Ijtimoiy fanlar


Download 286.3 Kb.
bet34/52
Sana22.10.2023
Hajmi286.3 Kb.
#1716187
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   52
Bog'liq
Ijtimoiy fanlar

Mohiyat va hodisa. Bu kategoriyalar bilishning turli bosqichlarini belgilaydi va ularning har biri ob’ektni anglab etishning o‘ziga xos darajasini aks ettiradi. Mohiyat ob’ektiv borliqning ichki, nisbatan yashirin va barqaror tomonini ifodalash uchun mo‘ljallangan bo‘lib, u narsaning, jarayonning tabiatini va ularga xos bo‘lgan qonuniyatlarini belgilaydi. Hodisa – bu narsada, jarayonda qarshimizda bevosita namoyon bo‘luvchi xossalar, tomonlar yig‘indisini ifodalash uchun mo‘ljallangan kategoriya.
Mazmun va shakl. Mazmun va shakl tushunchalari, ularning dialektikasi qadimdayoq sinchiklab o‘rganilgan. Uyg‘unlik, go‘zallik, mutanosiblik tuyg‘usi, aql va tananing barkamolligi qadimgi yunonlar uchun juda muhim bo‘lgan. Ularning tilida shakl tushunchasi tabiatning oddiy materiali go‘zal shakl-shamoyil kasb etishiga imkoniyat yaratadigan g‘oya tushunchasining sinonimi sanalgan. Aristotel g‘oya, ya’ni shaklni materiya bilan uzviy deb hisoblagan. Qadimgi YUnonistonda mazmun va shakl muammosi qo‘yilgan bo‘lsa, keyingi ming yillikda bu muammoni turli yo‘nalish mutafakkirlari echishga harakat qildi.
Sabab va oqibat. Qanday voqea yuz bermasin, barchasining o‘z sababi bor. To‘g‘ri olingan yo‘l yo‘lovchini tekisliklar orqali mo‘ljallangan manzilga olib keladi, xato va beparvolik uni sahroga olib boradi va halokatga giriftor etadi. Hodisalarning umumiy o‘zaro bog‘liqligi va bir-birini taqozo etishi g‘oyasi determinizm tamoyilida o‘z aksini topadi. Bu tamoyilga binoan tabiatda hamma narsa sababning hukmiga bo‘ysunadi.
Zaruriyat va tasodif
Zaruriyat-bu hodisalar o‘rtasidagi ularning qonuniy o‘zgarishi va rivojlanishini belgilovchi barqaror, muhim ichki aloqalar. Zaruriyat qonun tushunchasiga yaqin turadi, muqarrar tarzda namoyon bo‘ladi. Masalan, nosoz tormoz muqarrar tarzda avtomobil halokatiga, uning yo yaqinroqdagi narsalar, yo harakatlanayotgan boshqa avtomobillar bilan to‘qnashuviga olib keladi yoki u piyodani urib ketishiga sabab bo‘ladi. Halokat aynan qanday yuz berishi, undan kim jabrlanishi mumkinligi tasodif bilan bog‘liq masaladir, zero yo‘lda muayyan paytda istalgan narsa va istalgan odam duch kelishi mumkin. Bu erda zaruriyat avtomobilning ichki holati bilan, tasodif – tashqi sharoit bilan belgilanadi. Zaruriyat – yuz berishi mumkin bo‘lgan narsa. Zaruriyat – ichki xususiyatga ega hodisa, uning sababi o‘zida bo‘ladi va hodisalarning ichki o‘zaro aloqasidan kelib chiqadi. Ammo nafaqat ichki, balki tashqi zaruriyat ham mavjuddir. Masalan, jismlarning bir-biriga ularning massasiga to‘g‘ri proporsional va ular o‘rtasidagi masofaga teskari proporsional bo‘lgan kuch bilan tortishishi zaruriyat hisoblanadi. Bu tashqi zaruriyatdir. Tasodif ham ichki va tashqi bo‘lishi mumkin. Masalan, tirik organizmlarning mutatsiyalari tasodifiy xususiyat kasb etadi, ammo ular ichki hodisa hisoblanadi, chunki butun organizmni qayta qurish bilan bog‘liq. Xo‘sh, bu holda zaruriyat va tasodifni bir-biridan qanday farqlash mumkin?

Download 286.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling