Ijtimoiy fanlar


Download 286.3 Kb.
bet30/52
Sana22.10.2023
Hajmi286.3 Kb.
#1716187
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   52
Bog'liq
Ijtimoiy fanlar

Ayniyat va tafovut. Predmetning rivojlanishi va ziddiyatlarning echilishi bir necha bosqichdan o‘tadi. Dastlabki bosqich – predmetning o‘z-o‘zi bilan nisbiy ayniylik holati. Tabiatda mutlaq ayniyat mavjud emas. Masalan, har bir organizm hatto oqsil molekulasining tuzilishi darajasida ham o‘ziga xos belgilarga egadir. Har qanday predmet hech qachon o‘z-o‘zi bilan ayniy bo‘lmaydi. Masalan, ko‘zguga kelar ekansiz, siz o‘z qiyofangizda hech qanday farq ko‘rmaysiz. O‘z do‘stingiz bilan oradan besh yil o‘tib uchrashgach, ikkalangiz ham: «U juda o‘zgarib ketibdi!», deb o‘ylasangiz kerak.
Tafovut - avvalgi holatdan saqlanib qolgan xossalar ustunlik qilgani holda, ayni bir predmet xossalarining mos kelmasligidir. «Tafovut» - har xillik, o‘z-o‘ziga, boshqa narsalar, hodisalar, jihatlarga mos kelmaslik munosabati. Tafovut kuchli yoki ahamiyatsiz bo‘lishi mumkin. Kuchli tafovut – predmetning o‘z-o‘zi bilan ziddiyatga kirishish omili. Bu qarama-qarshilik bosqichi bo‘lib, uning echilishi predmetning butunlay o‘zgarishiga olib keladi. SHunday qilib, ziddiyatlarning kuchayishi va o‘z echimini topishi rivojlanish manbai hisoblanadi.
«Ayniyat» tushunchasi ziddiyat tarqalishining dastlabki bosqichini anglatadi. Bu bir xillik, narsa, hodisa, jihatning o‘z-o‘ziga yoki boshqa narsalar, hodisalar, jihatlarga o‘xshashlik munosabati. Ziddiyatning vujudga kelishi yagonaning ikkilanishi sifatida, yagonaning o‘z-o‘zini qarama-qarshiliklarga differensiatsiya qilishi sifatida yuz beradi. Ikkilanish chog‘ida bir vaqtning o‘zida ayni shu munosabatda qarama-qarshiliklar birligi ham, ularning kurashi ham vujudga keladi. Ziddiyatning shakllanish jarayonida qarama-qarshiliklar kurashi birinchi o‘ringa chiqadi va rivojlanishning ichki, teran manbaiga aylanadi. Ziddiyatning o‘zida qarama-qarshiliklar har xil rol o‘ynaydi. Faolroq, harakatchanroq qarama-qarshilik ziddiyatning etakchi tomoni hisoblanadi. Qarama-qarshiliklar kurashi oxir-oqibatda yangi sifat holatiga olib keladi. Paydo bo‘luvchi yangi hodisalar o‘zlariga xos bo‘lgan yangi ziddiyatlarga ega bo‘ladi. Bu ziddiyatlar mazkur hodisalar rivojlanishining harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi.

Download 286.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling