Quyida mustaqil ta’limni baholash mezonlari haqida ma’lumotlar berildi. Mustaqil ta’lim ilmiy rahbar tomonidan baholanadi. Bunda, quyidagi shartli ravishdagi ko‘rsatkich va baholash mezonlari qo‘llanilishi mumkin
1. Mustaqil ta’liml ashtirilgan matn yangiligi. Maksimal baho
2. Muammo mohiyati ochib berilish darajasi.
mustaqil ta’lim rejasining mavzuga mosligi;
mavzu mazmunining mustaqil ta’lim mavzusi va rejasiga mos kelishi;
muammo asosiy tushunchalarining to‘liqligi va ochib berilish doirasi;
materiallar bilan ishlash uslubi va usullarining asoslanganligi;
adabiyot bilan ishlash mahorati va materialarning tartiblashtirilishi;
qarab chiqilayotgan masala bo‘yicha har xil qarashlarni umumlashtirish, solishtirish bo‘yicha ko‘nikma, asosiy mulohaza va xulosalarni dalillash
3. Manbalarni tanlashga asoslanganligi.
muammo bo‘yicha foydalanilgan adabiy manbalar, ulardan to‘liq foydalanish darajasi;
muammo bo‘yicha eng yangi manbani jalb etish (jurnalda chop etilgan, ilmiy ishlar to‘plamlari va boshqalar)
4. Rasmiylashtirish qoidalariga amal qilish.
foydalanilgan adabiyotlarga to‘g‘ri havola (snoska) qo‘yish;
ifoda to‘g‘riligi va madaniyati;
muammo atamalari va tushunchalaridan samarali foydalanish;
mustaqil ta’lim hajmiga qat’iy rioya qilish;
5. Rasmiylashtirish madaniyati.
xat boshini ajratish, ravonlik, savodlilik;
orfografik va sintaktik xatoliklar bo‘lmasligi, stilistik tafovutlar yo‘qligi;
xatoliklar, qisqartirilgan so‘zlar, umumiy qabul qilinganidan tashqari bo‘lmasligi va boshqalar
Do'stlaringiz bilan baham: |