Ijtimoiy fanlar


Mavzu: FALSAFIY METODLAR, QONUNLAR VA KATEGORIYALAR


Download 286.3 Kb.
bet27/52
Sana22.10.2023
Hajmi286.3 Kb.
#1716187
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   52
Bog'liq
Ijtimoiy fanlar

Mavzu: FALSAFIY METODLAR, QONUNLAR VA KATEGORIYALAR
Reja:
1.Metod va metodologiya tushunchasi. Metodlarining tasnifi.
2.Harakat va rivojlanish.
3.O‘zaro aloqadorlik va rivojlanish qonunlari.
4.Falsafiy kategoriyalar va uning turlari.
Metod (yunon. metods – usul) keng ma’noda yo‘l, ijodiy faoliyatning har qanday shakli kabi ma’nolarni anglatadi. Fan sohasida metod deganda tadqiqotchi o‘z faraziga tayanib, o‘zining predmeti sari ochadigan bilish yo‘li tushuniladi»14. Shuni yodda tutish kerakki, falsafiy metodlar tadqiqotning eng umumiy qoidalarini, uning bosh strategiyasini belgilaydi, ammo u maxsus metodlar ыrnini bosa olmaydi щamda bilishning pirovard natijasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri va bevosita belgilamaydi. Tajriba shuni ko‘rsatadiki, «ilmiy bilish metodi qancha umumiy bo‘lsa, u bilishning muayyan bosqichlarini shuncha mavhum belgilaydi, tadqiqotning pirovard natijalarini belgilashda uning mavщumligi darajasi shuncha katta bыladi»15. Ammo bu falsafiy metodlar umuman kerak emas, degan ma’noni anglatmaydi. Bilish tarixi shundan dalolat beradiki, «bilishning yuqori qavatlarida adashish butun tadqiqot dasturini boshi berk ko‘chaga olib kirib qo‘yishi mumkin. Masalan, yanglish umumiy dastlabki shartlar (mexanitsizm-vitalizm, empirizm-apriorizm) ob’ektiv haqiqatning buzilishini avval boshdanoq belgilab beradi, o‘rganilayotgan ob’ektning mohiyatini cheklangan metafizik qarashga olib keladi»16. Falsafaning eng qadimgi keng tarqalgan metodlardan biri dialektika bo‘lsa, ikkinchisi metafizikadir. Biroq falsafa metodlari bular bilan cheklanmaydi. Bugungi kunda uning sofistika, eklektika, analitik, (hozirgi zamon analitik falsafasi), intuitiv, fenomenologik, sinergetik, germenevtik (tushunish) va boshqa turlari ham mavjud. Endilikda turli metodlarni birlashtirish jarayoni ham ro‘y bermoqda (masalan, Gadamer germenevtikani ratsional dialektika bilan birlashtirishga harakat qiladi). Dialektika(yunon. dialektika — bahs, suhbat) tabiat, jamiyat va bilish taraqqiyoti qonuniyatlari hamda ularning asosida shakllanadigan umumiy tafakkur uslubi va amaliy faoliyat haqidagi ta’limotdir.U grek tilida bahs va suhbatlashish san’ati, degan ma’noni anglatadi. Antik dunyo faylasuflari uni haqiqatga erishish yo‘li va usuli sifatida talqin etganlar. Hozirgi davrga kelib dialektika olamdagi narsa va hodisalar doimo o‘zgarishda, o‘zaro aloqadorlik va bog‘liklikda, taraqqiyot va rivojlanishda, deb tushunishga asoslanadi. Unga ko‘ra, olamda o‘z o‘rniga va joyiga, yashash vaqti va harakat yunalishiga ega bo‘lgan barcha narsalar va voqealar bir-birlari bilan bog‘liq va aloqador tarzda, bir-birlarini taqozo etadigan, doimiy va takrorlanib turadigan bog‘lanishlar orqali namoyon buladi. Falsafa tarixida dialektika to‘g‘risida xilma-xil qarashlar bo‘lgan. Antik davr dialektikasi sodda va stixiyali bo‘lib, asosan, hayotiy tajribaga asoslangan. O‘sha davrda "Dialektika" so‘zini birinchi bo‘lib, Suqrot (er.av. 469—399 y.) o‘z falsafiy faoliyatida qo‘llagan. Suqrot dialektikani mayevtika (harflarni yaratish san’ati) bilan taqqoslagan. Zotan, mulohaza qilish shunday dialektik usuldirki, uning natijasida raqib nutqidagi ichki ziddiyatlar ochiladi yoki fikrlash jarayonida yangi ixtilofli fikr-mulohazalar paydo bo‘ladi. Suqrot boshqalarni haqiqatni izlashga da’vat etar ekan, o‘z onasi doya Fenareti ishini davom ettirayapman, deb izohlaydi. Dialektik metod yangi davrda, xususan, nemis falsafasida, ayniqsa, Kant, Fixte, SHelling va Gegel tomonidan yanada chuqurroq tahlil qilingan.

Download 286.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling