Ijtimoiy -gumanitar va mutaxassislik


Download 318.3 Kb.
bet7/9
Sana21.02.2023
Hajmi318.3 Kb.
#1216822
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Vaqt omilini taklif elastikligiga ta’sirini tahlil etar ekanmiz, ko’p iqtisodchilar e’tiborni eng qisqa bozor davri, qisqa va o’rta davrlar o’rtasidagi farqqa qaratish zarurligini ta’kidlashadi:
a) nihoyatda qisqa bozor davri. Bu shunday muddatki, bunda ishlab chiqaruvchilar talab va narxlarni o’zgarishiga, reaktsiya qi-lishga ulgurmaydi. Masalan, dehqon — fermer bozorga bir mashina pomidor olib keldi. Bu uning bir yillik hosili. Uning uchun taklif tamomila noelastik. U narxning qanday bo’lishidan qat’i nazar arzonmi, qimmatmi sotadi. Agarda kutganidan qimmatroq bo’lsa ham bozorga qo’shimcha pomidor olib kela olmaydi. Chunki, bir kechada pomidor o’stirib bo’lmaydi. Ikkinchi tomondan uni kutganidan past, arzon bo’l-sa ham, olib kelgan pomidorini sotadi. Chunki, achisa umuman hech narsa ololmaydi. Bu faqat bir fermer emas, boshqalarga ham tegishli. Chunki, bozordagi talabga qarab taklifni ko’paytirish uchun vaqt yo’q. Narxning o’sishi faqat iste’molni nor-mallashtiradi. Lekin uni ishlab chiqarishni ko’paytirmaydi;
b) qisqa muddatli davr. Bu davr mobaynida alohida ishlab chiqaruvchilar va umuman butun tarmoqning quvvati o’zgarmaydi. Lekin, korxona o’z quvvatini intensiv tarzda ishga solishi uchun etarli vaqtga ega. Misolimizdagi fermer intensiv uslublardan foydalanib, erga qo’shimcha o’g’it-pestitsid, mehnat sarflab, suv quyib pomidor hosildorligini oshirib, evaziga taklifni ko’paytirishi mumkin. Natijada nihoyatda qisqa muddatli davrga qaraganda taklif ortadi. Lekin narx nihoyatda qisqa muddatli davrga qaraganda pastroq bo’ladi;
v) uzoq muddatli davr. Bunda firmalar bozordagi vaziyatga moslashishlari uchun vaqt etarli. Ayrim firmalar o’z quvvatini kengaytirishi, oshirishi, yangi firmalar tarmoq tarkibiga kirishi, ayrimlari chiqib ketishi mumkin. Misolimizdagi fermerimiz pomidor etishtirish uchun qo’shimcha er uchastkasi, mashina, uskuna va boshqalarni jalb qilib pomidor taklifini ko’paytiradi. Undan tashqari, boshqa fermerlar pomidor etishtirishni ko’paytiradi. U holda taklif yanada elastik bo’ladi.
Taklif elastikligiga vaqtdan tashqari tovarlarni uzoqsaqlash mumkinligi hamdasaqlash sarf-xarajatlari ta’sir qiladi. Uzoq muddat saqlab bo’lmaydigan tovarlarning taklif elastikligi past bo’ladi. Masalan, oziq-ovqat mahsulotlari, qayta ishlanmagan qishloq xo’jalik mahsulotlari. Ishlab chiqarish jarayoni xususiyatlari ham katta rol o’ynaydi.
Agar korxona, firma, umuman tovar ishlab chiqaruvchilar narx ko’tarilishi bilan shu turdagi xaridorgir mollarni ishlab chiqarishni ko’paytirish, narx tushib ketsa boshqa mahsulot ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo’lsa, tovarlar taklifi elastik bo’ladi. Masalan, kostyum-shim deylik. Talab oshsa korxonada qo’shimcha ish smenasi tashkil etib, kostyum-shim tikishni ko’paytirish mumkin yoki aksincha.

Download 318.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling