Ijtimoiy antropologiya


Download 1.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/100
Sana02.02.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1146972
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   100
Bog'liq
Ijtimoiy antropologiya

Millatchilik deb millatni jamiyat 
birligining 
eng 
yuqori 
shakli 
va davlat shakllanishida 
birlamchi 
deb 
qarovchi siyosiy yoki gʻoyaviy yoʻnalishga 
aytiladi. 
Siyosiy 
harakat 
sifatida davlat bilan munosabatlarda maʼlum bir milliy jamoaning manfaatlarini 
himoya qilishga intiladi. 
Millatchilik oʻz millatiga sadoqatni, uning siyosiy mustaqilligini va oʻz 
xalqi faravonligiga xizmat qilishni, millatning madaniy va manaviy yuksalishini, 
millatning yashash sharoitlarini, yashash hududini, iqtisodiy zaxiralarini va 
manaviy qadriyatlarini amalda saqlab qolish maqsadida milliy oʻzlikni anglash 
asosida birlashishni targʻib etadi. U vatanparvarlikka yaqin milliy tuygʻuga 
suyanadi. Bu gʻoya qarama-qarshi sinfiy manfaatlarga qaramasdan, jamiyatning 
turli qatlamlarini birlashtirishga intiladi. 
Bugungi kundagi radikal harakatlar oʻziga millatchi tus berishi tufayli 
„millatchilik“ yoki „natsionalizm“ tushunchalari etnik, madaniy va diniy 
toqatsizlik bilan koʻp bogʻlanadi. Bunaqa toqatsizlik millatchilikda moʻtadil 
oqimlar tarafdorlari tomonidan qoralanadi. 
Koʻpincha OAVda „millatchilik“ soʻzi ostida etnik millatchilik va unnig bir 
millatni boshqa millatdan ustun qoʻyishga urgʻu beradigan shovinizm va 
ksenofobiya kabi keskin shakllari nazarda tutiladi. Millatlar aro nizoni yuzaga 
keltirish va etnik diskriminatsiya kabi etnik millatchilikning koʻplab 
koʻrinishlari xalqaro qonunbuzarliklarga kiradi. 
Millatchilik — bu avvalam bor gʻoya
[1]
 va u quyidagi elementlarni oʻzida 
mujassam etadi: 

Millatlarning mavjudligi. Millatchilik insoniyat tabiat qonunlari asosida 
bir biridan maʼlum bir xususiyatlari bilan farq qiladigan fundamental 
birliklarga — avtonom va toʻlaqonli millatlarga ajratilganligini eʼtirof etadi. 

Millatlarning oʻz taqdirini oʻzi hal qilish suveren huquqi. Milliy 
loyihalar faqat oʻz davlatida amalga oshirila oladi. Millat oʻzining aʼzolaridan 


iborat davlat tashkil qilishga haqli. Har bir hududiy-maʼmuriy birlik uchun 
siyosiy chegaralar madaniy-etnik chegaralarga toʻgʻri kelishi kerak. Shunday 
qilib millat aniq chegaralangan hududda oliy (suveren) hokimiyatga ega. 


Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling