Ijtimoiy fanlar fakulteti
Sotsial guruhlar funksiyalari. Parametrlari va strukturasi
Download 61.74 Kb.
|
Katta guruhlar psixologiyasi muammosi kurs ishi
Sotsial guruhlar funksiyalari. Parametrlari va strukturasi.Nima sababdan odamlar guruhlarga birlashadilar va ko‘pincha guruhga a’zoliklarini juda ham qadrlaydilar? Shubhasiz, guruhlar, umuman, jamiyatning va uning har bir a’zosining u yoki bu ehtiyojlarini qondirishni ta’minlaydi. Amerikalik sotsiolog Nil Djozef Smelzer quyidagi guruh funksiyalarini ajratib ko‘rsatadi: ijtimoiylashtiruvchi; instrumental; ekspressiv (ifodali); qo‘llab-quvvatlovchi. Ijtimoiylashtirish – bu shaxsni muayyan ijtimoiy muhitga jalb qilish va uning me’yorlari va qadriyatlarini o‘zlashtirish jarayoni. Inson yuqori darajada uyushgan primatlar singari faqat guruhda o‘zini saqlab qolishi va yosh avlodga ta’lim va tarbiya berilishini ta’minlaydi. Guruhda, ayniqsa, oilada, shaxs bir qator zarur ijtimoiy ko‘nikmalarni egallaydi. Bola yashaydigan boshlang‘ich guruhlar uning kengroq ijtimoiy aloqalar tizimiga qo‘shilishi uchun asos yaratadilar. Shaxsning biror bir shaklda ijtimoiylashishi o‘zining butun hayoti davomida amalga oshiriladi. Shunday qilib, shaxs a’zo bo‘lgan turli xil guruhlar, unga ushbu jamiyatning qadriyatlariga muvofiq ravishda ma’lum darajada ta’sir qiladi. Guruhning instrumental funksiyasi odamlarning birgalikdagi faoliyatini amalga oshirishdir. Ko‘pgina ishlarni yolg‘iz amalga oshirish mumkin emas. Konveyer jamoasi, qutqaruv guruhi, futbol jamoasi, xoreografik ansambl – bularning barchasi jamiyatda muhim rol o‘ynaydigan guruhlarga misoldir. Ularni vazifaga yo‘naltirilgan guruhlar ham deyishadi. Bunday guruhlarda ishtirok etish, qoida tariqasida, odamga moddiy hayotni ta’minlaydi, unga o‘zini namoyon qilish imkoniyatini beradi. Guruhning ekspressiv funksiyasi odamlarning ma’qullash, hurmat va ishonchga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishdir. Ushbu rolni ko‘pincha birlamchi va norasmiy guruhlar amalga oshiradi. Shaxs a’zo sifatida, unga psixologik jihatdan yaqin bo‘lgan odamlar, ya’ni qarindosh va do‘stlar bilan muloqot qilishni yaxshi ko‘radi. Guruhning qo‘llab-quvvatlovchi funksiyasi odamlar ular uchun qiyin vaziyatlarda birlashishga moyil bo‘lishida namoyon bo‘ladi. Ular yoqimsiz histuyg‘ularni yengillashtirish maqsadida guruhdan psixologik qo‘llab-quvvatlashini istaydilar. Bunga yaqqol misol sifatida amerikalik psixolog Stenli Shaxterning tajribasini keltirish mumkin. Birinchidan, universitetlardan birining talabalari bo‘lgan respondentlarni ikki guruhga bo‘lishadi. Ulardan birinchisining a’zolariga ular elektr tokining nisbatan kuchli zarbalariga duchor bo‘lishlari haqida xabar berishadi. Ikkinchi guruh a’zolariga esa ularga juda yengil, qichishadigandek elektr toki urishi kutayotganini aytishadi. Bundan tashqari, barcha talabalarga eksperiment qanday tarzda boshlanishini xohlashlari haqida savol beriladi: yolg‘izmi yoki boshqa ishtirokchilar bilan birgami? Birinchi guruh respondentlarining tahminan uchdan ikki qismi boshqalar bilan birga bo‘lishni istashlari aniqlangan. Ikkinchi guruhda, aksincha, respondentlarning tahminan uchdan ikki qismi eksperimentning boshlanishini yolg‘iz yoki boshqalar bilan birga boshlanishining farqi yo‘qligini aytishadi. Shunday qilib, Shaxter biror kishi tahdid soluvchi omilga duch kelganda guruh unga psixologik qo‘llab-quvvatlovchi yoki dalda beruvchilik hissini berishi mumkin, deb xulosaga keladi. Xavf oldida odamlar bir-biriga psixologik jihatdan yaqinlashishga moyil bo‘ladilar.3 Guruhning qo‘llab-quvvatlovchi funksiyasi guruh psixoterapiyasi mashg‘ulotlarida yaqqolroq namoyon bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, ba’zan odam psixologik jihatdan guruhning boshqa a’zolariga shu qadar yaqinlashib qoladiki, uning guruhdan ketishi yoki uni tark etishining (masalan, davolanishning umumiy yakuniga ko‘ra) boshdan kechirilishi qiyin bo‘lib qoladi. Shuning uchun guruh psixoterapiyasi kursini tugatish uchun maxsus variant – bu guruh tarkibini saqlab qolish va patsiyenlarning shifokorlarsiz ham aloqani davom ettirish hisoblanadi. Asosiy parametrlar yordamida guruhni ijtimoiy-psixologik jihatdan tahlil qilish mumkin. Ushbu parametrlarning to‘liq kombinatsiyasini guruhning o‘ziga xos xususiyatlariga va guruhdagi odamning pozitsiyasini belgilaydigan tavsiflarga bo‘lish mumkin. Guruhning xususiyatlariga quyidagilar kiradi: guruh kompozitsiyasi (tarkibi), strukturasi (tuzilishi), guruhiy jarayonlar. Guruh kompozitsiyasi yoki uning tarkibi – bu butun guruhni tahlil qilish nuqtai nazaridan muhim bo‘lgan guruh a’zolarining xususiyatlari to‘plami. Guruhning strukturasi (tuzilishi) guruhning alohida a’zolari tomonidan bajariladigan funksiyalar nuqtai nazaridan, shuningdek, undagi shaxslararo munosabatlar nuqtai nazaridan ko‘rib chiqiladi. Guruhiy jarayonlarga guruh rivojlanish jarayoni va birlashishi, guruhdagi bosim, qaror qabul qilish jarayoni kabi guruh dinamikasining ko‘rsatkichlari kiradi. Shaxsning guruh munosabatlari tizimidagi mavqei, avvalo, uning statusi va bajaradigan rollari bilan tavsiflanadi. Status (yoki mavqe) bu shaxsning guruhdagi o‘rnini va guruhning boshqa a’zolari uni qanday qabul qilishini belgilaydigan psixologik xususiyatlarning yig‘indisi yoki to‘plami. Status rollar tizimi orqali amalga oshiriladi, ya’ni odam guruhdagi mavqeiga muvofiq bajarishi kerak bo‘lgan turli funksiyalar. Guruh ichidagi tanlanishlar tizimini tavsiflovchi eng muhim xususiyatlar. Tizimning birinchi tavsifi – bu guruh a’zolarining sotsiometrik statusi. Sotsiometriya natijalariga ko‘ra, mavqe guruh a’zosi tomonidan qabul qilingan tanlanishlar va rad etishlarning yig‘indisi sifatida ko‘rib chiqiladi. Statuslar ijobiy tanlovlar ulushiga qarab har xil “vazn”ga ega va guruhning barcha a’zolarining mavqelarining umumiyligi statusli iyerarxiyani belgilaydi, ular quyidagilar bilan ajralib turadi: sotsiometrik “yulduzlar” – iyerarxiyaning yuqori qismida turgan guruhning eng ko‘p tanlangan a’zolari; ijobiy holatlar soni bilan belgilanadigan va ko‘p sonli rad etishlarga ega bo‘lmagan yuqori, o‘rtacha va past mavqeli; ajratilgan – ijobiy ham salbiy ham tanlovga ega bo‘lmagan guruh a’zolari; g) e’tiborsiz qoldirilgan – ko‘p sonli salbiy va oz miqdordagi ijobiy tanlovlarga ega bo‘lgan guruh a’zolari; e) rad etilgan – sotsiometriya natijalariga ko‘ra ijobiy tanlovlarga ega bo‘lmagan, biroq faqat salbiy tanlovga ega bo‘lgan guruh a’zolari. Biroq, sotsiometrik mavqening miqdorini bilish guruhdagi hissiy munosabatlar tizimi to‘g‘risida aniq tasavvurga ega bo‘lish uchun yetarli emas. Tizimning ikkinchi tavsifi – bu guruh a’zolarining hissiy tanlashining o‘zaro munosabatidir. Shunday qilib, talaba guruhida faqat bitta ijobiy tanlovga ega bo‘lishi mumkin, ammo agar ushbu tanlov o‘zaro munosabatda bo‘lsa, bu talaba bir nechta guruhdoshlar tomonidan ma’qullanishiga qaraganda guruhda ancha o‘zini ishonchli his qiladi, lekin u boshqalarga, ya’ni unga e’tiborsiz yoki undan ham yomoni, uni rad etayotganlarga e’tiborini qaratadi. Shuningdek, “yulduz” uchun ham nafaqat ko‘plab tanlanishlarga ega bo‘lishi, balki guruhdagi mavqeining barqarorligi va qulay holatini ta’minlash uchun o‘zaro munosabatlar muhim hisoblanadi. Sotsiometrik tizimning uchinchi tavsifi – shaxslararo tanlanishlar barqaror bo‘lgan guruhlarning mavjudligi. Bunday mikroguruhlarning mavjudligi yoki mavjud emasligini nafaqat tahlil qilish, balki ular o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rganish, ular qanday printsip asosida amalga oshishini tushunish muhimdir. Bu guruhning ajralib qolgan va ajratilgan a’zolari qaysi guruhlarga yo‘naltirilganligi, turli guruhdagi odamlar ushbu guruhlarga qanday munosabatda bo‘lishlari muhimdir. Guruhda paydo bo‘lgan kichik uyushmalar o‘zlarining ichki tuzilishi va birlashmasida juda farq qilishi mumkin yoki ularning ichida bir-birini rad etadigan a’zolari bo‘lishi yoki bo‘lmasligi mumkin, bu ham guruhning umumiy xususiyatlari uchun muhimdir. Tizimning to‘rtinchi tavsifi – bu guruhdagi rad etishlar tizimi. Sotsiometrik matritsa guruhdagi rad etishlar qanday taqsimlanganligini tushunishga imkon beradi. Masalan, guruhda deyarli butun guruh yoqtirmaydigan “yoqimsizlar” bo‘lishi mumkin, yoki, aksincha, deyarli barchasi rad etilishi mumkin, ammo hech kim imtiyozlardan ustun kelmaydi. Sotsiometrik tuzilma haqida fikr yuritganda guruh a’zosining sotsiometrik statusi ancha mustahkam ekanligini ta’kidlash kerak. Bu nafaqat ushbu muayyan guruhda qolishga moyildir, balki ko‘pincha bir kishi bilan boshqa guruhga “o‘tadi”. Buning izohi juda oddiy. Mavqe guruh toifasiga kiradi va guruhdan tashqarida bo‘lmasa ham odam doimiy mavqei bilan unga berilgan rollarni o‘ynashga odatlanib qoladi. Boshqalarning so‘zlariga va xatti-harakatlariga odatiy munosabat shakllari xatti-harakatlarda ko‘rinadi. Mimikasi, pozalari va boshqa noverbal reaksiyalari ham ma’lum bir rolga “moslashadi”. Boshqa guruhga o‘tishda kishi odatiy rollarni o‘ynashni davom ettiradi yoki hech bo‘lmaganda uning roli ongsiz xatti-harakatlar elementlari tomonidan beriladi. Guruh a’zolari taklif qilayotgan tasvirni ko‘radilar va yangi kelgan bilan birga harakatni davom ettiradilar.4 Download 61.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling