Ijtimoiy fanlar” kafedrasi «kasbiy psixologiya» fanidan


-MAVZU. BOSHQARUV PSIXOLOGIYASIDA RAHBARLIK VA LIDERLIK


Download 6 Mb.
bet62/91
Sana18.11.2023
Hajmi6 Mb.
#1783650
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   91
Bog'liq
2021 Касбий психологияси УМК333

6-MAVZU. BOSHQARUV PSIXOLOGIYASIDA RAHBARLIK VA LIDERLIK


REJA:

  1. Psixologiyada boshqaruv muammolari.

  2. Boshqaruv psixologiyasida motivlashtirish va ehtiyoj.

  3. Boshqaruv psixologiyasida rahbarlik va liderlik jihatlari.

  4. Boshqaruvda rahbarlik uslublari. Rahbar qobiliyati komponentlari.



Tayanch so’z va iboralar: Boshqaruv psixologiyasi, boshqaruv muammolari, xulq, axloq, moyillik, psixodiagnostik uslublar, konkret metodikalar, rahbar, motivlashtirish, boshqarish funksiyalari, boshqarish usullari, boshqarish strukturasi, superliderlik.



  1. Psixologiyada boshqaruv muammolari.




Oxirgi yillarda inson omiliga e’tiborning ortib borishi munosabati bilan boshqaruv psixologiyasi masalalariga ham qiziqish kuchaydi. Shu asosda ijtimoiy psixologiyaning maxsus bo`limi - boshqaruv psixologiyasi paydo bo`ldi. Boshqaruv psixologiyasi psixologiyaning shunday tarmog`iki, uboshqaruv faoliyati bilan bog`liq bo`lgan muammolarni, shaxs va shaxslar guruhi tomonidan boshqa guruhlar faoliyatini samarali tashkil etish va birgalikdagi faoliyatini amalga oshirishning psixologik mexanizmlarini o`rganadi.


Boshqaruv muammolari ham bir qancha fanlar tomonidan o`rganiladi, jumladan, falsafa, tarix, iqtisod, huquqshunoslik va psixologiya uning o`ziga xos tomonlarini ochish bilan shug`ullanadi. psixologiya boshqarishni ham obyekti, ham subyektini o`rganadi. psixologik tadqiqotlarda o`rganiladigan olimlar jamoasi, alohida shaxs, ularning psixologik holatlari, ulardagi ayrim jarayonlar va vazifalari boshqaruv obyekti deb aytiladi.
Boshqaruvning subyekti o`rganilganda esa odatda boshqaruvchi shaxs yoki odamlar guruhi nazarda tutiladi.
Boshqaruv psixologiyasi - boshliq faoliyatini analiz qilganda asosiy diqqatni boshqarish uning ehtiyoji yoki qobiliyatlariga mos yoki mos emasligi, qaysi individual xususiyatlariga ko`ra u boshliq darajasiga ko`tarildi, ishni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun u boshqaruvning qay usullaridan foydalanyapti, xodimlarga psixologik tapsir ko`rsatish maqsadida u qanday tapsir uslublarini qo`llayapti kabi qator masalalarga qaratadi.
Boshliq bo`lish ishiga turli shaxslarning munosabatlari har xil, chunki kimdir boshliqda bo`lgan imtiyozlarga beriladi, kim uchundir unga berilajak huquqlarni afzal ko`rish xos, kimgadir yuksak mas’uliyatlarni bo`yinga olish ma’qul keladi. Shaxslarning boshliq funksiyalari haqidagi tasavvurlari qanchalik xilma-xil bo`lmasin, boshliqdan real sharoitlarda odamlar guruhini aniq maqsad asosida faoliyatga yo`llash, ularga bosh bo`lish, turli tadbirlarni amalga oshirish, obro`ga ega bo`lish, har bir qilingan ish uchun javobgarlikni o`z buyniga olish kabi ko`plab sifatlarning mujassam bo`lishi talab qilinadi.
Ayniqsa boshliq uchun turli guruhlardagi, ko`p holda bir boshliq uchun bir vaqtning o`zida, bir qancha guruhlardagi shaxslararo munosabatlarning harakteriga javobgar bo`lish qiyinchiliklar tug`diradi, chunki o`sha guruhlarni tashkil etgan har bir shaxsning o`ziga xos individualligi, boshqaruvchi haqidagi ular tasavvurining har xilligi va guruhlarda norasmiy liderlarning borligi boshliqdan odamlar bilan ishlash borasida ham tajribaning, ham psixologik fahm-farosatning va sabr-qanoatning bo`lishini talab qiladi. Ijtimoiy faoliyat jamiyatdagi, jamoadagi, oiladagi yurish-turish tamoyillari inson aql-zakovatining yoki boshqacha aytganda tabiiy intellektning talablarini qondirish rahbarlar, mutaxassislar, oddiy xodimlar bilan munosabatda bo`lish, bir tizim doirasida faoliyat ko`rsatayotgan odamlar orasida ham ijtimoiy, ham iqtisodiy, ruhiy tarbiyaviy munosabatlar o`rnatish kabi muhit bilan qurshovda bo`lishi kerak.
Yuqoridagilardan kelib chiqan holda ijtimoiy faoliyatda xulq va axloq kabi umumiy tushunchalarni ajratib qarash o`rinlidir.

Download 6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling