Ijtimoiy- gumanitar fanlar


Yahudiylik dinining vujudga kelishi va ta’limoti


Download 289.2 Kb.
bet17/80
Sana08.01.2022
Hajmi289.2 Kb.
#238575
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   80
Bog'liq
Ijtimoiy- gumanitar fanlar

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Loviy
Yahudiylik dinining vujudga kelishi va ta’limoti.

Yahudiylik dini yahudiy (Isroil) xalqining yakka xudolikka asoslangan dinidir. Bu dinning nomi yahudiylarning yahudo qabilasi nomidan olingan.Yahudiylik dinining paydo bo’lishi jarayoni uzoq tarixiy davrni o’z ichiga oladi va uning asosida yahudiylikning yagona davlatga birlashishiga intilishlari yotadi. Yahudiy qabilalari dastlab ko’chmanchi tarzda yashaganlar. Miloddan avvalgi XIII asrda Yuqori Mesopotamiyada yashagan yahudiylar Falastinni bosib olganlar. Mana shu tarixiy davrlardan dastlabki yakka xudolik dinlaridan biri-yahudiylik dinining shakllanish jarayoni boshlanadi. Yahudiylik dinining taraqqiyoti, uning bugungi ko’rinishda shu kungacha yetib kelish tarixi-yahudiy xalqining o’z boshidan kechirgan og’ir tarixiy sinovlari bilan bevosita bog’liqdir. Shu jihatdan olganda, yakka xudolikka asoslangan yahudiylik dinining taraqqiyot jarayoni bir necha davrlarga bo’linadi. Xususan, bu dinning shakllanish davri-Falastin davri deb ataladi. Falastin bosib olingandan so’ng yahudiylar o’troqlik hayot tarziga o’ta boshlaganlar. Miloddan avvalgi X asrga kelganda esa yahudiy xalqi tarixida yirik tarixiy voqea yuz berdi. Ya’ni, tarixda ular birinchi bor o’z davlatlariga ega bo’ldilar. Bu davlatning vujudga kelishida yahudiylarning yahudo qabilasi asosiy rol o’ynagan. Bu qabila dastlabki podsholik sulolasiga asos solgan. Birinhci bor mamlakatni birlashtirib, Isroil-Yahudiya davlatini barpo qilgan shaxs-Dovuddir (1004-965). Barcha yahudiylar endilikda yagona xudo-yahudo qabilasining xudosi Yahvega sig’inadigan bo’lganlar. Shu tariqa, miloddan avvalgi X asrdan boshlab yahudiylik dini umumdavlat diniga aylangan. Yahudiy davlati podshosi Solomon (Sulaymon) miloddan avvalgi X asrda hashamatli Yahve ibodathonasini qurdirgan.

Yahudiylik ta’limotiga ko’ra Muso bu dinning payg’ambaridir. Xo’sh Muso qay tariqa bu din payg’ambariga aylangan?

Bu masala yahudiylik muqaddas kitobida quyidagicha talqin etiladi:

Isroil (yahudiy) xalqi Imromdan (Oliy Otadan) boshlanadi. “Isroil” so’zi Imromning nevarasi Ya’qubning ikkinchi nomi bo’lib, u “Xudo bilan kurashgan” degan ma’noni anglatadi. Ya’qub tushida xudo bilan olishgani uchun shunday nom bilan atalgan.

Xudo Ibrom bilan ahdlashgan va unga bunday degan: ”Sening isming endi Ibrom emas, balki Ibrohim (ko’pchilik otasi) bo’ladi… Sening urug’ingdan podshohlar kelib chiqadilar. Men sen bilan va sendan keyingi avlodlaring bilan nasldan-naslga o’tib, barqaror bo’ladigan abadiy ahdimni tuzaman. Sening va sendan keyingi ajdodlaringning xudosi Men bo’laman. Endi sen va sendan keyin tug’iladigan barcha avlodlaring ham Mening ahdimga rioya qilib yuringlar.

Senga va sendan keyingi avlodlaringga quyidagi ahdga rioya qilishingizni buyuraman: orangizdagi har bir erkak xatna qilinsin”.

Xudo Ibrohim va uning avlodlariga Misr daryosidan Yefrat daryosigacha bo’lgan hududlarni abadiy mulk qilib bergan. Shuningdek, ularga boshqa xalqlar vakillari bilan tuziladigan nikohni man etgan.

Ibrohim vafot etgach, uning butun mol-mulki o’g’li Ishoqqa qolgan.

Ishoqning egizak-Isav va Ya’qub nomli o’g’illari bo’lgan. Bu ikki o’g’il otalarining merosi xususida o’zaro dushmanga aylanganlar. Natijada, nohaq Ya’qub qochib ketgan. Isav esa amakisi Ismoilning oldiga borgan va uning qiziga uylangan.

Ya’qubning 12 nafar farzandi bo’lgan Bu 12 farzand ichida Ya’qub uchun eng suyuklisi Yusuf bo’lgan. Shuning uchun ham boshqa aka-ukalari uni yomon ko’rganlar va kunlardan bir kuni uni savdogarlarga sotib yuborishadi. Otasiga esa uni yirtqich hayvonlar yeb qo’ydi, deb aytganlar.

Savdogarlar Yusufni Misrda bir podsho saroyiga sotib yuborganlar. Oxir-oqibatda, taqdir taqozosi bilan Yusuf Misrda Fir’avnning ishonchli odamiga aylangan. Bunga uning tush ta’biri va hisobni yaxshi bilish qobiliyati sabab bo’lgan.

Oradan yillar o’tgach, yahudiylar yurtida ocharchilik boshlangan. Ular non izlab Misrga borganlar. Misr Fir’avni Yusufning bashoratiga amal qilib, 7 yilga yetadigan g’allani g’amlab qo’ygan edi. Shu tariqa yahudiylar Misrga kelib qolganlar.

Oradan 50 yil o’tgach, Yusuf vafot etgan. Biroq yahudiylar ichidan uning o’rnini bosadigan boshqa shaxs chiqmagan. Ayni paytda, Fir’avnlar chet elliklarning ko’payib borishidan ham qo’rqqanlar. Endilikda yahudiylar ta’qib ostiga olingan, hatto yangi tug’ilgan chaqaloqlarigacha o’ldirila boshlangan.

Yahudiylar butunlay qirilib ketish havfi yoqasiga kelib qolganlar. Endi yahudiylar uchun ikki yo’l qolgan: yo qul bo’lib qolish, yo ixtiyoriy asirlikdan qutulish choralarini ko’rish. Yahudiylar ikkinchisini istar edilar. Biroq, ular o’z kuchlari bilan asirlikdan ozod bo’la olmas edilar. Shunday paytda xudo ularga xaloskor yuborgan. Bu xaloskor Muso edi. Muso yahudiylarni Yahve (Allohning Tavrot kitobidagi ismi) yordamida Misrdan olib chiqib ketgan. Yahve Musoga Sino tog’ida dastlab 10 vasiyat bitigini taqdim etgan. So’ng unga yahudiylik dinining boshqa muqaddas kitoblari ham yuborilgan.

Muso Yahvening so’zi-muqaddas kitoblar mazmunini yahudiylarga yoya boshlagan. Shu tariqa Yahve yahudiy xalqini ikkinchi marta tanlagan. (Birinchi marta Ibrohim bilan ahdlashuv tuzgan, deb ta’lim beradi, yahudiy ruhoniylari).

Bu dinning ham o’z muqaddas kitoblari mavjud. Bular “Bibliya” (Qadimgi Ahd qismi) va “Talmud” (“O’rganish”) kitoblaridir. “Bibliya” ikki qismdan-“Qadimgi Ahd” va “Yangi Ahd”dan iborat. Bibliyaning “Yangi Ahd” qismi-xristianlik dinining kitobi hisoblanadi. “Bibliya”ning yahudiylik dini kitobi hisoblanadigan qismi “Qadimgi Ahd” deb ataladi. “Qadimgi Ahd” (Ahd so’zi-xudo bilan ahdlashuv,kelishuv degan ma’nolarni anglatadi) 39 kitobdan iborat. Ularning dastlabki beshtasi “Musoning besh kitobi” deb ataladi va ular quyidagicha nomlanadi:

1) Borliq; 2) Chiqish; 3) Loviy; 4) Sonlar; 5)Ikkinchi qonun.

Borliq” kitobi (Ibtido)-bu, olamning va insonlarning xudo tomonidan yaratilgani; jannat. Unda dastlabki odamlarning hayoti, ularning gunoh ishlari va shu tufayli jannatdan haydalganlari; insoniyatning ko’payishi va qadimgi tarixi, butun dunyo suv toshqini, undan Nuh oilasining qutulib qolishi; yahudiy xalqi urug’ boshliqlari (Ibrohim, Ishoq, Ya’qub, Yusuf) hayoti, yahudiylarning Misrga ko’chib borishi haqidagi kitobdir.

Chiqish” kitobi-yahudiy qonunshunosi Musoning hayoti va faoliyati, uning yahudiylarni Misr qulligidan ozod etishi, shuningdek, xudoning Musoga bergan 10 vasiyati haqidagi kitob.

Loviy”-oilaviy hayot haqidagi kitob.

Sonlar” kitobi-qonunchilik va yahudiylarning Misrdan olib chiqib ketilgan davrdan to Falastinni bosib olgunlariga qadar bo’lgan tarixiga bag’ishlangan.

Ikkinchi qonun”-bu, diniy qonunlar kitobidir.

Bu besh kitob bitta nom bilan-“Tora”(Qonun) deb ham ataladi. U yahudiylik diniy ta’limotining asosi hisoblanadi. “Qadimgi Ahd”ning ikkinchi va uchinchi qismlari “Payg’ambarlar” va “Yozuvlar” nomi bilan ma’lum. Yahudiylikning ikkinchi kitobi “Talmud”dir(“O’rganish”).

Talmudning yozilishiga nimasabab bo’lgan?

Ma’lumki, milodning boshlarida nurab borayotgan qadimgi Rim imperiyasi hududida yangi din-xristian dini zo’r kuch bilan yoyila boshlagan. Bu hol yahudiylar oldiga o’z dinlarini saqlab qolish vazifasini qo’ygan.

Bu vazifani birgina Tavrot kuchi bilan hal etib bo’lmas edi. Shu tariqa Tavrotning yangi sharoitdagi ham yahudiylik, ham xristianlik tarqalayotgan sharoitdagi talqini - Talmud yaratilgan.

Bu kitobda yahudiylik dinining aqida va marosimlari, urf-odatlari bayon etilgan.

Yahudiylikda besh oqim-uch qadimiy va ikki zamonaviy oqim bor. Qadimiy oqimlarga Sadduqiylar, Farziylar va Yesseylar oqimi, zamonaviy oqimlarga keyinroq tashkil topgan masonizm va sionizm oqimlari kiradi.




Download 289.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling