Ijtimoiy antropologiya


Download 0.54 Mb.
bet39/100
Sana30.10.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1733996
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   100
Bog'liq
Ijtimoiy antropologiya-fayllar.org

Munozara uchun savollar. 
1. G’arblashtirish deganda nimani tushunasiz?
2. Majburiy assimilyatsiya nima?
Adabiyotlar. 
1.
1.
Belik A.A. Kulturnaya(sotsialnaya)antropologiya. – M., 2009.
2.
Madaniy va ma’rifiy ishlar. Lug’at. T., 1996.
3.
Ionin L.G. Sotsiologiya kulturo’. M., Logos, 1996
4.
Rudnev V.P. Slovar kulturo’ XX veka. – M.,1997
5.
Arapov A. Istoriya i kultura G’G’ Obhestvennoe mnenie. Prava
cheloveka. 1998. №4.
6.
Girtts K. Interpretatsiya kultur. – M.:2004.
Elektron resurslar. 
http:G’G’www.isea.ruG’russianG’structureG’acadG’philG’kursG’phil04.htm
http:G’G’scvr.sarnode.ruG’eduG’distG’socio_workG’market.html
http:G’G’www.cep.tomsk.ruG’sir1.html

14-mavzu: O‘zlikni anglash va milliy munosabatlar. (2 soat) 
Reja: 
1. 
O‘zlikni anglash jarayonlari.
2. 
Fenomenologiya nazariyalari (E.Kassirer, M.Sheller, X.Plesner, 
X.Ortega-i-Gasset, E.Fink).
3. 
Milliy mentalitet va stereotiplar. Sotsial xarakter (E.Fromm, 
D.Rismen, K.Yung), mentalitet tasnifi (B.Katl).
4. 
O‘zbekchilik. Sotsial identiklik. O‘zlikni anglashning 
sotsiologik talqini. 

Etnologiya, nomidan ham ko’rinib turganiday, bu "xalqlar" to’g’risidagi


fan. Xalqlar yoki etnik guruhlar bir-birlaridan irqiy belgilar, til va madaniyat
bo’yicha farqlanadilar va xuddi shular bo’yicha umumiylikka ham egadirlar.
Etnolog xalqlarni mana shu umumiylik va tafovutlar asosida tasnif qiladilar,
ya’ni u irqiy, lingvistik va madaniy tasniflar bilan ish yuritadi. Bundan tashqari
u turli usullar yordamida tarixiy o’tmishda xalqlarning ko’chib yurishlari, o’zaro
ta’siri va rivojlanishi to’g’risida bilim olishga harakat qiladi.
Bilimdon etnolog jismoniy antropologiya, lingvistika va ijtimoiy
antropologiya bo’yicha chuqur bilimlarga ega bo’lishi kerakligi aniq va ravshan.
Etnologiyaga oid adabiyotlar notanqidiy spekulyativ mulohazalar bilan to’ldirib-


toshirib yuboradi. Braxitsefaliya va dolixotsefaliya to’g’risida shaddot fikr


yuritayotgan, biroq bosh miya chanog’i tuzulishidagi murakkabliklardan
mutlaqo bexabar bo’lgan muallif bizga inson paydo bo’lgan davrdan boshlab
yuz bergan migratsiya va rivojlanishlar tavsifini taqdim qiladi. Lingvistikadan
mutlaqo bexabar bo’lgan boshqa yana bittasi unchalik sifatli bo’lmagan
lug’atlardan tanlab olingan bir necha so’zlarning o’xshashligi asosida mutlaqo
turlicha bo’lgan tillarning qardoshligini isbotlamoqchi bo’ladi. Ijtimoiy
antropologiyadan xabarsiz va shuning oqibatida totemizm va ekzogamiya
singari ijtimoiy institutlarning mohiyati masalasida mutlaqo nodon bo’lgan
uchinchisi bizni butun dunyoda bu institutlarni dunyo bo’ylab oltin, brilliant va
kauri chig’anoqlarini izlab tentirab yurgan misrliklar tomonidan kiritilganiga
ishontirmoqchi bo’ladi.
Tarixgacha bo’lgan davr arxeologiyasi aslida tarixdan avvalgi davr
xalqlarini ularning qoldiqlari, manzilgohlarining qoldiqlari, suyaklari, ular
tayyorlagan va ishlatgan qurollari bo’yicha o’rganadigan etnologiyaning kichik
turi (paleoetnologiya)dir. Arxeolog ana shu yo’qolib ketgan xalqlarning tili va
ijtimoiy institutlari to’g’risida hech qanday qoldiqlarni uchratmasligi sababli
uning tadqiqotlari uchun lingvistika yoki ijtimoiy antropologiyani bilish shart
emas. Boshqa tomondan esa, u geologiya va topografikani muayyan darajada
bilishi lozim. Etnologiya va antropologiyaning uzviy aloqada ish tutishi oliy
darajada muhimdir. Chunki ular bitta faning ikki turli bo’limlaridir.
Alohida til yoki tillar guruhini o’rganishdan farqli tarzda umuman tilni
tizimli o’rganadigan lingvistika AQShda antropologiyaning bir bo’limi
hisoblanadi. Angliyada bu fan hozircha rasmiy e’tirof etilgani yo’q, bundan
Londondagi Sharq (va Afrika) tadqiqotlari maktabi istisno. Lingvistika bo’yicha
ixtismoslashmoqchi bo’lgan talaba uchun jismoniy antropologiya va tarixgacha
davr arxeologiyasining har bir ma’lumotli odamdan ko’ra ko’proq hajmda bilish
shart emas. Boshqa tomondan lingvistika etnologiya va ijtimoiy antropologiya
bilan uzviy bog’langan. Masalan, oliy xalqlarning etnologik muammosi
faqatgina arxeologik, irqiy va madaniy muammogina bo’lib qolmay, ulardan
kam bo’lmagan darajadagi lingvistik muammo hamdir.
Mana nihoyat biz ijtimoiy antropologiyaga ham etib keldik. Bu ijtimoiy
institutlar: huquq, din, siyosiy va iqtisodiy tashkilot va h.k. to’g’risidagi umumiy
nazariy fan. Ijtimoiy antropolog o’zining o’rganish sohasida jismoniy
antropologiya ma’lumotlaridan foydalanmaydi. Agar qachonlardir irqiy (ya’ni
bioloshk irsiy) sifatlar ijtimoiy institutlar va ularning rivojiga ta’sir o’tkazishi
isbotlansa, unda mana shu faktni ham u tegishli tarzda hisobga olishi kerak
bo’ladi.
Tarixgacha davr arxeologiyasi ijtimoiy antropologiyaga din, huquq,
qarindoshlik yoki iqtisodiy tizimlarni qiyosiy o’rganish bo’limlari singari
ma’lumotlarni bera olmaydi. U shuningdek, texnologiya, u ijtimoiy
antropologiyaga kiritiladigan tarzda, ya’ni texnik ko’nikmalar tizimi va yaxlit
ijtimoiy tizimning boshqa bo’laklari o’rtasidagi aloqadorlikni aniqlash
ma’nosida biror bir sezilarli yordam ko’rsata olmaydi. Ijtimoiy antropolog
tarixgacha davr arxeologiyasining umumiy xulosalari bilan tanish bo’lishi


kerakligi aniq va ravshan, biroq arxeologik tadqiqotning metodlari va tafsilotlari


uning uchun alohida foyda keltira olmaydi.Ko’pincha ijtimoiy antropologiya va
etnologiya o’rtasidagi o’zaro munosabatlar o’rtasida chalkashliklar vujudga
keladi. Ular faqatgina muayyan darajada aynan bir xil faktlar bilan ish
ko’radilar. Biroq ular bu faktlarga mutlaqo turlicha yondashadilar. Etnologiya
uchun Amerika hindularining ajdodlari qachon va qanday qilib Amerika
qit’asiga kelib qolganini va evropaliklar ular bilan dastlabki muloqotga
kirishganda ko’zga tashlangan ulardagi irqiy, til va madaniyatdagi o’ziga
xosliklar qanday paydo bo’lgani va rivojlangani haqidagi masala tipik muammo
hisoblanadi. Ijtimoiy antropologiya uchun, o’z navbatida, "huquqning mohiyati
nima?" singari muammo tipik hisoblanadi. Etnolog va ijtimoiy antropolog aynan
bitta Amerika hindulari qabilasini o’rganishlari mumkin, biroq ulardan biri mana
shu qabilaning qit’adaG’yashayotgan xalqlar umumiy manzarasida tutgan o’rni
bilan qiziqsa, ikkinchisi bu qabila qanday qilib urf-odatlarning buzilishiga
qarshilik ko’rsatishi va bundan huquqning umumiy nazariyasi va funktsiyasi
uchun handay xulosa chiqishini bilishga qiziqadi.
Etnologiya ham, ijtimoiy antropologiya ham dala tadqiqotlariga ehtiyoj
sezganlari uchun mehnatni tejash nuqtai nazaridan dala tadqiqotchisi ayni bir
paytning o’zida ham etnolog uchun, ham ijtimoiy antropolog uchun maxsus
materiallarni to’plash maqsadga muvofiq bo’lardi. Ba’zi dala tadqiqotlarida
aynan shunday qilindi ham. Biroq ijtimoiy antropologiya dala tadqiqotidan
shunchaki tavsifni talab qilmaydi; shuningdek, u nazariy tahlilni ham talab etadi.
Etnologiya ehtiyojlari nuqtai nazaridan ajoyib tuyuladigan sonsiz-sanoqsiz
etnografiya risolalari mavjud, biroq ulardan foydalanishni istaydigan ijtimoiy
antropologiya uchun bu tadqiqotlar juda qoniqarsiz.

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling