Ижтимоий-маданий масалалар / Жисмоний тарбия ва спорт]


-bob. Maxsus testlarning maqsadi va vazifalari


Download 201.78 Kb.
bet3/26
Sana17.03.2023
Hajmi201.78 Kb.
#1279482
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
«Алпомиш» ва «Барчиной»

2-bob. Maxsus testlarning maqsadi va vazifalari
9. Maxsus testlarning maqsadi aholining barcha qatlamlari o’rtasida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish orqali ularni jismoniy hamda intellektual jihatdan kamol toptirish, jismoniy qobiliyati va harakat faolligini takomillashtirish, jismoniy va ruhiy barkamollikka erishtirish, mehnatga layoqatini oshirish, zararli odatlar hamda turli kasalliklarning oldini olish va sog’lom turmush tarzi ko’nikmalarini shakllantirish, sport musobaqalari orqali yoshlarda iroda, o’z kuchi va imkoniyatlariga ishonch kabi fazilatlarni mustahkamlash, ularda jasorat, Vatanga bo’lgan vatanparvarlik va sadoqat xislatlarini rivojlantirish, yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralash bo’yicha tizimli ishlarni tashkillashtirishdan iborat.
10. Maxsus testlarning vazifalari quyidagilardan iborat:
a) jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanuvchi fuqarolar safini kengaytirish;
b) aholining jismoniy imkoniyatlari darajasini oshirish;
v) aholining jismonan baquvvat, barkamol va sog’lom bo’lishiga, ularning sport bilan chiniqishiga, jismoniy tarbiya va sportni kundalik turmush tarziga singdirishga erishish;
g) aholining alohida jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanish bo’yicha bilim va ko’nikmalarini oshirish;
d) yurtimizning chekka hududlari va qishloqlarida sog’lomlashtirish ishlarini yanada rivojlantirish;
e) o’quvchi yoshlarni, ayniqsa qizlarning jismonan baquvvat, barkamol va sog’lom bo’lishiga, ularning sport bilan chiniqishiga, jismoniy tarbiya va sportni kundalik turmush tarziga singdirishga hissa qo’shish;
j) o’sib kelayotgan yosh avlod tomonidan sog’lom turmush tarziga amal qilish, ma’naviy va jismoniy komilikka erishish, jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanishga havasini oshirish.
3-bob. Maxsus testlarning tizimi
11. Maxsus testlar quyidagi 12 ta yosh toifasidagi guruhga bo’linadi:
1-guruh — 6 - 8 yoshdagilar;
2-guruh — 9 - 10 yoshdagilar;
3-guruh — 11 - 12 yoshdagilar;
4-guruh — 13 - 15 yoshdagilar;
5-guruh — 16 - 17 yoshdagilar;
6-guruh — 18 - 25 yoshdagilar;
7-guruh — 26 - 33 yoshdagilar;
8-guruh — 34 - 41 yoshdagilar;
9-guruh — 42 - 49 yoshdagilar;
10-guruh — 50 - 59 yoshdagilar;
11-guruh — 60 - 69 yoshdagilar;
12-guruh — 70 yosh va undan katta yoshdagilar.
12. Aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash maxsus testlarda belgilangan shartlarning (keyingi o’rinlarda matnda sinovlar deb ataladi) bajarilishi asosida amalga oshiriladi. Bunday sinovlar insonning jinsi va yoshiga nisbatan uning asosiy jismoniy rivojlanish sifati, harakatlanish bilimlari hamda ko’nikmalarini namoyon qiladi.
13. Sinov turlari ikkiga bo’linadi, ular majburiy sinovlar va ixtiyoriy sinovlardan iborat.
14. Majburiy sinovlar belgilangan pog’ona va murakkablik darajasi asosida quyidagi jismoniy sifatlarni rivojlantirishga qaratilgan:
a) chidamlilik imkoniyatlarining rivojlanish darajasi;
b) kuch imkoniyatlarining rivojlanish darajasi;
v) egiluvchanlik imkoniyatlarining rivojlanish darajasi.
15. Ixtiyoriy sinovlar belgilangan pog’ona va murakkablik darajasi asosida quyidagi jismoniy sifatlarni rivojlantirishga qaratilgan:
a) tezlik va kuchlanish imkoniyatlarining rivojlanish darajasi;
b) harakatlarni muvofiqlashtiruvchi qobiliyatining rivojlanish darajasi;
v) egallagan amaliy ko’nikmalarining rivojlanish darajasi.

Download 201.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling