Ijtimoiy antropologiya


Tuzuvchi: NamDU “O‘zbekistonda


Download 0.54 Mb.
bet46/100
Sana30.10.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1733996
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   100
Bog'liq
Ijtimoiy antropologiya-fayllar.org

Tuzuvchi: NamDU “O‘zbekistonda 
demokratik
jamiyat qurish nazariyasi va 
amaliyoti” 
kafedrasi katta o‘qituvchi Q. Maxkamov 
Taqrizchi: NamDU “Milliy g’oya ma’naviyat
asoslari va xuquq ta’limii” 
kafedrasi 
mudiri f.f.n O. Mamatov 
Ushbu amaliy mashg’ulotlar uchun ishlab chiqilgan o’quv-uslubiy
qo’llanma NamDU «O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va
amaliyoti» kafedrasining umumiy yig’ilishida ko’rib chiqilgan va tasdiqqa
tavsiya qilingan.
2019 yil ___ avgustdagi 1 – sonli majlis bayoni
Kafedra mudiri: NamDU “O‘zbekistonda 
demokratik
jamiyat qurish nazariyasi va 
amaliyoti” 
kafedrasi mudiri t.f.n N. G’ofurov 





So’z boshi. 

Mamlakatimizda qabul qilingan 2017-2021 yillarda O’zbekiston


Respublikasini yanada rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha
Harakatlar strategiyasida eng avvalo, davlat boshqaruvi organlarining quyi
bo’g’inlari faoliyatini tubdan yaxshilash, ularning xalq bilan muloqot qilishini
ta’minlash, bu borada samarali ijtimoiy hamkorlik mexanizmini mustahkamlash
ustuvor vazifa sifatida belgilab qo’yilgan.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 7 fevral kuni “O’zbekiston Respublikasini
yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi Farmoni
qabul qilindi. 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning
beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi tasdiqlandi: ijtimoiy
sohani rivojlantirishga yo’naltirilgan aholi bandligi va real daromadlarini izchil
oshirib borish, bilan bir ta’lim, madaniyat, ilm-fan, adabiyot, san’at va sport
sohalarini rivojlantirish, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish;
xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglikni ta’minlash, chuqur
o’ylangan, o’zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritishga
yo’naltirilgan davlatimiz mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash
masalalariga aloxida e’tibor qaratilgan. 2017 yil 5 iyulda qabul qilingan
“Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O’zbekiston yoshlar
ittifoqi faoliyatini qo’llab – quvvatlash to’g’risida” O’zbekiston Respublikasi
Prezidentining PF 5106 sonli farmoni 2017 yil 28 iyulda qabul qilingan
Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni
yangi bosqichga ko’tarish to’g’risida
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining
qarori
qabul qilindi.
Ushbu fan milliy-madaniy makon hamda sotsial soha muassasalarini
sotsial-loyihaviy ob’ekt sifatida turli milliy, jinsiy, yosh bilan bog‘liq va
ijtimoiy-sinfiy guruhlarning o‘ziga xos yashash xususiyatlarini ochib beradi.
Jamiyat taraqqiyoti va barqarorlikni ta’minlashda aloxida o‘rin egallaydi.
Ijtimoiy antropologiya jamiyatning sotsial negizi, tarkibiy qismlari,
sotsioantropologik qonunlar va kategoriyalar, sotsiomadaniy xodisa va
jarayonlarning moxiyati, soxaga oid tizim va ularning amal qilish qonuniyatlari
kabi masalalarni qamrab oladi. Jamiyatda mavjud ijtimoiy qonunlarni bilish va
ularning
amal
qilishiga
ongli
munosabatda
bo‘lish,
mamlakatni
demokratlashtirish va iqtisodiyotni bozor tamoyillari asosida isloh qilish
jarayonlarining moxiyatini tushunishda talabalarni zarur bo‘lgan bilimlar bilai
ta’minlaydi.
“Ijtimony antropologiya” fani umumkasbiy fanlar blokiga kiritilgan kurs
xisoblanib, birinchi kursda o‘qitilishi maqsadga muvofiq. “Ijtimoiy
antropologiya” fani sotsiologiya va psixologiya fanlar turkumiga kiradi va
gumanitar yo‘nalishlardagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida ham o‘qigiladi.
Mazkur fan boshqa ijtimoiy fanlarning nazariy va uslubiy asosini tashkil qilib,
o‘z rivojida aniq yo‘nalishdagi sotsiologiyaga oid bilim soxasidagi fanlar uchun
zamin bo‘lib xizmat qiladi.





Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling