Ijtimoiy fanlar
Qadriyat tushunchasi va uning umumiy tavsifi. Qadriyatlar va baholash strukturasi
Download 286.3 Kb.
|
Ijtimoiy fanlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Baholash strukturasi.
Qadriyat tushunchasi va uning umumiy tavsifi. Qadriyatlar va baholash strukturasi
Aksiologiya – falsafaning qadriyatlarni o‘rganish bilan shug‘ullanuvchi alohida bo‘limi (yunon. axios - qadriyatlar, logos – bilim: qadriyatlar haqidagi fan). Qadriyatlar ulkan falsafiy ahamiyatga ega. Qadriyatlar tushunchasi insonning dunyoga bo‘lgan munosabatining alohida jihatini namoyon etadi. Ular inson faoliyati, jamiyat va madaniyatning o‘ziga xos xususiyatlarini yanada teranroq anglab etish imkonini beradi. Qadriyatlar inson va jamiyat hayotida muhim o‘rin egallaydi, chunki insonning hayot tarzini, uning hayvonot dunyosidan ajralish darajasini aynan qadriyatlar tavsiflaydi. Qadriyatlar shaxsning hayot faoliyatida fundamental ahamiyat kasb etadi. Qadriyatlar odamlarni jipslashtirish, ularni hamjamiyatlarga birlashtirishning muhim omili hisoblanadi. Umumiy qadriyatlarning mavjudligi fuqarolar, ijtimoiy birliklar va guruhlarning tinch-totuvligini ta’minlaydi. Qadriyatlar haqidagi ta’limot yaqinda vujudga kelgan deb hisoblash odat tusini olgan. Ammo bu noto‘g‘ri. Falsafa tarixida ildizlari ilk falsafiy tizimlarga borib taqaluvchi ancha kuchli qadriyatlarga doir an’anaga duch kelish mumkin. Qadimgi davrdayoq faylasuflarni qadriyatlar muammosi qiziqtirgan. Ammo o‘sha davrda qadriyat borliq bilan ayniylashtirilgan, qadriyatga xos bo‘lgan xususiyatlar esa uning mazmuniga kiritilgan. Masalan, Zardo‘sht, Moniy, Suqrot va Platon uchun yaxshilik va adolat kabi qadriyatlar haqiqiy borliqning bosh mezonlari hisoblangan. Bundan tashqari, qadimgi faylasuflar qadriyatlarni tasniflashga harakat qilganlar. Xususan, Moniy zulmat va ziyo dunyosi mavjud, birinchi dunyoda adolatsizlik, zulm, zo‘ravonlik, ikkinchisida esa abadiy, engilmas doimiy qadriyatlar hukm suradi deb xisoblaydi Aristotel o‘ziga to‘q qadriyatlarni (ular jumlasiga faylasuf inson, baxt, adolatni kiritgan) va anglab etish imkoniyati insonning oqilligiga bog‘liq bo‘lgan nisbiy qadriyatlarni farqlaydi. Baholash strukturasi. Baholash strukturasida ikki tomonni shartli ravishda farqlash mumkin. Baholashning birinchi tomoni narsalar, xossalar, jarayonlar va hokazolarning ayrim ob’ektiv xususiyatlarini qayd etish bo‘lsa, ikkinchi tomoni sub’ektning ob’ektga bo‘lgan munosabati: ma’qullash yoki qoralash, xayrixohlik yoki yomon ko‘rish va hokazolardir. Birinchi tomonning baholashi bilimga yaqinroq bo‘lsa, ikkinchi tomonning baholashi me’yorga yaqinroqdir. Baholashning funksiyalari ham uning ichki ziddiyatlarga to‘la tabiati bilan belgilanadi. Hozirgi zamon qadriyatlar nazariyasida odatda baholashning quyidagi funksiyalari farqlanadi. Dunyoqarashga doir funksiya. Mazkur funksiyaga muvofiq baholash sub’ekt o‘zligining shakllanishi, amal qilishi va kamol topishining zaruriy sharti hisoblanadi, chunki har doim uning uchun atrof borliqning ahamiyatini aniqlash bilan bog‘liq. Download 286.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling