Ijtimoiy -gumanitar va mutaxassislik


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/19
Sana22.02.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1220407
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
IJTIMOIY -IQTISODIY EHTYOJLAR

III BOB. UMUMIY XULOSA
 
Miloddan avvalgi VI-III asrlarda legistlar (qonuniy degani) oqimi paydo bo`ldi, 
ular boshqarishni aniq qonunlar asosida (oddiy odatlarga qarshi) olib borish tarafdori 
edilar (namoyandalari Szi-Chap, Li-Kuy), markaziy davlat kuchli, mamlakat esa 
yagona birlashgan bo`lishini qo`llabquvvatlashgan. Legistlar (Shan Yan) ayniqsa 
qishloq xo`jaligi, dehqonchilik, donchilikni rivojlantirishga alohida e'tibor 
berishgan. Don masalasini hal etish bosh masala deb bilingan. Shan Yanning 
fikricha, davlat ravnaqi uchun ikki masalani hal etish zarur: don va urush (atrofdagi 
yerlarni bosib olish). Dehqonlar ro`yxatini o`tkazish, qonun yo`li bilan yig`ilgan don 
miqdoriga bog`liq yagona soliq tizimini kiritish taklif etiladi. qonun yo`li bilan turli 
"ishyoqmaslar"ni "yerga qaytarish", ya'ni dehqonchilik bilan shug`ullanishga, ya'ni 
mehnat qilishga majbur etish siyosatini qo`llash kerak deganlar (Xitoydagi 1960 
yillar davomida ro`y bergan madaniy inqilob davrida shu siyosat amalga oshirildi). 
Undan tashqari qishloq xo`jaligi mahsulotlari bilan savdo qilishni qat'iy cheklash 
ham talab qilingan (go`yoki savdogarlar bundan katta foyda olishlari mumkin). 
Savdogarlar savdoni tashlab, dehqonchilikka intilishlari kerak. Erkin sohibkorlik 
taqiqlangan, umumiy yer egaligi va javobgarlik joriy etilgan (m.a. 351 y.) "Guan-
Szi" (m.a. IV a.) asarida ham xo`jalikni davlat tomonidan tartibga solishning 
tizimlari ancha mukammal bayon etilgan. Bunda legistlardan farqli, tovar-pul 
munosabatlarini cheklashga intilmasdan, bu munosabatlarni o`rganib, undan 
xo`jalikni barqarorlashtirishda ma'lum mexanizm sifatida foydalanish taklif etiladi. 
Xalq xo`jaligini barqaror saqlash uchun tovarlar baholarini ushlab turish g`oyasi 
ilgari suriladi. Davlat hokimi non, pul, metallni tartibga solish yo`lini qo`lida 
saqlasa, mamlakat rivoji nisbatan tekis boradi, deyilgan. Bu asarda ham agrar soha, 
ayniqsa donchilikka alohida urg`u berilgan. Agar legistlar hunarmandchilik, ayniqsa 
savdoni befoyda soha deb hisoblagan bo`lsalar, bu asarda esa o`sha sohalarga ham 
ijobiy baho berilgan. "Yerni boshqarish" uchun davlat yerning tabiiy xususiyatlarini 


yaxshi bilishi kerak. Yer maydonlari nisbatan tekis taqsimlanishi zarur, dehqonlarni 
ish qizigan davrda boshqa yumushlarga jalb etmaslik, soliq tizimi sharoitiga qarab 
(yer unumiga bog`liq rav ishda) bo`lishi taklif etilgan. Bu yerda gap Yer kadastrini 
tuzish to`g`risida boradi, ya'ni bu ishda hisob-kitob bo`lishi qayd etiladi. Dastlabki 
iqtisodiy g`oyalar insoniyatning paydo bo`lishi bilan shakllangan, ammo bizgacha 
yetib kelganlari m.a. 2-ming yillikka to`g`ri kelib, ko`proq qadimiy Osiyo 
xalqlarining xo`jalik faoliyatini aks ettiradi. Antik dunyoga ma'lum darajada 
amaliyotni nazariy umumlashtirish, abstraksiyalash oqibatida birinchi iqtisodiy 
mushohadalar, ayrim iqtisodiy tushunchalar, kategoriyalar shakllana boshladi. 
Qullikka asoslangan natural xo`jalik, ayniqsa qishloq xo`jaligi qo`llab-
quvvatlangan, boylikning asosiy manbayi mehnat deb hisoblangan Hindistonda 
"buyumning qiymati"ni "ish kunlari" bilan belgilash, mahsulotning bozor bahosi 
bilan uning tabiiy qiymati o`rtasidagi farq aytilgan, foyda masalasi ko`tarilib, uning 
miqdori cheklangan. Davlatning iqtisodga aralashuvi qo`llab-quvvatlangan. 
Xitoydagi iqtisodiy g`oyalar ancha rivojlangan bo`lib, tabiiy huquq nazariyasi ilgari 
suriladi, ularda mehnat taqsimoti, davlatning roli, xalq boyligi va hukmdorlar mulki 
o`rtasidagi bog`lanish, iqtisod va qonun masalalariga tegib o`tiladi. Agar Osiyoda 
quldorlik ko`proq patriarxal shaklda bo`lsa, antik dunyoda u klassik ravishda ro`y 
bergan, natural hunarmandchilik, dehqonchilik xo`jaligi qo`llangan, ammo bu davr 
oxirida savdo, sudxo`rlik ham qo`llab-quvvatlangan. Pulning asosan almashuv 
(Ksenofont jamg`arish) funksiyasi tan olingan. Mahsulot ishlab chiqarishni 
rag`batlantirish, boylik jamg`arish zararli deb hisoblangan. "Ekonomika", 
"Xrematistika" tushunchalari kiritilugan, ular bir-biriga qarshi qo`yilgan, qiymat 
(qimmat) kategoriyasi, tovarlarning almashuv tamoyillari (ilk yo`nalish) keltirilgan, 
ammo buning mezoni (mehnat miqdori, foydalilik) aniq berilmagan. Rimda 
quldorlik eng yuksaldi, lekin tanazzulga ham uchray boshladi (Osiyoda feodalizm 
munosabatlari oldinroq ro`y bergan). qulchilikka munosabat o`zgardi, erkin 
sohibkorlik ustunligi oydin bo`lib qoldi, dehqonchilik bilan chorvachilik, yirik savdo 
va sudxo`rlik faoliyati qo`llandi (Sitseron). Mayda ishlab chiqarishga o`tish 
jarayoni, islohotlar (Grakxlar) yo`li boshlandi. 



Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling