Ijtimoiy fanlar kafedrasi” o’qituvchisi Turgunov Muhammad Bobur annotatsiya
Download 67.93 Kb.
|
BOLA HUQUQLARI maqola
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so`zlar
- Keywords
- Ключевые слова
- Sh.Mirziyoyev
- Nasab-nikohning asl maqsadlaridan biri ham, naslu nasabini saqlashdir
BOLA HUQUQLARI TO‘G‘RISIDAGI G‘OYALAR VA QARASHLARNI SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHI Andijon Davlat Pedagogika Instituti “Ijtimoiy fanlar kafedrasi” o’qituvchisi Turgunov Muhammad Bobur ANNOTATSIYA. Ushbu maqolada yosh avlodni erkin, demokratik, insonparvarlik tamoyillari asosida komil inson ruhida o‘stirish, ularning nafaqat o‘z huquq va erkinliklarini yaxshi biluvchi, balki ularni amalga oshira oladigan hamda o‘z burch va majburiyatlarini ham ongli ravishda bajaruvchi inson sifatida jamiyatning teng huquqli va faol subyekti qilib tarbiyalash fuqarolik jamiyatiga asoslangan demokratik, huquqiy davlatni qurishni o‘z oldiga maqsad qilib olgan har bir demokratik davlatlar kabi, O‘zbekiston uchun ham muhim va dolzarb masala hisoblanadi. Kalit so`zlar : demokratiya, bola huquqlari, erkinlik, tarix, din, konstitutsiya Annotation. The education of the younger generation as an equal and active subject of society as a person who is not only well aware of their rights and freedoms, but also able to fulfill them and consciously fulfill their duties and obligations is an important and relevant issue for Uzbekistan, as well as for every democratic country that aims to build a democratic, legal Keywords: democracy, child rights, freedom, history, religion, Constitution Аннотация. В данной статье рассматривается воспитание подрастающего поколения в духе свободного, демократического, совершенного человека на основе гуманистических принципов, воспитание его как равноправного и активного субъекта общества как человека, который не только хорошо знает свои права и свободы, но и способен их реализовать, а также сознательно выполняет свои обязанности и обязанности, ставя своей целью построение демократического, правового государства на основе гражданского общества. для Узбекистана, как и для всех демократических государств, это важный и актуальный вопрос. Ключевые слова : демократия, права ребенка, свобода, история, религия, Конституция Biz o‘z oldimizga mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishdek ulug‘ maqsadni qo‘ygan ekanmiz, buning uchun yangi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolar, Ulug‘beklar, Navoiy va Boburlarni tarbiyalab beradigan muhit va sharoitlarni yaratishimiz kerak. Bunda, avvalo, ta’lim va tarbiyani rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, ilm-fan va innovatsiyalarni taraqqiy ettirish milliy g‘oyamizning taraqqiy ettirish milliy g‘oyamizning asosiy ustunlari bo‘lib xizmat qilishi lozim. Sh.Mirziyoyev Bola huquqlarining paydo bo‘lishi va rivojlanishi to‘g‘risida fikr yuritar ekanmiz, jamiyatning ijtimoiy ojiz qatlami hisoblanmish – bolalarga taaluqli huquq va erkinliklar, ularning qonuniy manfaatlari tarixi, inson huquqlari tarixi bilan bevosita chambarchas bog‘liq ravishda o‘rganish maqsadga muvofiq ekanligiga yana bir bor guvoh bo‘lamiz. Zero, bola huquqlari inson huquqlarining tarkibiy qismidir. Inson hayotini, uning katta kishi yoki bola ekanligidan qat’iy nazar, o‘z mohiyatini tashkil etgan huquq va erkinliklardan xoli tasavvur etib bo‘lmaganligi sababli, bola ham, kattalardan kam bo‘lmagan darajada, o‘z huquq va erkinliklari e’tirof etilishiga muhtoj bo‘lib kelgan. Shunga qaramay, bola huquqlari asrlar davomida bunday alohida e’tirofdan mahrum bo‘lib kelgan. Uning yashashga bo‘lgan huquqlari insoniyat tarixida eng qadimiy muammolardan biri bo‘lib kelgan. Tarixdan bolalar noqonuniy tug‘ilgan, nikohsiz tug‘ilgan, yashirin ravishda tug‘ilgan, nogiron yoki kasal tug‘ilgan yoki bolaning otasi yoxud onasi noma’lum, degan vajlar bilan bunday toifadagi bolalarga nisbatan hurmatsizlik qilingan, bolalar tahqirlangan yoki jismonan yo‘q qilib ham yuborilgan1. Qadimgi Spartada nogiron tug‘ilgan bolalarni tiriklayin o‘limga mahkum etilgani, shuningdek, Qur’oni Karim nozil qilinguniga qadar qiz bolalarning dunyoga kelishi fojia sanalgani2 tarixiy manbalardan ma’lum. Ammo, insoniyat rivojlanib borishi bilan bir qatorda, kishilik jamiyati yanada madaniylashib, bolalarga, ularning huquq va erkinliklariga bo‘lgan e’tibor ijobiy tomonga o‘zgarib borgan. Bola huquqlari o‘zining ko‘p asrlik tarixiga ega. “Huquq” va “majburiyat” tushunchalari davlatlar tashkil topa boshlagan jamiyat paydo bo‘lishi va rivojlanishi bilan inson hayotidan ham mustahkam o‘rin oladi boshladi. Davlat huquqiy hodisalar yuzaga kelishi bilan ijtimoiy munosabatlar ilk marotaba qonunlar yordamida muvofiqlashtiriladigan obyektga aylanadilar. Amalda, bu kabi tartibot bo‘lg‘usida inson huquqlari g‘oyasining tug‘ilishi va rivojlanishi uchun huquqiy asos yaratdi. Albatta, bu masalada, qadimgi yunon faylasuflarining xizmatlari kattadir. Ular asarlarida inson huquqlarining qadimgi ko‘rinishlari va tushunchalarini keltirgan holda, bolalarning huquq va erkinliklari cheklanganligini e’tirof etishadi. Qadimgi mashhur donishmand Arastu (miloddan avvalgi 384-322 y.) davlatni “Ozod odamlar ittifoqi” deb ta’riflab, bu siyosiy uyushmaga qul bolalarni kiritmagan. Huquq va erkinliklar faqat ozod kishilarga xos deb hisoblangani bois, bolalar umuman davlat-huquq doirasidan chiqarib tashlangan. Ular hatto o‘z otalari bilan muloqotda bo‘lishi rad etilgan. Rim yuristlarining “Qullar, jonivorlar va buyumlar”, “Qul va hayvon” kabi mashhur maqollari bunday tenglashtirishning rasmiy ifodasi edi. Shunisi ham taassufki, bu maqollar qonun kuchiga ega bo‘lgan mashhur Digestlardan joy olgan edi3 . Sitseron “Majburiyatlar haqida” asarida fuqarolarning majburiyatlarini ularning hayotiy zarurligi darajasiga ko‘ra bir qancha turlarga ajratadi. Birinchi o‘ringa, Vatan va ota-ona oldidagi majburiyatlar qo‘yilgan. Bolaga nisbatan majburiyatlar ikkinchi o‘rinni olgan. Ammo, bolalar o‘zining butkul huquqsizligi sababli oilada ham, jamiyatda ham, davlatda ham loyiq sharoitlarga ega bo‘lish uchun real imkoniyatlardan mahrum edi. Bolalarning jamiyatda va davlatdagi ayanchli ahvoli turli gumanitar fanlar, jumladan tarixda e’tibor beriladigan va o‘rganiladigan obyekt bo‘lib keldi4. IX-XVII asrlarda Qadimgi Rusda bolalarni toifalarga ajratish urf-odat bo‘lgan. Mamlakatda Xristian dinining paydo bo‘lishi orqali ruhoniylar bolalarga nissbatan rahm-shavqat g‘oyalarini targ‘ib qilish orqali “bolalardek bo‘ling” degan yangi munosabatlar o‘rnatila boshlandi. Shu bilan birga xristianlik o‘z navbatida bolalarning qaysi urug‘, toifa yoki nasl-nasabdan dunyoga kelganini birinchi o‘ringa qo‘yib, bolaga nisbatan ota-onasining mavqei doirasida munosabatda bo‘lishni ham ilgari suradi. Ayniqsa, nikohsiz tug‘ilgan bolalarga bepisandlik bilan qarash illatga aylanib ketgan5 . Ushbu masala nuqtai nazaridan qadim Sharqda bola huquqlari, uning oila, jamiyat va davlatdagi ahvoliga yondashuv to‘g‘risida tushuncha hosil qilish imkonini beradigan alohida manbalarga murojaat qilish muayyan qiziqish uyg‘otadi. Ayniqsa, Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlarida keng tarqalgan zardushtiylik diniy huquq tizimi qoidalari jiddiy e’tiborga molik. Shuni ham nazardan qochirmaslik kerakki, Sharqda bola masalasi jamiyat hayotining dolzarb masalasi bo‘lib kelgan. Sharq xalqlari bolaparvarligi bilan ma’lum va mashhur. “Avesto” muqaddas kitobining ba’zi qoidalariga murojaat qilganimizda, ushbu hol odamlarning kichik yoshli toifasiga qadriyat sifatida qarashlarning mustahkamlanishida muhim o‘rin tutganligini ko‘ramiz. Mazkur kitobda aytilishicha, bolalar “qat’iy tarzda muhofaza etilishi” shart. Bunda so‘z nafaqat tug‘ilgan, balki tug‘ilajak bolalar haqida ham boradi (Videvdat, XV, 36-39)6 . Hali tug‘ilmagan, ona qornidagi bola farovonligi, tinchligi ham dunyoga kelgan bola farovonligi, tinchligiga tenglashtiriladi. «Avesto, – deydi S.G.Ganbarov, - tug‘ilgan va hali dunyoga kelmagan bolalarning huquqlarini qat’iy muhofaza etgan»7. Qat’iy muhofaza etish g‘oyasi hali tug‘ilib ulgurmagan bolaga ham teng ravishda taalluqlidir. Voyaga yetmagan bolalarni ota-onasidan olib ketib qolish, ularni vasiyliksiz qoldirishga og‘ir jinoyat sifatida qaragan. Nafaqat tug‘ilgan bola, balki ona qornida bo‘lgan bolalar huquqini alohida muhofaza qilish nazarda tutilgan. Homilador ayol homilasini oldirib tashlasa yoki jonzotni boshqa yo‘l bilan tushirishi gunoh hisoblanib, aybdorlar o‘lim jazosiga mahkum etilgan. Bolalarni go‘dakligidanoq o‘qitish, ilmli qilish tavsiya etilgan. “Agar o‘g‘ling bo‘lsa, - deyiladi “Adurbadning o‘gitlari”da,- uni bolaligidanoq maktabga ber, zotan, bilim ko‘z nuridir”8 . Olam taraqqiyotiga Yaxshilik va Yomonlik orqali qarash bilan zardushtiylik odamlarni Yaxshilik qonunlari asosida, erkinlikda, bo‘ysunish va zo‘ravonlikka majburlanmay yashashga chaqiradi. U baxtsizlik va g‘am-qayg‘u keltiradigan johillikdan saqlanishni maslahat beradi. Oila yaratish, farzand ko‘rish, uy-joy qurish, hatto daraxt ekish va yer sug‘orish ham zardushtiylik tomonidan baxtli hayotning yaqqol belgilaridan deb qaralgan9 . Zardushtiylikda «Yer boqqan qizlar, iqtidorli bolalar”ga Yaxshilik mahsuli deb qaralgan. Xalq ongi, fikr-qarashlari ifodasi bo‘lgan “Avesto” jamiyatda bolalarga nisbatan “mehr ko‘zi bilan qarash”ning “tobora ildiz otishi”ga muvofiqlashtiruvchi ta’sir ko‘rsatgan. Uning me’yorlari “uy-joy tiklash”, “farzand ko‘rish”, ular to‘g‘risida doimiy g‘amxo‘rlik qilishga chaqirgan. Ushbu g‘oyalar o‘zining umumijtimoiy ahamiyatiga ko‘ra shu qadar jiddiy ediki, ular insonlar o‘rtasidagi muloqotda “Farzand ko‘rish, uy qurish va daraxt ekish” ko‘rinishida hamon mavjud. Ammo odamlar hayotidan muhim joy olgan bu iboraning “ildizlari” qabila-qabila bo‘lib yashalgan, zardushtiylik davriga borib taqalishidan ko‘pchilik bexabar. Yaqin va O‘rta Sharq, jumladan Markaziy Osiyo mamlakatlarida yashayotgan xalqlarning bir necha avlodlari zardushtiylik ta’sirida shakllanib borgan. Islomdan avvalgi shakllangan “Yaxshilik qonunlari” ko‘p sonli xalqlar xotirasida saqlanish bilan cheklanmay, balki ularning hayot tarzi, avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan an’analarida ham aks etdi. Islomda farzandlarning qanday huquqlari bor? Islomda farzandlarning huquqlari rioya qilingan bo‘lib, bular ularning ota-onalari yoki yaqin qarindoshlari, yashayotgan jamiyatlariga vazifa qilib yuklatilgandir. Bular voojib bo‘lib, unga amal qilmoqlik majburiydir. Ulamolarimiz quyidagilarni zikr qiladilar: 1. Nasab-nikohning asl maqsadlaridan biri ham, naslu nasabini saqlashdir. Busiz oila ham, jamiyat ham bo‘lmaydi. Farzandning ota-onasi nikohdan o‘tgan, halol-pok yashagandagina nasabi aniq va pok bo‘ladi. 2. Emizish – tug‘ilgan farzand avvalo emizishga muhtoj. Bu esa onasining vazifasi. Shar’iy uzr sababli ona emiza olmasa, emizuvchi topish va uni rozi qilish otaning ishi hisoblanadi. 3. Homiylik – bola yetti yoshga kirguncha birovning himoyasiga muhtoj. Ya’ni doimo ovqatlanish, kiyinish, yuvinish va boshqa holatlarda kattalarning yordamiga muhtoj. Bu ishlarni uning ota-onasi, ular bo‘lmasa yaqin qarindoshlari amalga oshirishlari vojibdir. Buning talablarini, yuqorida xinazat huquqida ko‘rib o‘tdik. Download 67.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling