Ижтимоий-маданий масалалар / Жисмоний тарбия ва спорт]
-bob. Yakunlovchi qoidalar
Download 201.78 Kb.
|
«Алпомиш» ва «Барчиной»
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Alpomish» ko’krak nishoni tavsifi
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
9. Vazirlik ushbu Nizomga muvofiq ko’krak nishoniga tavsiya etilgan nomzodlarning hujjatlari xolis ko’rib chiqilishi uchun bevosita javobgardir. 10. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo’lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar. Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 29 yanvardagi 65-son qaroriga 3-ILOVA «Alpomish» ko’krak nishoni tavsifi «Alpomish» ko’krak nishoni diametri 34 millimetrli doira shaklida bo’lib, mis qotishmasidan tayyorlanadi. «Alpomish» ko’krak nishonining old tomoni chegara qismidan 5 millimetr oraliqda eni 1,5 millimetr qalinlikda ichki doira shaklida bo’lgan sariq rangli hoshiya bilan o’ralgan. Hoshiyaning ichida, ko’krak nishoni old yuqori qismida bosma harflar bilan «ALPOMISN» so’zi lotin alifbosida (katta harflarda, «Times new Roman Bolt» shrifti, 16-keglь) jigarrang va sariq ranglar aralashmasidan hosil bo’lgan rangda yozilgan. «ALPOMISN» so’zi boshlanishi va yakunida 4 millimetr kattalikda yer yuzida tinchlik uchun xizmat qiluvchi bilim va ma’naviyatni yanada boyitishni ifodalovchi sakkiz qirrali yulduz ramzi tushirilgan. Ko’krak nishonining old past qismida 8 millimetr kattalikda sakkiz qirrali yulduz ramzi tushirilgan. Pastki sakkiz qirrali yulduz ichida rim raqamida uzunligi 6 millimetr, qalinligi 2 millimetrlik «I», «II» yoki «III» raqami tasviri qora hoshiyada tushurilgan. Ko’krak nishonining old past qismida joylashgan yulduzning o’ng va chap tomoni yuqorida joylashgan sakkiz qirrali yulduzgacha tinchlik ramzini ifoda etuvchi lavr bargi tasviridagi chambar jigarrang va sariq ranglar aralashmasidan hosil bo’lgan rangda tushirilgan. Ko’krak nishonining markazi tinchlik, soflik ramzi bo’lgan yashil rang bilan qoplangan. Ko’krak nishonining markazida «Alpomish» dostonining bosh qahramoni — mardlik, jasurlik, epchillik, chaqqonlik, shijoat va vatanparvarlik, komillik va ezgulik timsoli bo’lgan Alpomishning Boychibor otida qo’lida kamon ushlab turgan tasviri ifodalangan. Alpomishning yuzi oq, soqoli qora, qo’llaridagi himoya kiyimi va oyog’idagi etigi hamda otining egari qizg’ish, sovuti va kamoni oq va qora rangdan hosil bo’lgan och rangda tasvirlangan. Alpomishning Boychibor laqabli otining dumi, yoli, tumshug’ining old qismi hamda tuyoqlari oq va qora rangdan hosil bo’lgan och rangda tasvirlangan. Otning o’zi oq randa, oyog’ining o’ng orqa oyog’i qoramtir rangda tasvirlangan. Ko’krak nishonining qalinligi 2.2 millimetr. Ko’krak nishonining old va orqa tomonlarining chetlari qabariq doira bilan o’ralgan. Nishonning orqa tomoniga kiyimga taqib qo’yish uchun to’g’nag’ich moslama o’rnatilgan. Download 201.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling