Ijtimoiy fanlar


Bilim va ko‘nikmalarni baholash materiallari


Download 286.3 Kb.
bet25/52
Sana22.10.2023
Hajmi286.3 Kb.
#1716187
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   52
Bog'liq
Ijtimoiy fanlar

Bilim va ko‘nikmalarni baholash materiallari
1. Falsafaning qaysi sohasida borliq va yo‘qlik, mavjudlik va nomavjudlik muammolariga doir masalalar o‘rganiladi?
A. Ontologiyada B. Gnoseologiyada
V. Aksiologiyada G. Ijtimoiy falsafada
2. Qadimgi Sharqda ilk marotaba qaysi manbada borliq masalalari tahlil qilingan?
A. Veda va Upanishadalarda B. Konfutsiy ta’limotida
V. Islom falsafasida G. Daosizmda
3. Qadimgi yunon faylasufi Fales borliqning birinchi sababi sifatida nimani e’tirof etgan?
A. Suv B. Havo
V. Olov G. Er
4. «Borliq bor, yo‘qlik esa – yo‘q», degan fikr kimga tegishli?
A. Parmenidga B. Platonga
V. Suqrotga G. Zenonga
5. Tirik tabiat borlig‘i necha darajaga bo‘linadi?
A. Ikki B. Uch
V. To‘rt G. Cheksiz
Mavzu. ONG FALSAFIY MUAMMO SIFATIDA. BILISH FALSAFASI
Reja:
1. Ong falsafiy muammo sifatida. Ongning strukturasi va funksiyalari.
2. Ijtimoiy ongning o‘ziga xos xususiyatlari
3.Bilish nazariyasining predmeti va uning o‘ziga xos xususiyatlari
4.Axborotlashuvning falsafiy asoslari.
Ongning falsafiy muammo sifatida.. Ongning strukturasi va funksiyalari.
Ong inson borlig‘ining eng muhim omilidir. Ong shak-shubhasiz mavjud, ammo u mavhum bo‘lib, balki bilvosita – odamlar tili va muayyan faoliyati orqali namoyon bo‘ladi. Binobarin, inson borlig‘ining bu elementlarini tahlil qilmasdan ongning mohiyatini aniqlash mumkin emas. Mazkur tahlil ongning biologik jihatini ham o‘z ichiga oladi, zero uning mavjudligi inson bosh miyasi faoliyati bilan uzviy bog‘liq. SHu sababli ongning tabiati nafaqat falsafada, balki fiziologiya, psixologiya, sotsiologiya, kibernetika, informatika va boshqa ijtimoiy va tabiiy fanlarda ham o‘rganiladi.
Ongsizlik. Ong insonning ichki dunyosi sifatida o‘z strukturasiga ega. Uni o‘rganishdan oldin quyidagi holatga e’tiborni qaratish lozim. Ba’zan «ong» tushunchasi «inson ruhiyati» tushunchasi bilan ayniylashtiriladi. Bu noto‘g‘ri. Ruhiyat – ongga qaraganda murakkabroq tuzilma bo‘lib, u aks ettirishning ikki sohasi – ong va ongsizlikni o‘z ichiga oladi. Har xil tushlar, gallyusinatsiyalar, xayoldan ketmaydigan g‘oyalar, intuitsiya va shu kabilar ongsizlikning namoyon bo‘lish shakllariga misol bo‘lishi mumkin. Ular odamlar ruhiyati va xulq-atvoriga kuchli ta’sir ko‘rsatadi, lekin ayni vaqtda bu jarayonlarni boshqarish nuqtai nazaridan ularga bo‘ysunmaydi. SHu sababli ongsizlik ongning muayyan lahzada ong bilan boshqarishga qodir bo‘lmagan parchasi, deyish mumkin1.

Download 286.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling