Ijtimoiy- gumanitar fanlar


Iso masih hayoti va faoliyati


Download 216.55 Kb.
bet34/67
Sana27.10.2023
Hajmi216.55 Kb.
#1727205
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   67
Bog'liq
D I N S H U N O S L I K MAJMUA

Iso masih hayoti va faoliyati.

Isoning tarixiyligi xususida diniy va diniy bo’lmagan manbalar orasida ixtilof mavjud: xristianlik manbalari Isoning o’zi xudo bo’la turib, insoniyatning gunohlarini o’ziga olish uchun odam qiyofasida tug’ilganini, uning tarixiy shaxs ekanini ta’kidlab, uning hayot tarzini, insonlar bilan muloqoti haqidagi keng ma’lumotlarni bersada, diniy bo’lmagan manbalardaIsoning nomi uchramaganligini nazarda tutib, u tarixiy emas, balki afsonaviy shasdir deguvchilar ham bor.


Iso nomiga qo’shiluvchi Masih so’zi qadimiy yahudiy tili- ivritdagi “moshiax” so’zidan olingan bo’lib, “silangan” yoki “siylangan” ma’nolarini beradi. Grekchadan bu so’z “xristos” (“christos”) shakliga ega. Bu dinning “xristianlik” yoki “masihiylik” deb atalishi ham shu so’zlar bilan bog’liq. Bundan tashqari xristianlik Iso Masihning tug’ilgan qishlog’i – “Nazaret” bilan bog’lab, nazroniyya deb ham atalgan. Keyinchalik bu nom nasroniyya, nasroniylik shaklini olgan. Iso Masih o’z ta’limotini o’zining 12 o’quvchisi Apostollar- Havoriylarga o’rgatdi. Ular esa Isoning vafotidan keyin ustozlarining ta’limotlarini har birlari alohida-alohida tarzda kitob shakliga keltirdilar. Bu kitoblar Bibliyaning “Yangi ahd” qismini tashkil etadi.
Xristianlikning diniy ta’limoti mazmunini asosan quyidagilar tashqil etadi:
– Xudo muqaddas uchlikda (troisa) namoyon bo’ladi. Ya’ni , xudo uch qiyofali, lekin yagonadir . Bu degani, xudo – ota, xudo – o’g’il, xudo – muqaddas Ruhdan iboratdir. Birok, bu uch kiyofali xudolar ayni paytda shaxslariga ko’ra farq qiladilar. Masalan, xudo – ota tug’ilish yo’li bilan paydo bo’lgan xudo emas, uni hech kim yaratgan emas. Xudo – o’g’il esa tug’ilgan. Xudo – Muqaddas ruh esa xudo – Otadan paydo bo’lgan. Asosiy aqidalar quyidagilar:


      • Xudo– o’g’il (Iso) xaloskor messiya, ya’ni xudo yarlakagan vaqil. U ilohiy xaloskor. Iso – Xristianlikning asoschisi.


      • Iso o’ldirilgandan keyin osmonga ko’tarilib ketgan, u kelajakda tiriklar va o’liklar ustidan hukm chikarish uchun ohiirat kuni erga kaytib keladi.


      • Iso ham ilohiy, ham insoniy tabiatga ega.


      • Bibi Maryam xudoning onasi, u qizlik iffati saqlangan holda ilohiy xomilador bo’lgan va Isoni tuqqan.


      • Ikonalarga sig’inish.


      • Xudo hamma narsadan ustun turadi va abadiydir. Uni hech kim yaratgan emas. Xudo dunyoning yaratuvchisidir. U dunyoni 6 kunda yaratgan.


      • Odamzod tug’ilgan paytidan boshlabok gunohkordir: Xudo yaratgan barcha mavjudotlarning gultojisi inson edi. Bu uhshashlikning asosiy qirralari insonga berilgan aql – idrok, iroda, abadiy o’lmasliklarida edi.


Xudo butun kosmik tartibni insonga bog’liq qilib qo’ydi, biroq inson o’zining irodasini, erkini xudo irodasiga, erkiga qarama – qarshi qilib qo’yganligi uchun uni abadiy gunohkorlikka mahkum etgan. Uning mazmuni shunday:


  • Dastlabki odamlar, ya’ni Odam Ato (Adam) va Momo Havvo (Eva) tomonidan xudo amri buzilgan: ular jannatda yashayotgan edilar. Ular xudo man etgan "donishmand"lik darahtining mevasini yeb qo’yganlar va o’zlarining biri erkak, biri ayol ekanligini tushuntirib qolganlar hamda qovushganlar. Bu ishlari uchun xudo ularni jazolagan, jannatdan quvib yuborgan, abadiy o’lmaslikdan mahrum qilingan va og’ir dunyoviy hayotga mahkum etilgan. Xudo Odam Atoga – endi sen o’z rizq – ro’zingni qora terga botib mehnat qilib topiby eysan; Momo Havoga esa – endi sen azob – uqubat bilan bola tug’ishga mahkumsan degan. Er va unda yashovchilar la’natlangan, kasallik va o’lim hammaning peshonasiga yozilgan.


  • cho’qintirish yo’li bilan xudo odamlarga najot yo’lini ochib bergan.


  • Odam Ato va Momo Havolar qilgan ish shunday gunohi azim ediki, odamlar qiladigan har qanday qurbonlik xudoni qanoatlantira olmaydi. Shuning uchun xudo odamlarga rahm qilib o’z o’g’li Isoni o’limga mahkum etadi. Bu qurbonlik xudoni Isoga e’tiqod qilganlar bilan yarashtirgan va ularga cho’qintirish marosimi orqali najot ochib bergan.





  1. Download 216.55 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling