Ijtimoiy fanlar


Download 286.3 Kb.
bet18/52
Sana22.10.2023
Hajmi286.3 Kb.
#1716187
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   52
Bog'liq
Ijtimoiy fanlar

Imre Lakatos (1922-1974). Britaniyalik fan faylasufi va tarixchisi Imre Lakatos (1922-1974) o‘zining ilk asarlarida farazlar va rad etishlar mantiqining o‘ziga xos variantini bilimning o‘sishi muammosining rekonstruksiyasi sifatida tuzishga harakat qildi. XVII-XIX asrlar matematikasi uning tahlil predmetiga aylandi. Keyinchalik u, o‘z fikriga ko‘ra, fanlarning rivojlanish zamirida yotuvchi ilmiy tadqiqot dasturlarining raqobati g‘oyalarini asoslashga harakat qiladi. «Mening yondashuvim tadqiqot dasturlaridan iborat «raso fan» bilan sinov va xatolarning siyqasi chiqqan andozasidan tashkil topgan «noraso fan»ni farqlashning yangi mezonini nazarda tutadi»8, deb yozadi olim. Lakatos o‘z konsepsiyasini asoslashda fan tarixini o‘rganishga alohida e’tibor bergan.
Maykl Polani (1891-1976) yaratgan yashirin shaxsiy bilim konsepsiyasi o‘ziga xosligi va oldingi bosqichning normativ-ratsionalistik muammolariga nomuvofiqligi bilan ajralib turadi.
M.Polani epistemologiyasida antropologik mo‘ljallar ancha kuchlidir. Uning asosiy tezislari:

  • Fanni mahoratli odamlar yaratadi.

  • Bilish faoliyati san’atini darslikdan o‘rganish mumkin emas. U faqat bevosita mahorat bilan o‘tadi.

  • Fanni yaratuvchi odamlar boshqalar bilan almashtirilishi va o‘zlari yaratgan bilimdan ajratilishi mumkin emas.

  • Ilmiy bilish faoliyatida fanga, uning qimmatiga bo‘lgan ichki ishonch kechinmalari shaxsiy tajribasi motivlari, shuningdek olimning manfaatdorligi, shaxsiy mas’uliyati o‘ta muhim ahamiyat kasb etadi.

M.Polani uchun shaxsiy bilim – bu biluvchining intellektual jonbozligi, fidokorligidir. U nomukammallikdan dalolat bersada, biroq bilimning zaruriy elementi hisoblanadi. U bizning dunyo manzarasidan inson imkoniyatlarini chiqarib tashlashga bo‘lgan har qanday urinish muqarrar tarzda mantiqsizlikka olib kelishini qayd etadi. Haqiqatni aniqlash bizning formal belgilash mumkin bo‘lmagan ayrim xususiy, implitsit asoslarimiz va mezonlarimizga bog‘liq bo‘lib qolishiga olimning ishonchi komil. So‘zlarda ifodalangan haqiqat maqomi tegishli tarzda cheklanishi ham muqarrardir.

Download 286.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling