Ijtimoiy antropologiya


Davlat qurish jarayonidagi millatning birlamchiligi


Download 0.54 Mb.
bet12/100
Sana30.10.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1733996
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   100
Bog'liq
Ijtimoiy antropologiya-fayllar.org

Davlat qurish jarayonidagi millatning birlamchiligi. Millat butun
siyosiy hokiniyatning manbaidir. Hukumatning yagona legitim turi milliy oʻzini
oʻzi boshqarishdir. Millatning har bir aʼzosi siyosiy jarayonda bevosita ishtirok
etish huquqiga ega.

Milliy oʻzlik. Millatchilik bitta maʼmuriy-hududiy birlik doirasida til va
madaniyat umumiyligi boʻlishi lozimligini taʼkidlaydi. Odomlar erkinlik va
salohiyatlarini realizatsiya qilish uchun oʻzini millatga bogʻlashadi. Boshqa
tarafdan, millat oʻzini hech qaysi guruhga mansubligini his etmaydiganlarga
ham aʼzolik va oʻzlik (identifikatsiya) beradi.
[2]


Birdamlik. Birlikka maʼlum bir madaniyatni majburan singdirish bilan


emas, balki insonlarning muhabbat va aka-ukachilik asosida birlashuvi evaziga
erishiladi. Aʼzolar birdamlik iplari his etishi va bir xil emas, balki bir birlarini
toʻldirib harakat qilishlari muhim sanaladi.

Millat oliy qadriyat sifatida. Alohida shaxsning milliy davlatga sodiqligi
shaxsiy va boshqa guruhbozlik manfaatlaridan ustun. Fuqarolarning vazifasi —
oʻz davlatining legitimligini (qonuniyligini) ushlab turish. Milliy davlatni
mustahkamlash hurriyat va osoyishtalikni taminlanishining bosh shartidir.

Ommaviy taʼlim. Odamlar millatning hayotida toʻlaqonli ishtirok etish
va uning millati, tarixi, tili bilan bogʻlanish uchun har tomonlama taʼlim
olishlari kerak.
Millatchilik millatlarning farqlarini, koloritini, oʻziga xosligini taʼkidlaydi.
Bu xususiyatlar madaniy-etnikdir. Milliy oʻzlikni anglash madaniyatga chetdan
kelgan qoʻshimlarni anglashga va oʻz millati foydasiga keyinchalik boshqa
madaniyatlardan yaxshi taraflarini olish istiqbollarini tahlil qilishga xizmat
qiladi.
[3]

Bundan tashqari millatchilik millatni shaxsiyatning ekvivalenti, iqtimoiy


organizm sifatida koʻradi. Insonlarning, ularning ijtimoiy darajasi va kelib
chiqishidan qatʼi nazar, qonun oldida tengligi millatlarning, ularning kuchi va
kattaligidan qatʼi nazar, xalqaro qonunchilik nuqtai nazaridan tengligiga toʻgʻri
keladi. Millat shuningdek hozirgi avlodni oldingilari va boʻlajak avlodlar bilan
bogʻlab turadi, bu esa odamlarni oʻzini qurbon qilishga, hatto millatni qutqarish
uchun jonini berishga chorlaydi

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling