Ijtimoiy fanlar fakulteti ijtimoiy ish kafedrasi ehtiyojmand guruhlar bilan ijtimoiy ish amaliyoti fanidan


II.2. O’zbekistonda gender tenglik siyosatini amalga tadbiq etishdagi amaliy islohotlar


Download 142.5 Kb.
bet6/7
Sana05.04.2023
Hajmi142.5 Kb.
#1273533
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Huquq va boshqaruv sohalarida gender yondashuv.doc2 (1)

II.2. O’zbekistonda gender tenglik siyosatini amalga tadbiq etishdagi amaliy islohotlar
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan muhim tadbirlardan biri bu shubhasiz jamiyatda ayollar mavqeini mustahkamlashga qaratilgan amaliy siyosatdir. Oʻzbekiston gender tengligi koʻrsatkichi roʻyxatida 2019-yildan boshlab qatnashishni boshladi. 2019-yil holati boʻyicha Oʻzbekistonning gender tengligi koʻrsatkichi roʻyxatdagi 189 mamlakat ichida 62-oʻrinni egalladi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholishunoslik jamgʻarmasi (UNFPA) ekspertlarining fikriga koʻra, Oʻzbekistondagi har 100 000 dan 29 ayol gender tengsizlik tufayli vafot etishi va 15-19 yoshdagi har ming oʻspirin qiz uchun tugʻish koʻrsatkichi 23,8 ni tashkil qiladi.
Gender tengligi koʻrsatkichi roʻyxati boʻyicha 62-oʻrinda Oʻzbekiston bilan bir qatorda Kosta-Rika va Urugvay ham 0,288 koʻrsatkichi bilan qayd etilgan. Oʻrta Osiyo davlatlari oʻrtasida Qozogʻiston 44-chi, Qirgʻiziston 82-chi, Tojikiston 70-chi oʻrinlarni egallashgan, Turkmanistonda esa bu roʻyxatda hech qanday maʼlumot koʻrsatilmagan.
Oʻzbekistonda 2019-yil 2-sentabrda 562-sonli Oʻzbekiston Respublikasi „Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari toʻgʻrisida“gi Qonuni qabul qilingan. Oʻzbekistonda Gender tenglik boʻyicha Komissiya 2019-yildan boshlab ish yuritib keladi. Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbaeva Oʻzbekiston Respublikasi Gender tenglikni taʼminlash masalalari boʻyicha komissiyasining raisi hisoblanadi.19
Gender — xotin-qizlar va erkaklar o'rtasidagi munosabatlarning jamiyat hayoti va faoliyatining barcha sohalarida, shu jumladan siyosat, iqtisodiyot, huquq, mafkura va madaniyat, ta'lim hamda ilm-fan sohalarida namoyon bo'ladigan muhim ijtimoiy ko'rinish. SHu jihatdan olganda, gender tushunchasi faqat ayollar manfaatlarini ifodalamaydi, balki, har ikki jins vakillarining o'z orzu va maqsadlari sari dadil odimlashi, hayot sifatini oshirish uchun bir xil imkon berish kerakligini ifoda etadi. Aynan rivojlangan jamiyatning talablaridan biri — bu erkak va ayol huquqlari teng­ligini ta'minlashdan iborat. Zero, jamiyatdagi bu muvozanat insoniyatning barqaror taraqqiyoti va farovon kelajagi kafolatidir. SHu bois, azal-azaldan kishilik jamiyati tarixida bu qadriyat yuksak e'zozlangan.
Gender tenglikning huquqiy rivojiga e'tibor beradigan bo'lsak, bu borada 1948 yilda BMT Bosh assambleyasi tomonidan qabul qilingan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida belgilangan umuminsoniy tamoyillarni alohida e'tirof etish joiz. Unda erkak va ayollarning tengligi alohida e'tirof etilgan bo'lib, Deklaratsiyaning 1-moddasida “Hamma odamlar o'z qadr-qimmati hamda huquqlarida erkin va teng bo'lib tug'iladilar. Ularga aql va vijdon ato qilingan, binobarin bir-birlariga nisbatan birodarlik ruhida munosabatda bo'lish­lari kerak”, deya ta'rif berilgan. BMT tomonidan 1966 yilda qabul qilingan yana bir xalqaro hujjat — Fuqarolik va siyosiy huquqlar to'g'risidagi xalqaro paktning 3-moddasida “Mazkur paktda ishtirok etuvchi davlatlar erkaklar va ayollar uchun ushbu Pakt­da ko'rib chiqilgan barcha fuqarolik va siyosiy huquqlardan bir xilda foydalanishini ta'minlash majburiyatini oladi”, deb ta'kidlangan.
Ushbu xalqaro hujjatlarni ratifikatsiya qilgan mustaqil davlatimiz xalqaro huquqning umume'tirof etilgan talab­laridan kelib chiqib o'z milliy qonunchiligida ayollar va erkaklar tengligi masalasiga jiddiy ahamiyat bermoqda. Xususan, so'nggi yillarda bu sohadagi huquqiy va amaliy ishlar yangi bosqichga ko'tarildi. Oxirgi to'rt yil mobaynida gender tenglikni ta'minlash, xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash, ularning davlat va jamiyat boshqaruvidagi rolini oshirish bilan bog'liq ikkita qonun, Prezidentimizning 6 ta farmon va qarori, hukumatning 16 ta qarori qabul qilindi.
Jumladan, 2019 yil 2 sentyabrda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to'g'risida”gi qonuni mamlakatimizda gender tenglikni ta'minlashga qaratilgan yaxlit va asosiy qonun hujjati hisoblanadi. 20
Ushbu qonun bilan ilk bor milliy qonunchiligimizda “gender” tushunchasiga ta'rif berilgan. Qonunda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta'minlash sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo'nalishlari, ushbu sohada davlat bosh­qaruvi mexanizmlari belgilandi. Xususan, xotin-qizlarning gender kamsitilishiga yo'l qo'ymaslik maqsadida O'zbekiston Respublikasida Gender tenglikni ta'minlash masalalari bo'yicha komissiya tashkil etildi.21
Vazirlik va idoralarda gender tenglik masalalari bo'yicha maslahat kengashi faoliyati yo'lga qo'yildi. Siyo­siy, ijtimoiy, iqtisodiy sohalarda xotin-qizlar hamda erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlarni ta'minlashga qaratilgan “2020-2030 yillarda O'zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasi” loyihasi ishlab chiqildi
So'nggi to'rt yilda bu boradagi vaziyat tubdan o'zgardi, muammolar ochiq-oshkora tahlil etilib, ularning echimlari izlana boshlandi. Xususan, Prezidentimiz tashabbusi bilan 2019 yil 2 sentyabrda “Xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish to'g'risida”gi qonun qabul qilinishi bu boradagi muammolar echimi yo'lida muhim qadam bo'ldi. Hozirgi kunda yurtimizda zo'rlik ishlatishdan jabr ko'rgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va hayotga moslashtirish bo'yicha ikki yuzga yaqin markazlar faoliyat yurityapti. Gender tenglikni ta'minlash masalalari bo'yicha komissiya huzurida tashkil etilgan nodavlat notijorat tashkilotlar birlashmasi ham bu boradagi ishlarga o'z ulushini qo'shmoqda.
Koronavirus pandemiyasi sharoitida xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish, ularga nisbatan tazyiq va zo'ravonlikning oldini olish masalasi yanada ustuvor vazifaga aylandi. Bu boradagi chora-tadbirlarni amalga tatbiq etishda Gender tenglikni ta'minlash masalalari bo'yicha komissiya tizimida ishonch telefonlari tashkil etildi. Bundan tashqari, telegramm tarmog'ida “Zo'ravonlikka yo'l yo'q” deb nomlangan maxsus kanal ochilgan. Ayni paytda bu ishlar izchil davom ettirilib, zo'ravonlikka uchragan ayollarga huquqiy-psixologik yordam ko'rsatish, zo'ravonlik holatlarining oldini olish maqsadida maxsus mobil ilova ishlab chiqilayapti. Ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ham muhim samara bermoqda. Xotin-qizlarning bandligini ta'minlash va ayollar tadbirkorligini rivojlantirish borasida izchil ish olib borilyapti. Ayni paytda Gender tenglik komissiyasi tomonidan xotin-qizlar tadbirkorligini rivoj­lantirish maqsadida tadbirkorlik maslahat kengashlari faoliyat yurityapti. Komissiya qoshida tadbirkor ayollar forumi tashkil etildi.
Albatta, bu yo'nalishda ham ishlarimiz tobora rivojlanayapti. Ayollar tadbirkorligini rivojlantirish yo'nalishida AQSHning ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi bilan “Yo'l xaritasi” ishlab chiqildi. EXHTning O'zbekistondagi loyihalari koordinatori bilan hamkorlikda Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida odam savdosiga uchragan ayollarni qo'llab-quvvatlash maqsadida ixtisoslashtirilgan kichik ijtimoiy tikuv tsexi tashkil qilindi.
O'zbekistonda gender tenglikni ta'minlash sohasida amalga oshirilayotgan ishlar to'g'risida xalqaro hamjamiyatni xabardor etish va bu borada davlatimiz imijini oshirish maqsadida O'zbekiston delegatsiyasining AQSH, Evropa Ittifoqi, Koreya, YAponiya, Rossiya, Turkiya, Qozog'iston, Ozarbayjon davlatlariga xizmat safarlari tashkil etildi. Xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlash maqsadida YUNISEF, YUNFPA, BMT Jahon banki, XMT, OTB, YUSAID EXHT, ETTB kabi xalqaro tashkilotlar bilan ikki tomonlama yillik qo'shma rejalar tasdiqlandi. Komissiya a'zolari Birlashgan Arab Amirliklarida bo'lib o'tgan jahon ayollar forumida ishtirok etdi.22
BMTning xotin-qizlarga nisbatan kamsitishning har qanday shakllariga barham berish to'g'risidagi konventsiyasi yuzasidan qabul qilingan milliy harakatlar rejasi ijrosi bo'yicha monitoring o'tkazildi. Tashkilot va idoralardagi mas'ul xodimlar uchun hisobotlarni tayyorlash haqida amaliy mashg'ulot tashkil etildi. 2030 yilgacha bo'lgan davrda barqaror rivojlanish maqsadlarining gender sohasiga tegishli bandlari bo'yicha indikatorlar shakllantirilgan.
Hozirda qator vazirlik va idoralarda gender tenglik masalalari bo'­yicha maslahat kengashi faoliyat yuritadi. Ko'pincha, ushbu kengash a'zolari bu kengashga kim rahbarlik qilishi kerak, bu yo'nalishda ishlarni qanday tashkil qilish kerak, degan savollarga duch keladi. Ularga bu yo'nalishda uslubiy-amaliy yordam berish maqsadida mediareja ishlab chiqib, targ'ibotni kuchaytirmoqchimiz. SHuningdek, shu kunlarda davom etayotgan “Gender tenglik faoli” milliy tanlovini tashkil etishdan maqsad ham bu yo'nalishda amalga oshirilayotgan ishlarni chuqur tahlil va targ'ib etish, ilg'or tajribalarni ommalashtirish, xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoyalash, jamiyat hayotida faolligini yanada oshirishdan iborat. An'anaviy tarzda o'tkazilishi rejalashtirilgan tanlovda har joriy yil yakunlari bo'­yicha gender tenglikni ta'minlash sohasida yuqori natijalarga erishgan, bu borada jamiyat rivoji uchun tashabbus ko'rsatayotgan, xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish, o'z sohasiga tegishli yo'nalishlarda dolzarb vazifalarni amalga oshirayotgan vazirliklar, idoralar, nodavlat notijorat tashkilotlari va jurnalistlar ishtirok etadi. Tanlov bir qancha asosiy nominatsiyalar bo'yicha o'tkaziladi. 23 
Bir so'z bilan aytganda, bugungi kunda jamiyatimizda gender tenglik masalasi ustuvor vazifa sifatida kun tartibiga ko'tarildi. Bu borada huquqiy va amaliy jihatdan keng qamrovli ishlar boshlab yuborilgan. eng muhimi, bu chora-tadbirlarning natijasi oila mustahkamligini ta'minlash va jamiyatda ma'naviy-ma'rifiy muhitni barqarorlashtirishda qisqa muddatda o'z samarasini ko'rsatayapti. Kelgusida bu ezgu ishlar izchil davom ettiriladi va yanada yangi bosqichga ko'tariladi.


Xulosa
Xulosa qilib shuni takidlash kerakki, bugun jamiyatlarning rivojlanish ko’rsatgichlariga bevosita ta’sir o’tkazuvchi bir qancha omillar mavjud bo’lib, ulardan biri bu gender tenglik masalasi hisoblanadi.
Ushbu masala garchi chuqur tarixiy ildizlarga ega ekanligni ko’rib o’tgan bo’lsak ham butun dunyo davlatlarida haligacha to’liq yechimga ega bo’lmasdan qolgan muommolardan biri ekanligini anglamoqdamiz. Nega? Chunki bu jarayonda bir qancha ta’sir etuvchi omillar mavjud:

  1. Kishilarning urf-odat va an’analarga bo’lgan qarashlari;

  2. Jamiyatning diniy doira ta’sirida shakllangan dunyoqarashlari;

  3. Bugungi kundagi intergratsiyalashuv jarayoniga davlatlarning notekis darajada tortilganligi ham turli davlatlatda gendertenglikka turlicha amal qilinishiga o’z ta’sirini o’tkazib kelmoqda.

Gendertenglik chuqur tarixiy ildizga ega bo’lib, Yunon faylasuflari Aflotun va Aristotel kabilar ham mazkur masalaga oid qarashlarini ilgari surib kelishgan. Qolaversa, sharq uyg’onish davrida ham faylasuflar mazkur masalaga oid qarashlarga ega bo’lishgan. Bunda Farobiy o’zining “Fozil odamlar shahri” asarida mazkur masalaga alohida to’xtalib o’tgan.
Ammo yana bir jihat ahamiyatliki, bu ham bo’lsa sharq va g’arb falsafasida yoki ilmida gendertenglikka turlicha qarashlar mavjud. Jumladan bizning mintaqamizda islom dini mafkurasida jamiyat mafkurasi shakllanib kelgan. bunda ayollarning erkaklar bilan teng munosabatga kirishishlari to’liq qabul qilinmaydi. Aynan shu omil ham keying davr faylasuflari qarashlarida ham o’z aksini topdi. Masalan, g’arbda uyg’onish davri va undan keyingi davrda Kant maktabi vakillari bu masalaga alohida e’tibor bilan qarashgan.
Bundan keyingi davrda Utopiya g’oyasi tarafdorlari gendertenglikni kun tartibidagi asosiy masala deb ham baholashgan. Bunda Tomas Mor g’oyalari muhim hisoblanadi.
Bugungi kunda mamlakatimizda huquqiy-demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish uchun izchil qadamlar tashlanmoqda bunda eng muhim yo’nalishlardan biri sifatida aynan gendertenglik masalasi ko’rilmoqda. Bu yo’lda masalaning huquqiy asoslari yaratilmoqda.
Bu kabi muhim masala avvalo davlat boshqaruvi va huquq sohasida muhim hisoblanadi. Bunga ham bir necha omillar o’z tasirini ko’rsatadi. Masalan, avvalo Gender tenglikka qaratilgan barcha islohotlar uning huquqiy sohadagi ko’rinishi bilan boshlanadi. Huquq sohasidagi gender tenglik keyinchalik butun jamiyatda gender masalasiga poydevor bo’lib xizmat qiladi.
Boshqaruv sohasidagi gender masalasi esa o’zining yana bir necha sohalari bilan xusuisyatlanadi. Masalan, birinchidan bu sohada gender tenglikka amal qilindimi keying sohalarda ham gender masalasiga amal qilinishiga yo’l ochib beradi.
Xulosa qlib shuni aytish mumkinki, huquq va boshqaruv sohasida gender masalasi muhim yutuq va ushbu soha uchun yangi bosqichni boshlab berishi bilan ajralib turadi.


Download 142.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling