Ijtimoiy antropologiya


Download 1.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/100
Sana02.02.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1146972
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   100
Bog'liq
Ijtimoiy antropologiya

Elektron resurslar. 
http:G’G’www.isea.ruG’russianG’structureG’acadG’philG’kursG’phil04.htm  
http:G’G’scvr.sarnode.ruG’eduG’distG’socio_workG’market.html  
http:G’G’www.cep.tomsk.ruG’sir1.html  
http:G’G’www.sinor.ruG’~rangerG’Socis.html  
http:G’G’www.nir.ruG’socioG’scipublG’socjour.htm
http:G’G’win.www.nir.ruG’socioG’scipublG’sjG’97-4.htm  
 
3– mavzu: Irqlar, irqchilik (2 soat) 
Reja: 
1. Irqlarning kelib chiqishi 
2. Irqiy munosabatlar 
3. Ksenofobiya 
Irqlar — Homo Sapiens turi ichidagi sistematik guruhlar. Har bir irq 
oʻziga xos irsiy belgilar, masalan, koʻz, soch va teri rangi, yuz va bosh qutisi 
shakliga binoan boshqa irqlardan farq qiladi. Hozirda odamlar 3 ta: ekvatorial 
(negroid, avstraloid), yevrosiyo (yevropoid), osiyoamerika (mongoloid) yoki 5 
ta (negroid, avstraloid, yevropoid, mongoloid va amerikanoid) yirik irqlarga 
boʻlinadi. Har bir irq ichida yana kichikroq, yaʼni kenja irq boʻladi. Masalan
ekvatorial irq negr, negrill, bushmen, avstraliya va b. irklarga; yevropoid irq 
esa atlantika-boltiq, Hind-Oʻrta dengizi, oʻrta yevropa va boshqalarga; 
mongoloid irq shim. osiyo, arktika, jan. osiyo va b. ga ajraladi. Irqlar 


paleolitning soʻnggi davrlarida bundan 40—30 ming yil avval odam Yer 
yuzini egallashi bilan shakllana boshladi. Oʻsha davrda koʻpchilik irqiy belgilar 
moslanish xususiyatiga ega boʻlganligidan muayyan muhit sharoitida tabiiy 
tanlanish tufayli mustahkamlanib borgan. Masalan, ekvatorial irqda terining 
qora rangi ultrabinafsha nurlar taʼsiridan himoyalovchi, burun katagining keng 
boʻlishi nam tropik iqlim sharoitida suv bugʻlanishini kuchaytiruvchi, tananing 
uzun boʻlishi tana yuzasini tana hajmiga nisbatan kengaytirish orqali 
termoregulyasiyani amalga oshiruvchi vosita sifatida vujudga kelgan. 
Barcha irqlar Homo Sapiensga xos boʻlgan umumiy xususiyatlarga ega: 
ularning barchasi biologik va psixik jihatdan teng boʻlib, evolutsion 
rivojlanishning bir xil pogʻonasida turadi. Barcha irqlar madaniyat va 
sivilizatsiya eng yuqori darajada rivojlanishida bir xil imkoniyatga ega. Hoz. 
zamon fani mavjud irqlar bir xil qobiliyatga ega emasligi, ular evolyusiyaning 
turli bosqichlarida turganligi toʻgʻrisidagi irqchilik gʻoyalarini inkor etadi. 
Odam irqni "millat", "til guruxi" tushunchalari bilan aralashtirib yubormaslik lo-
zim. Bitta millat tarkibida har xil irqlar va, aksincha, bitta irqning oʻzi turli 
millatlar tarkibiga kirishi mumkin. 

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling