvchilar 
ishtirok etishdi. 
Maktablar o‘rtasida o‘quvchilarning kuzgi va qishqi ta’til kunlari vaqtida 
o‘tkazilgan ikkinchi bosqichda sportning 6 ta (basketbol, voleybol, suzish, futbol, 
stol tennisi, gandbol) turidan jami 746 130 nafar (300 390 nafari qizlar, 40,2%) 
o‘quvchilar qamrab olindi. 
Qishki ta’til davrida sportning 11 ta (badiiy gimnastika, sport gimnastikasi, yengil 
atletika, erkin kurash, yunon-rum kurashi, taekvando, dzyu-do, boks, og‘ir atletika, 
badminton va shaxmat) turi bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqalarda jami 494 190 nafar 
(116 280 nafari qizlar, 23,5%) o‘quvchilar ishtirok etishdi. 
O‘quvchilarning bahorgi ta’til vaqtida tumanlar o‘rtasida o‘tkazilgan uchinchi 
bosqichda ikkinchi bosqichda g‘olib deb topilgan jami 24 704 nafar (8 299 nafari 
qizlar, 33,5%) o‘quvchilar ishtirok etishdi. 
“Umid nihollari” sport musobaqalarining final bosiqichlari Vazirlar Mahkamasining 
2015 yil 22 maydagi 367-f-sonli farmoyishiga asosan Tashkiliy qo‘mita tuzilgan 
holda joriy yilning 26-30 may kunlari respublikaning barcha hududlarida 
belgilangan zamonaviy sport majmualari hamda amfiteatrlarda “Yoshlik va sport” 
bayrami sifatida o‘tkazildi. 
Tadbirlar respublikadan biriktirilgan mas’ul rahbarlar va viloyat hokimlarining 
tabrik so‘zi hamda O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi bilan ochildi. 


Tadbirlarning badiiy qismida jahon va qit’a chempionatlari, xalqaro 
musobaqalarning sovrindorlari, taniqli sport ustalarining ko‘rgazmali chiqishlari 
namoyish etildi. 
Tadbirlarni o‘tkazishda Yoshlarga oid davlat siyosatining muhim yo‘nalishlarini 
badiiy darajada talqin qilishga alohida e’tibor qaratildi. 
Hududlarga respublikadan biriktirilgan taniqli san’atkorlar, “Nihol” mukofoti 
sovrindorlari, viloyat havaskorlik dastalari ishtirokchilari ijrosidagi Vatan, 
mustaqillik, yoshlik, shijoat, fidoiylik, sport va sog‘lom turmush tarzini tarannum 
etuvchi kuy - qo‘shiqlar va raqslardan iborat kontsert dasturi yoshlar e’tiboriga 
havola etildi. 
Hududlarda o‘tkazilgan bayram tadbirlarida jami 25 mingdan ortiq o‘quvchi-
yoshlar, ularning murabbiylari va “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining faollari 
ishtirok etishdi. 
2. Musobaqa ishtirokchilari sonining o‘sishi va raqobatning rivojlanishi: 
Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan o‘tgan yillar mobaynida 
hududlarda qurilgan 1 605 ta bolalar sporti majmualari yoshlarni ommaviy sportga 
jalb qilishga zamin yaratdi. 
Agar, 2003 yilda 16 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlarimizning 20 foizi sport bilan 
shug‘ullangan bo‘lsa, ayni kunda bu ko‘rsatkich 55,8 foizga yetdi. Jumladan, qizlar 
ulushi 
mos 
ravishda 
16,4 foizdan 45,7 foizga oshdi. 
2012 yilda “Umid nihollari” sport musobaqasi sportning 12 ta turidan o‘tkazilgan 
edi, 2015 yilda esa 17 ta turdan o‘tkazildi. 
Sportning olimpiya turlarini rivojlantirish, mazkur musobaqaga o‘quvchilarni 
yanada ko‘proq qamrab olish maqsadida 2012 yilgi musobaqa dasturidan sportning 
2 ta - milliy kurash va belbog‘li kurash turlari chiqarildi va 2015 yilgi musobaqa 
dasturiga sportning 7 ta turi - badminton, boks, og‘ir atletika, erkin kurash, yunon-
rum kurashi, taekvando, dzyudo kiritildi. 
Natijada, 2015 yilda musobaqa ishtirokchilari soni 2012 yilga nisbatan 388 876 
nafaraga yoki 5,1 foizga oshdi. 
Jumladan, musobaqaning maktab bosqichida 2012 yilga nisbatan 2015 yilda 208 620 
nafar, tuman (shahar) bosqichida 176 698 nafar, hududiy bosqichida 3 558 nafar 
ko‘p o‘quvchilar ishtirok etdi. 
Joylarda yangi sport inshootlarining bosqichma-bosqich barpo etilayotgani va 
zamonaviy sport anjomlari bilan ta’minlanayotganligi tumanlarda sportning 
rivojlanish darajasining ortishiga sabab bo‘lmoqda. 


Avvalgi musobaqalarning hududiy bosqichlarida g‘oliblikni faqat viloyat 
markazlaridagi va unga yaqin joylashgan tuman, shaharlar egallagan bo‘lsa, 2015 
yilda o‘tkazilgan musobaqaning hududiy bosqichida sovrinli o‘rinlarni chekka 
tumanlar: Chimboy, Xovos, Yangiqo‘rg‘on, Xatirchi, Chiroqchi, Koson 
tumanlarining yoshlari egallashdi. 
Shuningdek, musobaqaning hududiy bosqichida 1-o‘rinni ilk bor Chilonzor, 
Sirdaryo tumanlari qo‘lga kiritdi. 
3. Musobaqa natijalari: 
“Umid nihollari” sport musobaqalarining maktab, tuman va hududiy bosqichlarida 
qatnashgan 4 mln. nafardan (ularning 1,8 mln. nafari qizlar (44%) ortiq o‘quvchi-
yoshlar 
orasidan 
1 792 nafari (shundan 602 nafari qizlar (33,5%) musobaqaning hududiy bosqichi 
g‘oliblari deb topildi. 
Sportning 17 ta turi bo‘yicha musobaqaning hududiy bosqichida g‘oliblikni qo‘lga 
kiritgan 1 792 nafar o‘quvchi-sportchilar yurtimizda ishlab chiqarilgan 196 ta 
televizor, 196 ta velosiped, 196 ta sport kiyimi va sumkasi, 51 ta DVD pleyr bilan 
taqdirlandi. 


Hududiy bosqichlarda 1-o‘rinni egallagan jamoalar ilk bor Prezidentimizning 
tashabbuslari bilan (Nukus, Andijon, Buxoro, Jizzax, Qarshi, Navoiy, Namangan, 
Samarqand, Termiz, Chirchiq, Farg‘ona va Urganch shaharlari hamda Chilonzor va 
Sirdaryo tumanlari) “Prezident sovg‘asi” sifatida 14 ta “Damas” rusumli 
avtomashinalar bilan mukofotlandi. 
4. Musobaqa ishtirokchilarini kuzatish: 
Tadbirdan so‘ng barcha o‘quvchilar tashkiliy ravishda yashash joylariga 
avtobuslarda yo‘l patrul xizmati kuzatuvi ostida kuzatildi va ularning ota-onalari 
bag‘riga yetib borishlari biriktirilgan mas’ullar tomonidan nazoratga olindi. 
O‘tkazilgan tadbirlar tinch va osoyishta o‘tib, favqulodda xodisalar ro‘y bermadi. 
Tadbirlar davomida va uning so‘ngida g‘olib o‘quvchilar, ularning ota-onalari, 
murabbiylar va sport faxriylari “Umid nihollari” sport musobaqalarining ahamiyati, 
yoshlarga yaratib berilgan sharoitlar, erishilgan yutuqlarga to‘xtalib, shukronalik va 
minnatdorlik tuyg‘ularini izhor qildilar. 
Tadbirlar va ularga bildirilgan fikrlar markaziy va mahalliy ammaviy axborot 
vositalarida keng yoritildi. 
5. “Umid nihollari” sport musobaqalarining final bosqichini hududlarda o‘tkazilishi: 
har bir tuman va maktablarda sportning qaysi turi ommaviylashganligi, uning 
natijadorligining muhokama qilinishiga, har bir maktab va tumanlarda sportga 
bo‘lgan munosabatni, ayniqsa, ta’lim muassasalari rahbarlari va tuman hokimlarini 
natijalarni tahlil qilishga, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarning kelib chiqish sabablarini 
chuqur o‘rganishga, tegishli sport turlarini rivojlantirishga, umuman olganda 
hududda bolalar sportini yanada ommalashtirish choralarini ko‘rishga turtki bo‘ldi. 



Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling