Ijtimoiy fanlar
Pozitivizmning asoschisi kim?
Download 286.3 Kb.
|
Ijtimoiy fanlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.Makon va vaqt borliqning fundamental shakllari sifatida .Harakat va rivojlanish. Harakat shakllari. 4. Tabiat falsafasi. Falsafa tarixida tabiatga munosabat.
- Forobiy fikricha
- Voqelik - narsa va hodisalarning utmishda, hozirgi va kelgusidagi holatlarining majmuasi.
- Mavjudlik lot.
5. Pozitivizmning asoschisi kim?:
A. O.Kont B. R.Karnap V. G.Spenser G. R. Bultman Mavzu : FALSAFADA BORLIQ VA TABIAT MUAMMOSI REJA: 1.Ontologiya-borliq falsafasi.. Borliq va uning shakllari. 2..Falsafada substantsiya muammosi. .Materiya tushunchasi va uning shakllari. 3.Makon va vaqt borliqning fundamental shakllari sifatida .Harakat va rivojlanish. Harakat shakllari. 4. Tabiat falsafasi. Falsafa tarixida tabiatga munosabat. 5.Tabiat va jamiyat.Ijtimoiy ekologiyaning muammolari. Ma’lumki, falsafa bir necha tarkibiy qismlardan iborat bo‘lib, shulardan biri ontologiya hisoblanadi. Ontologiya so‘zi yunoncha «ontos» (mavjudlik, borliq) va «logos» (ta’limot) so‘zining birikmasidan tashkil topgan bo‘lib, borliq haqidagi ta’limot deganini anglatadi. Bu atamani birinchi bor 1513 yilda R.Gokleniusning «Falsafa lugati»da, so‘ngra X.Volf (1679- 1754)ning falsafaga oid darsliklarida qo‘llanilgan. Ontologiyaning borliq haqidagi ta’limot sifatida fanga kirib kelishi uzoq tarixga ega bo‘lib, «borliq», «voqelik», «materiya», «substansiya», «substrat» kabi bir kator tushunchalarning tahlil qilinishi bilan ko‘zatilgan. Jumladan, birinchi bor «borliq» tushunchasini falsafaga qadimgi yunon mutafakkiri Parmenid olib kirgan. Uning fikricha, “real voqelik mavjud ekan, demakki borliq ham mavjud, olam faqat borliqdan iborat undan boshqa hech narsa yo‘q. Borliq na o‘z ibtidosiga na nihoyasiga ega va shuning uchun ham u abadiy va yagonadir”9. Yana bir faylasuf Aflotun borliq va butun tabiatni g‘oyalar mahsuli deb talqin qiladi. Moddiy dunyo o‘tkinchi, g‘oyalar dunyosi esa o‘zgarmas va abadiydir. Aflotunning shogirdi Aristotel o‘z ustozining «Mutloq g‘oyasini» qattiq tankid ostiga oladi. SHu o‘rinda Aristotelga tegishli quyidagi mashhur tarixiy iborani yod olsak o‘rinli bo‘ladi: «Aflotun do‘stim bo‘lsa ham haqiqat menga qadrlirokdir». Aristotel «g‘oyalar»ning foydasizligini, uning sababiy bog‘lanishini inkor etadi. Aristotelning borliq haqidagi ta’limotida moddiy narsalarning ob’ektiv mavjudligi tan olinadi. Narsalarning mohiyati g‘oyalarda emas, ularning o‘zidadir. Fransuz faylasufi Rene Dekartda borliq sifatida boshlang‘ich ruh fikrlovchi «men»da o‘z ifodasini topmokda. Bu o‘rinda uning «Men fikrlayapman demak men mavjudman» degan mashhur tarixiy iborasini eslasak maqsadga muvofiq bo‘ladi. Dekartda borliq moddiy hamda ma’naviy (ruhiy) substansiya shaklida namoyon bo‘ladi. Markaziy Osiyo falsafasida ham borliq muammosiga e’tibor kuchli bo‘lgan. Zardushtiylik ta’limotida borliq Quyosh va olovning hosilasidir, alangalanib turgan olov borliqning asosiy mohiyatini tashkil qiladi, u borliqka jon baxsh etadi deb hisoblangan. Islom ta’limotida borliq ilohiy voqelikdir. Bu borada vahdadi-vujud va vahdadi mavjud ta’limotlari bo‘lgan. Forobiy fikricha, ilk borliq bu Ollohning o‘zidir, u azaliydir. Beruniy fikricha, borliq shunday umumiylikki, u hamma narsaning asosida yotadi va hokazo. Biz borliq haqidagi bunday ta’riflarni cheksiz keltirishimiz mumkin, lekin maqsadimiz borliq haqidagi tushunchalarni emas, aksincha borliq haqidagi ta’limotning mohiyatini anglab olishdan iboratdir. Voqelik - narsa va hodisalarning utmishda, hozirgi va kelgusidagi holatlarining majmuasi. Voqelik juda murakkab, chunki narsa va hodisalarning holati doimo o‘zgarishdadir. Borliq ob’ektiv va sub’ektiv voqelik birligidan iboratdir. Borliq moddiylikni, ma’naviylikni, utmishni, kelajakni, o‘limni, hayotni, ruhni va jismni qamrab oluvchi tushunchadir. Atrofimizdagi odam, olam, tabiat, jamiyat, tafakkur, g‘oyalar, uy xayollarimizning biri, ularning barchasi birday mavjuddir, ular turli tarzda va shakllarda namoyon bo‘lib, ularning hammasi mavjudlik belgisi ostida umumlashib, «borliq» tushunchasiga kiradi. Xulosa sifatida quyidagi ta’rifni keltirishimiz mumkin: Borliq - yuqori darajadagi umumiy abstraksiya bo‘lib, shu bois, mavjudlik belgisiga ega bo‘lgan barcha narsalarni, ya’ni moddiy jismlar, jarayonlar, hodisalar, ular o‘rtasidagi munosabat, xususiyat, aloqadorliklar va hatto inson fantaziyasini ham o‘z ichiga qamrab oluvchi o‘ta keng tushunchadir.Adabiyotlarda «borliq» tushunchasiga ta’rif berilayotganda uni mavjudlik va reallik tushunchalar bilan taqqoslagan holda tahlil qilishib, mavjudlikni borliqning hozirgi paytda namoyon bo‘lib turgan qismi, reallikni esa mavjudlikning hammaga ayon bo‘lgan ular tomonidan tan olingan qismi deyishadi va o‘z navbatida har ikkalasini ham borliqda jamlanuvchi tushuncha sifatida baholashadi. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, borliq voqelikning eng umumiy, ichki va tashqi, mohiyati va mazmuniga aloqador barcha jihatlarini aks ettirsa, yana bir kategoriya mavjudlik esa voqelikning tashqi, ko‘zga tashlanadigan, shakliga aloqador va tajriba vositasida bilib olinadigan tomonini ifodalaydi. Mavjudlik lot. exsisto (ekzistensiya) so‘zidan olingan bo‘lib, mavjudman degan ma’noni anglatgan. Falsafada mavjudlik falsafasini yoqlovchi ekzistensializm deb nomlanuvchi butun bir ta’limot bor. Borliqning muayyan ob’ektda va ayni vaqtda mavjud holda mujassamlangan qismini ifodalashda reallik deb ataluvchi yana bir tushuncha ishlatiladi. Shuni qayd etish lozimki, Xaydeggerning mavjudlik xususidagi mulohazalari mazkur muammoga doir falsafiy bahs-munozaralardan chetda turadi. Bu hol Xaydegger bahslashuvchi taraflarni engishga muvaffaq bo‘lgani bilan emas, balki uning falsafasi aksariyat masalalar va tushunchalar yuzasidan muloqot uchun zamin yaratmasligi bilan izohlanadi. Fundamental ontologiya yo to‘laligicha qabul qilinadi, yo butunlay rad etiladi. Xaydeggerning noortodoksal izdoshlaridan biri J.Derrida uning ruh haqidagi mulohazalarini bir vaqtning o‘zida ham aksiomatik, ham aksiologik, ham aksio-poetik deb tavsiflaydi10. Xaydeggerning butun falsafasi haqida ham ayni shu gapni aytish mumkin. Download 286.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling