Ijtimoiy- gumanitar fanlar


Buddaviylik dinining paydo bo’lishi va shakllanishi


Download 289.2 Kb.
bet28/69
Sana28.10.2023
Hajmi289.2 Kb.
#1732287
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   69
Bog'liq
Ijtimoiy- gumanitar fanlar

Buddaviylik dinining paydo bo’lishi va shakllanishi.

Buddaviylik jahonda keng tarqalgan 4 asosiy dinlarning biri (Zardushtiylik, buddaviylik, nasroniylik va islom) bo’lib, bu jahon dinining atalishi, uning asoschisi Budda nomidan olingan.
Buddaviylik dining asoschisi bo’lgan Budda (sanskritcha “Buddha”) nomining ma’nosi “ziyolangan”, “oliy haqiqatga erishgan” bo’lib uning asl ismi Sidhasa Gautama bo’lgan (“Nekqadam– xushqadam” degan ma’noni beradi). Laqabi Sidhardtha “dili ravshan” degan ma’noni anglatadi. Adabiyotlarda u Sidhartha Gautama deb tilga olinadi.
Budda Shimoliy Hindistondagi Gang daryosining o’rta oqimi (Nepal yaqinida) joylashgan Kapilavasti mamlakatining hukmdori Shakya qabilasidan kelib chiqqan Gautamalar sulolasining davomchisi Shudhodananing valiahdi bo’lgan. Budda miloddan oldingi 623 yilda Kapilavasti mamlakatining Lumbini shahrida (Shimoliy Bengaliya) tug’ilib, 543 yilda 80 yoshida vafot etgan. Onasi Maya u hali go’dakligidayoq vafot etib ketgan.
Shahzoda Sidhasa (Siddharta) voyaga etgach, har qanday mavjudlik, hayot azob–uqubatlardan iborat ekan, degan xulosaga kelgan. Otasi uni 16 yoshida shu yoshdagi xolasining qizi Yashodharaga uylantirgan. Siddharta Gautama kishilar boshiga tushadigan kulfatlar sababini o’rganish va ularni bundan qutqarish maqsadida, 29 yoshida oilasini xotini va o’g’lini qoldirib saroyni tark etadi. Olti yil uzlatga chekinib, tarki dunyo qilib, o’rmonga borib yashaydi va diniy, falsafiy kitoblarni o’qiydi, brahmanlikdan yuz o’girib, yangi ta’limot yaratishga urinadi.
Nihoyat, 35 yoshida unga haqiqat ayon bo’ladi va u bilim nuridan ziyolanadi. Shundan keyin u xalqqa “Haqiqiy bilim” topganini e’lon qiladi va Shakya– Muni Budda (uyg’ongan, nurlangan, haqiqatga– oliy maqomga erishgan) degan nom oladi.
Shakya–Muni Budda (Siddharta Gautama) o’zining ta’limotini dastlab Banorasda, keyinchalik umrining oxirigacha 45 yil butun Hindistonda targ’ib qilib yuradi.
Buddaviylik tarixi 2500 yildan ortiq davrni o’z ichiga oladi. Unga dastlab brahmanlik va jayniylikning ta’siri kuchli bo’lgan.
Buddaviylar 1956 yili o’z dinlarining 2500 yilligini tantanali nishonlaganlar.


  1. Download 289.2 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling