Ijtimoiy fanlar


Moddiy predmetlar borlig‘iga


Download 286.3 Kb.
bet22/52
Sana22.10.2023
Hajmi286.3 Kb.
#1716187
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   52
Bog'liq
Ijtimoiy fanlar

Moddiy predmetlar borlig‘iga tabiatdagi barcha narsalar, eng mayda zarrachalardan tortib to Er, Quyosh, koinotgacha kiradi. Ikkinchi tabiat ham moddiy borliqqa kiradi.
Inson borlig‘iga muayyan bir ijtimoiy guruh tabaqa, sinfga mansublik, o‘ziga xos manfaatga ega bo‘lgan, o‘zligini anglay biladigan shaxslar kiradi.
Ma’naviy borliqka inson tomondan yaratilgan qadriyatlar majmuasi, ya’ni madaniyat, til, ilm-fan, axloq-odob qoidalari kabilar kiradi.
Ijtimoiy borliq jamiyat hodisalarining barcha turlarini o‘z ichiga qamrab oladi.
Borliqni o‘rganishda yuqorida biz sanab o‘tgan shakllari asosida adabiyotlarda yana g‘oyaviy borliq, aktual va potensial borliq, real va vertual borliq hamda tabiiy borliq kabi shakllari ajratib ko‘rsatiladi11. Lekin sof falsafiy ma’noda bu fikrni to‘g‘ri deb bo‘lmaydi. Borliq va yo‘qlik o‘rtasida dialektik o‘zaro aloqa mavjud. Birinchidan, dunyo haqidagi hozirgi tasavvurlarga ko‘ra, biz yashayotgan Olam bo‘shliqdan bino bo‘lgan. Bo‘shliq materiyaning alohida holati. Bo‘shliq fizik borliqning eng boy tipi, o‘ziga xos potensial borliq sifatida namoyon bo‘ladi, zero unda mumkin bo‘lgan barcha zarralar va holatlar mavjud, biroq ayni vaqtda unda aktual tarzda hech narsa yo‘q12.
Harakat va rivojlanish. Makon va vaqt.
Tabiat va jamiyatdagi hamma narsa harakat va rivojlanishda, o‘zgarish va o‘zaro ta’sirda bo‘ladi. Hech bir tinch turgan narsa yo‘q. Olamdagi narsalar harakatda bo‘lib, biri ikkinchisiga aylanadi, biri ikkinchisidan paydo bo‘ladi. Butun tabiat - eng kichik zarradan tortib Quyoshgacha, odamzodgacha doimo paydo bo‘lish va yo‘q bo‘lish, o‘zluksiz okish, betuxtov harakat qilish va o‘zgarish holatini kechirib t uradi. Har qanday ob’ekt uni tashkil etuvchi elementlarning o‘zaro ta’siri tufayli mavjud bo‘la oladi. Masalan, atom yadro va atomning qobig‘ini tashkil etuvchi elektronlarning o‘zaro ta’siri tufayli mavjud; tirik organizmlar ularni tashkil etuvchi moleqo‘lalar, xujayralar va organizmlarning o‘zaro ta’siri tufayli mavjud. SHuningdek, ob’ektlar tashqi muhit bilan ham o‘zaro ta’sirda bo‘ladilar. Ular boshqa murakkab sistemalarning elementlari bo‘lishi ham mumkin. Masalan: atom tarkibiga kiruvchi yadro va elektronlar moleqo‘lani tashkil qiluvchi qismlari bo‘lishi mumkin, moleqo‘lalardan esa makrojismlar tashkil topadi. Shunday qilib materiyaning tarkibga egaligi, ham ichki, ham tashqi o‘zaro ta’sirni ko‘zda tutadi. O‘zaro ta’sir moddiy ob’ektlarning xossalari, munosabatlari, holatlarining o‘zgarishiga olib keladi. Umumiy tarzda olingan bu o‘zgarishlar moddiy olam borligining ajralmas xususiyatidir. Makon - borliqning asosiy mavjudlik shakllaridan biri bo‘lib, u ob’ektlarning o‘zaro joylashish tartibi, ko‘lami, hajmi, o‘lchamlari, ob’ektni tashkil etuvchi nuqtalarning o‘zaro joylashish vaziyati kabi xususiyatlarini ifodalovchi falsafiy tushunchadir. «Makon» tushunchasini ikki xil nuqtai nazardan talqin qiluvchi substansiyaviy va relyasiyaviy konsepsiyalar mavjud. Substansional konsepsiya buyicha makon narsalar joylashadigan joy, mutloq, o‘zgarmas, mustaqil substansiyadir. Bu erda I.Nyuton ta’limotining ifodalanishini ko‘rishimiz mumkin. Relyasiyaviy konsepsiya buyicha, makon ob’ektlarning tashkil etuvchi nuqtalar­ning o‘zaro joylashish tartibini ifoda etib, u borliqning nisbiy barqaror xususiyatlari majmuasidir. Bunday tahlilda relyativistik fizika tamoyillariga mos kelishini ko‘rishimiz mumkin. «Zamon haqidagi tasavvur va zamon» tushunchasi moddiy olam harakat va rivojlanish jarayonida bo‘lganligi uchun ma’noga ega, agar materiya harakat qilmasa edi, «zamon» tushunchasining ma’nosi qolmas edi. Kundalik hayotda va amaliyotda «zamon» tushunchasi turli harakatning jarayonlarini taqqoslash, o‘xshatish tufayli tashkil topadi. Masalan: biz «ma’ruza bir yarim soat davom etadi», - deb aytamiz. Bu shuni bildiradiki, murakkab, birin-ketin keladigan o‘ziga xos jarayonlar, notiqo‘qiydigan matn, tinglovchilarning bu matnni yozishlari va anglab olishlari bir butun, yaxlit tarzda olinib, boshqa jarayon - soat millarining harakati va buning natijasida soat va minut millarining oldinga ketishi bilan o‘xshatiladi, taqqoslanadi.

Download 286.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling