Ijtimoiy fanlar fakulteti


Nazariy va amaliy ahamiyati


Download 61.74 Kb.
bet2/7
Sana08.11.2023
Hajmi61.74 Kb.
#1757884
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Katta guruhlar psixologiyasi muammosi kurs ishi

Nazariy va amaliy ahamiyati. Katta guruhlar kishilarning shunday birlashmalariki, undagi odamlar soni avvalo ko`pchilikni tashkil etib, ma`lum sinfiy, ilmiy, irqiy, professional belgilar ularning shu guruhga mansubligini ta`minlaydi. Katta guruhlarni tashkil etuvchilar ko`p sonli bo`lganligi va ular xulq-atvorini belgilovchi mexanizmlarning o`ziga xosligi tufayli bo`lsa kerak, sotsial psixologiyada olimlar ko`pincha kichik guruhlarda ish olib borishini afzal ko’radilar.
Kurs ishining maqsadi va vazifasi: Psixologik katta guruhlar va ularda kechadigan jarayonlarni, katta guruhlar muammosini o`rganish.
Kurs ishining tuzilishi: Mazkur kurs ishi – titul, mundarija, kirish, ikkita bob, beshta paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati kabi qismlardan tashkil topgan bo`lib, 24 betdan iborat.

ASOSIY QISM.

1 – BOB. SOTSIAL GURUHLAR PSIXOLOGIYASI.

    1. Sotsial guruhlar psixologiyasi.


Har bir shaxs o‘z faoliyatini turli guruhlar sharoitida yoki turli guruhlar ta’sirida amalga oshiradi. Chunki, jamiyatdan chetda qolgan yoki insonlar guruhiga umuman qo‘shilmaydigan individning o‘zi yo‘q, kishi jamiyatda yashar ekan, u doimo turli insonlar bilan muloqotda, o‘zaro ta’sirda bo‘ladi, bu muloqot jarayonlari esa doimo kishilar guruhida ro‘y beradi.
Shuning uchun ham guruhlar muammosi, uni o‘rganish va guruhlarning shakllanishiga oid ilmiy xulosalar chiqarish sotsial psixologiyaning asosiy mavzularidan va muammolaridan biridir.
Psixologik ma’noda guruh bu umumiy belgilar, umumiy faoliyat, muloqot hamda umumiy maqsad asosida birlashgan kishilar uyushmasidir. Demak, olimlar guruhi tashkil topishi uchun albatta qandaydir umumiy maqsad yoki tilaklar, umumiy belgilar bo‘lishi shart.
Masalan, talabalar guruhi uchun umumiy narsalar ko‘p (o‘quv faoliyati, bilim olish, yoshlarga xos birliklar (o‘spirin yoshlar), ma’lum o‘quv yurtida ta’lim olish istagi va hokazo. Ko‘chada biror tasodif ro‘y berganligi uchun to‘plangan kishilar uchun ham umumiy bo‘lgan narsa bor bu qiziquvchanlik bo‘lib o‘tgan hodisaga guvohlik, unga umumiy munosabatdir.
Guruhni alohida shaxslar tashkil etadi, lekin har bir guruh psixologiyasi uni tashkil etuvchi alohida shaxslar psixologiyasidan farq qiladi va o‘ziga xos qonuniyatlarga bo‘ysunadi. Ayni shu qonuniyatlarni bilish esa turli tipli guruhlarni boshqarish va ana shu guruhlarni tashkil etuvchilarni tarbiyalashning asosiy mezonidir.
Guruhlarning turlari ko‘p, shuning uchun ham ularni turli olimlar turlicha klassifikatsiya qiladilar. Bizning nazarimizda, G.M.Andreyevaning «Sotsial psixologiya» darsligidagi klassifikatsiya guruhlarning asosiy turlarini o‘z ichiga qamrab olgan.
U har qanday kishilar guruhini avvalo shartli va real guruhlarga bo‘ladi. Real guruhlar aniq tadqiqot maqsadlarda to‘plangan laboratoriya tipidagi hamda tabiiy guruhlarga bo‘linadi.2
Konkret faoliyat odamlarning tabiiy ehtiyojlari asosida tashkil bo‘ladigan bunday tabiiy guruhlarning o‘zi kishilarning soniga qarab katta va kichik guruhlarga bo‘linadi.
Katta guruhlar uni tashkil etuvchilarning maqsadlari, fazoviy joylashishlari, psixologik xususiyatlariga qarab, uyushgan va uyushmagan turlarga, kichiklari esa o‘z navbatida endi shakllanayotgan diffuz hamda taraqqiyotning yuksak pog‘onasida ko‘tarila olgan jamoa turlariga bo‘linadi.
Guruhlarning sotsial psixologiya uchun ayniqsa muhim hisoblangan turlariga ta’rif berish va ularning psixologik qonuniyatlarini o‘rganishni maqsad qilib qo‘ygan holda, bevosita guruh funksiyalari, parametrlari va strukturasini o‘rganishga o‘tamiz.



    1. Download 61.74 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling