Ijtimoiy- gumanitar fanlar
Download 289.2 Kb.
|
Ijtimoiy- gumanitar fanlar
Nikoh marosimi. Xristianlikda kelin va kuyovlarning o‘zaro xohishlari asosida kelgusi hayotlarida er-xotin bo‘lib birga yashashlarini ta’minlash uchun amalga oshiriladigan sirli marosim. Nikohda ham sirlilik bor, erkin tarzda ruhoniy va cherkov huzurida er va ayol tarafidan oilaga sadoqatli bo‘lishga va’da beriladi. Ularning oilalariga Isoning ruhi birlashib ketishiga oq fotiha beriladi va ulardan sof e’tiqodli xristian bolalar tug‘ilishi va tarbiyalanishi Xudodan so‘raladi.
Ushbu marosim XVI asrda paydo bo‘lgan. Katolik yo‘nalishiga ko‘ra, nikoh Iso va cherkov orasidagi uzviy bog‘liq ruhiy munosabatning bir ko‘rinishidir va shuning uchun ham muqaddas marosim sanaladi. Bir marosim sifatida nikoh, ikki kishi orasidagi ahdlashuvning cherkov tomonidan muqaddas deb bilinishi va bu juftlikning cherkovda muqaddas bir bog‘ich bilan bog‘lanishidir. Nikoh Xudo tomonidan yuzaga keltirilgan bir jamlanish bo‘lgani uchun, qadim-qadimdan muqaddas deb bilingan. Xudoning o‘zi odamlarning nikoh ittifoqini himoya qiladi. CHerkovning ta’kidlashicha, nikohda asosiy narsa huquqiy yoki iqtisodiy emas, balki axloqiy jihatdir. Ayni paytda, bu axloqiy jihat, diniy jihat bilan aynan bir narsadir. SHuning uchun ham nikoh marosimini o‘tkazmay turib, chinakam axloqiy, oilaviy munosabatlarning bo‘lishi mumkin emas. CHerkovda o‘tkazilgan nikoh xristian oilasining qonuniy asosi hisoblanadi. SHu bois, uni buzishlik mumkin emas deb uqtiriladi. YUqorida qayd etilganidek, bu marosim xristianlikning turli yo‘nalishlarida turlicha shaklda amalga oshiriladi. U pravoslavlikning ham asosini tashkil etadi. Faqat ularning bajarilishida katoliklar bilan pravoslavlar orasida ba’zi farqlar bor. Download 289.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling