Ijtimoiy fanlar” kafedrasi «kasbiy psixologiya» fanidan
Zamonaviy psixologiya fanining asosiy yo’nalishlari
Download 6 Mb.
|
2021 Касбий психологияси УМК333
Zamonaviy psixologiya fanining asosiy yo’nalishlari.
Inson o’zining kimligini anglashga intilishdan, o’z ruhiy dunyosini va o’zgalar ruhiyatini bilish istagi paydo bo’lishdan, tabiat va jamiyat xrdisalarini tushunishga extiyoj sezishdan, o’tmish, hozirgi zamon, kelajak haqida mulohaza yuritishdan e’tiboran psixologiya fan sifatida rivojlana boshladi. Psixologik bilimlar juda uzoq o’tmish tarixga ega bo’lsada, lekin u fan sifatida falsafadan XIX asrga kelib ajralib chiqdi. Psixologiyani alohida fan sifatida ajralib chiqishiga o’sha davrda kishilik jamiyatida yuz berayotgan ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy o’zgarishlar sabab bo’ldi, chunki bular ijtimoiy zaruriyatning taqozosi edi. Psixologik holatlarni tadqiq qilish, ya’ni psixika mohiyatini tushunish maqsadida o’sha davrda eksperimental ilmiy-psixologik laboratoriyalar vujudga kela boshladi. K.Djeymsning fikricha ong bu “psixik funksiyalarning xo‘jayini”. Ong – bu o‘zgacha psixik kenglik. Ong psixologiyaning sharti bo‘lishi mumkin, lekin uning predmeti bo‘la olmaydi. Uning mavjudligi psixologik fakt bo‘lishiga qaramasdan, uni aniqlash mumkin emas va faqatgina o‘zidan chiqarilishi mumkin. Ong sifatsizdir chunki uning o‘zi sifat- psixik jarayon va hodisalarning sifatidir. Sifatni bo‘lib bo‘lmaydi, u yoki bor yoki yo‘q. YUqorida keltirilgan qarashlarning umumiy xulosasi – bu psixologik sifatsiz ongga urg‘u. Vigotskiyning ongga qarashlari qiziqish uyg‘otadi. Uning aytishicha “ong- bu o‘ziga o‘zi, reallikka refleksiyadir. “Ong o‘zi bilan o‘zi aloqadadir”. Ong - bu ongdir, ong faqatgina jamiyat onggi va tili mavjud bo‘lgandagina mavjud bo‘lishi mumkin. Ong tug‘ma bo‘lmaydi yoki tabiat tomonidan berilmaydi balki u jamiyatda rivojlanadi. SHuning uchun ong psixologiyaning sharti emas balki uning muammosi – ilmiy psixologik izlanishlar predmetidir.7 XIX asrning oxiri va XX asrning boshlariga kelib psixologiya fani to’g’risidagi ilmiy tushunchalarda keskin o’zgarishlar yuzaga keldi va ularning ta’siri natijasida psixologiyaning tadqiqot obyekti sifatida insonga muhitning ta’siri, uning xulq-atvorini o’rganish muammolari tanlab olindi. Shu davrda psixologiya fanining rivojlanishiga ijobiy hissa qo’shgan bir qator konsepsiyalar, nazariyalar, oqimlar va yo’nalishlar vujudga keldi. Download 6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling