Ijtimoiy- gumanitar fanlar


Tavba-tazarru qilish marosimi


Download 289.2 Kb.
bet45/80
Sana08.01.2022
Hajmi289.2 Kb.
#238575
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   80
Bog'liq
Ijtimoiy- gumanitar fanlar

Tavba-tazarru qilish marosimi. Bunda inson o‘zi qilgan gunohlariga iqror bo‘lishi, keyinchalik shu gunohlarni qilmaslik uchun mag‘firat so‘rashi lozim. Bu xristianlikda keng yoyilgan gunohlarni e’tirof qilish marosimi hisoblanadi. Bu marosim, asosan gunoh qilish orqali yo‘qolgan cho‘qintirish inoyatini qayta qo‘lga kiritish uchun qilinadi. Buning asosi sifatida Bibliyada keltirilgan quyidagi matnlar olingandir: “Xoh ayol bo‘lsin, xoh erkak bo‘lsin qandaydir gunoh sodir etgan bo‘lsa, istig‘for aytib, gunohlariga tavba qilsin” (Sonlar, 5:5,6).

Bu marosimning asosiy mohiyati dindor cherkovga kelib, qilgan gunohlari uchun tavba qiladi, ya’ni ruhoniyga o‘zining hamma gunohlarini batafsil so‘zlab beradi, xattoki, qalbi tubidagi yashirin sirlarini ham ruhoniy “ota”ga so‘zlab beradi. CHerkov nomidan gunohlarni kechirish huquqiga ega bo‘lgan ruhoniy uning gunohlaridan o‘tadi va unga nasihat qilib, uni to‘g‘ri yo‘lga soladi va Muqaddas Ruhning kuchi bilan uni gunohlaridan pok qiladi.




Download 289.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling