Mavzu: Daosizmda axloq masalalari qanday o'rin tutadi Daosizm yarim falsafiy, yarim diniy, sinkretik ta’limot


Download 18.39 Kb.
Sana10.02.2023
Hajmi18.39 Kb.
#1187499
Bog'liq
2 5224493966560337092

Mavzu:Daosizmda axloq masalalari qanday o'rin tutadi


1.Daosizm - yarim falsafiy, yarim diniy, sinkretik ta’limot.


2.Daosizmda axloq masalasi
3.Iudaizmda odob-axloq, urf-odat va marosimlar

Daosizm - Eramizdan oldingi IV-III asrlarda Xitoyda paydo bo‘lgan yarim falsafiy, yarim diniy, sinkretik ta’limot. Uning tub goyasi moddiy olamdagi buyum va hodisalar turli-tumanligining mohiyatini ta’minlovchi, ularning mavjudlik sababi va manbaini tashkil etuvchi "dao" to‘g‘risidagi tasavvurlardan iborat. Eramizning II asriga kelib bu ta’limot asosida diniy qarashlar ham shakllangan va u daosizm nominn olgan. Bu din qadimgi dune faylasufi Dao Szi nomi bilan bog‘liq "Dao de szin" kitobidagi ta’limotga asoslangan.


Daosizmda moddiy olam haqida sodda dialektika elementlari ham mavjud. U dunyodagi barcha buyum va hodisalar o‘zgarishda, xarakatda, ba’zi narsalar tiklansa, boshkalari so‘nadi, deb g‘oyat to‘g‘ri ta’lim beradi.
Ammo kohinlar bu ta’limot asosiga diniy g‘oyalarni qo‘yib, g‘oyat ko‘p ruh va xudolarga ibodat qilishdan iborat diniy tizimni yaratdilar. Bu din kohinlari "daos" nomi bilan yuritilgan. Ular uchun rohiblik, darveshlik qilishdan tashqari, oila qurish ham man etilmagan.
SHu tariqa daosizmda olamni boshqaruvchi uch xudolikdan iborat xudolar pantioni - qarorgohi (SHan di, Dao szi, Pan gu) paydo bo‘lgan.
Daolik bir jihatdan shamanizm va folbinlik bilan bog‘liq edi, chunki qadimgi davolash uslublari falsafa, ayniqsa, dao falsafasi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan. SHamanlar davolash uslublarida inson tanasidagi jarayonlarni tashqi fazoviy kuchlar, har xil ruhlar ta’siri bilan bog‘lab, jodugarlik va sehrdan keng foydalanganlar.
Dao nazariyasi mil. av. IV-III asrlarga kelib rivojlana boshladi. Ijtimoiy-siyosiy masalalar va axloq daolik uchun unchalik muhim emas edi. Biroq daolik vakillari birinchi bo‘lib borliq, tabiat, koinot haqidagi tushunchalarni ishlab chiqa boshladilar. Xitoydagi faylasuflar akademiyasida daolik nazariyotchilari Tyan Pen, Sun Szyan, In Ven, SHen Dao, Xuan YUan va boshqalar to‘plangan bo‘lib, u erda o‘z fikrlarini olg‘a surib, beto‘xtov munozaralar olib bordilar va risolalar yozdilar. Ularning yozgan asarlari hozirgi kungacha saqlanmagan bo‘lsa-da, ularning fikrlari daolikning asosiy manbasi sanaladigan "Dao de szin" risolasida o‘z aksini topgan. Mazkur risola muallifi, an’anaga ko‘ra, Lao-Szi hisoblanadi.
Lao-Szi mil.av. III asr o‘rtalarida yashagan deb taxmin qilinadi. Uning ta’limotiga ko‘ra, tabiat, jamiyat va butun borliqning asosi Buyuk Dao hisoblanadi. Dao – yo‘l, haqiqat, tartib demakdir. Dao haqidagi ta’limot konfutsiylikda bo‘lgan. CHunki dao to‘g‘risidagi fikrlar konfutsiylik va daolik shakllanishidan ancha oldin vujudga kelgan, shuning uchun ham har ikki ta’limotda bu narsa o‘z aksini topgan. Dao - ijtimoiy me’yorlar, intizom va axloqning yig‘indisidir. Daolik vakillari esa, daoga boshqacharoq qaraganlar. YA’ni, ular uchun dao umumiy tabiat qonuni, boshlanish va tugashning asosidir. Dao to‘g‘risidagi fikrlar umumlashtiriladigan bo‘lsa, dao - butun borliq demakdir. Daoni hech kim yaratmagan, barcha narsalar daodan kelib chiqqan va unga qaytadi. Dao hech kimga ko‘rinmaydi, sezgi a’zolari uni ilg‘ay olmaydi. Nimani ko‘rish, eshitish, sezish, anglash mumkin bo‘lsa, u dao emas.
Daolik ta’limotining asosiy mohiyatlaridan biri bu dao va u bilan aloqador tabiat falsafasi hamda kosmogoniya masalalaridir. Ikkinchi asosiy nuqta mavjudlik, hayot va o‘limning nisbiyligi va shunga bog‘liq holda uzoq yashash, abadiy hayotga erishish tushunchasidir. Milodning birinchi asri – Xan davriga kelib, abadiy hayot masalasi daolik olimlarining asosiy muammosiga aylandi. Uchinchi va so‘nggi masala u vey prinsipidir. Daolik falsafasining mana shu uch ta’limoti Xan asriga kelib daoliknining shakllanishiga asos bo‘ldi.
Milodiy II asrga kelib daolikda yangi sektalar paydo bo‘ldi. Ulardan biri "Taypindao" (buyuk tenglik ta’limoti) bo‘lib, uning asoschisi CHjan Szue hisoblanadi. U xalq orasida sehr-jodu orqali barcha kasalliklarni tuzatuvchi hamda kishi umrini uzaytiruvchi shaxs sifatida shuhrat topdi. Uning atrofiga ko‘plab odamlar yig‘ildilar. CHjan Szue odamlarni 36 jangovor guruhga bo‘lgan. Katta guruhlarga "da fan" katta sehrgarlar, kichik guruhlarga "syao fan" kichik sehrgarlar boshliq etib tayinlanganlar. Sektada yuqori boshliq CHjan Szue (buyuk osmon rahnamosi) sanaladi. Uning ikki ukasi buyuk er rahnamosi va buyuk inson rahnamosi deb talqin qilinadi. Bu uchtalik daosizmning osmon, er va inson birligi ta’limotining ramziy ko‘rinishi edi. "Taypindao" sektasi ta’limoti "Taypinszin" kitobiga asoslanadi.
"Udoumidao" (Besh dou guruch ta’limoti) sektasi ham mavjud bo‘lib, uning asoschisi mashhur daochi CHjan Dao Lin bo‘lib, doaolik ibodatxonasining asoschisi hisoblanadi.
Daolik milodiy asrning birinchi ming yilligi davomida buddaviylik va Konfutsiylik bilan raqobatlashib keldi. Milodning VI asriga kelib, daolik konfutsiylikdan keyin ikkinchi o‘rinni egallagan edi. XIII asrdan boshlab Daolik ta’limotining aniq asoslarga ega emasligi va ilk davrdagi yuksak ta’limotlari turli xurofotlar bilan almashgani tufayli inqirozga yuz tuta boshladi.
XX asr boshlariga kelib, Xitoyda turli daolik sektalariga qarshi kurash boshlandi. XX asrning ikkinchi yarmida Dao tarafdorlari juda ozchilikni tashkil qildi. Ushbu kichik guruhlar monaxlar, targ‘ibotchilar va bashoratchilarni o‘z ichiga olgan.
Daosizm dastlab mulkdorlar hokimiyatiga qarshi bo‘lib, kambag‘allar manfaatini himoya qilgan . Keyinchalik esa u hukmron sinflarning g‘oyaviy quroliga aylangan. Man’chjurlar sulolasi Sin hukmronligi davrida (1644-1911) daosizm diniy ta’limoti inqirozga uchragan. Hozirgi vaqtda daosizm diniga e’tiqod qiluvchilar juda kamchilikni tashkil etadi.
Sintoiylik (Sintoizm) dini qadimgi YAponiyada vujudga kelgan. Uning nomlanishi xitoycha “sinto” (xudolar yo‘li) so‘zidan olingan. Sintoiylik dinining vujudga kelishiga oid aniq ma’lumotlar mavjud emas. Sintoiylik yana yaponlar uchun ham tarix, ham an’ana, ham hayot tarzi demakdir.
Sintoiylik ta’limotiga ko‘ra, Mikado (imperator) - osmon ruhlarining davomchisidir. Har bir yapon kishisi ikkinchi darajali ruhlar (“Kami”)ning vorisidir. YAponlar “kami”ni ajdodlar va qahramonlarning ruhlari deb e’tiqod qiladilar. Xudojo‘y yapon vafot etgach o‘zining ham o‘sha “kami”lardan biri bo‘lishiga ishonadi.
Sintoiylikda oliy iloh tushunchasi mavjud emas. U ajdodlar ruhi va tabiatga sig‘inishga o‘rgatadi. Sintoiylikda umumiy hayotiy rioya qilinishi lozim bo‘lgan qoidalardan boshqa diniy urf-odatlar yo‘q. Unda bir umumiy ma’naviy qoida mavjud bo‘lib, u ham bo‘lsa “Umum qonunlariga rioya qilgan holda Tabiat qoidalariga mos harakat qil”. YAponlar tasavvurida ular yaxshilik va yomonlik tushunchalarini tabiatan yaxshi bilganlar. Sintoiylik haqidagi ma’lumotlar “Kodziki” (Qadimiy yozuvlar) va “Nixongi” (YAponiya annallari) manbalarida uchraydi.
“Kodziki” – sintoiylikning muqaddas kitobidir. Bu kitob YAponiya va u erda yashovchi xalqlarni tushunishning kaliti hisoblanadi. Unda ikkita asosiy mazmun mujassam: qon-qabilaviy birlik va siyosiy hokimiyat g‘oyasi.
YApon yozuvlarida ta’kidlanishiga qaraganda, olamda birinchi bo‘lib tartibsizlik hukmronlik qilgan. Undan so‘ng er osmondan ajralib chiqqan hamda ayol va erkak jinsi paydo bo‘lgan. Ayol jinsi timsolida ayol xudo Izdanami, erkak jinsi timsolida uning eri Izdanagi yuzaga keldi. Ulardan ayol jinsidagi quyosh xudosi Amaterasu, erkak jinsidagi oy xudosi Sukiyomi, shamol va suv xudosi Susanoo tug‘ildi. Amaterasu g‘alaba qilib osmonda qoldi, Susanoo esa erdagi Idzumo mamlakatiga quvildi. Susanooning o‘g‘li Okuninusi Idzumo hokimi bo‘ldi. Amaterasu bu holatga chidab tura olmay, Okuninusini hokimiyatni o‘z nabirasi Ninigiga topshirishga majbur qildi. Ninigi osmondan tushib, Idzumo davlati rahbarligini qabul qildi. Unga hokimiyatning ramzi sifatida uch muqaddas narsa - ko‘zgu (ilohiylik timsoli), qilich (qudrat timsoli) va yashma (sadoqat va fidoyilik timsoli) topshirildi. Ninigidan Dzimmutenno kelib chiqdi. Tinno unvoni “oliy hukmdor” ma’nosini anglatadi. Bu so‘z boshqa tillarda imperator ma’nosini bildiradi. Dzimmutenno Mikado – yapon imperatorlari sulolasining birinchi namoyandasi, YAponiyaning afsonaviy birinchi imperatori hisoblanadi. Ko‘zgu, qilich, yashma o‘sha qadim zamonlardan beri yapon imperatorlari xonadonining belgisi bo‘lib qolgan.
Imperator mikado, u bir oiladan iborat millatning boshlig‘idir. YAponiyada 300 yildan ortiq hukmronlik qilgan syogunlar ham o‘zlarini mikado namoyandalari deb ataganlar. Sintoiylik ta’limotida yoritilgan Mikado g‘oyasining boshqaruvchilik xususiyati hozirgi kunda kuchi anchagina zaiflashgan bo‘lsa-da, yaponlar tasavvuridan o‘chib ketmagan.
Hozirgacha sintoiylik ibodatxonalarida imperator oilasiga atab turli marosimlar o‘tkazilib turadi.
Sintoiylik yaponlarga mavjudot olami, tabiat, insonlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabat haqidagi qarashlarni singdirgan. Bu qarashlar besh tamoyilda namoyon bo‘ladi.

Birinchi tamoyilning ta’kidlashicha, butun borliq dunyoning o‘z-o‘zicha rivojlanishi natijasidir. Dunyo o‘z-o‘zicha vujudga kelgan bo‘lib, u yaxshi va mukammaldir. Sintoiylik ta’limotiga ko‘ra, olamni boshqaruvchi kuch olamning o‘zida mujassamdir.


Ikkinchi tamoyil hayot kuchini ta’kidlaydi. Hayotdagi har bir tabiiy holat e’tiborga olinadi. Faqatgina “nopok” bo‘lgan narsaga ahamiyat berilmaydi. Biroq har qanday “nopok”lik tozalanishi mumkin. SHuning uchun sintoiylik marosimlari insonda moslashishga moyillik uyg‘otishga qaratilgan. SHu bois, yaponlar tozalab, isloh qilingan va yapon urf-odatlariga moslashtirilgan har qanday zamonaviylashuvni qabul qiladilar.
Uchinchi tamoyil tabiat bilan tarixni yagona deb tushuntiradi. Sintoiylik ta’limoti dunyoni jonli va jonsizga ajratmaydi. Unga e’tiqod qiluvchilar nazdida dunyodagi hayvonlar, o‘simliklar, jismlar, umuman, tabiatdagi barcha narsalar tirikdir va inson vujudida “kami” xudolari yashaydilar. Sintoiylikga ko‘ra “kami” dunyosi odamlar dunyosidan alohida dunyo emas, balki u odamlar bilan uyg‘unlashib ketgan. SHuning uchun inson najotni qandaydir boshqa dunyodan emas, kundalik hayotda najotga “kami” bilan birlashib ketish natijasida erishiladi.
To‘rtinchi tamoyil ko‘pxudolik bilan bog‘liq. Sintoiylik mahalliy tabiat, urug‘, qabila xudolariga bag‘ishlangan marosimlardan kelib chiqqan. Sintoiylikning ibtidoiy shamanlik va sehrgarlikka oid odatlari faqatgina V-VI asrlarda imperator sinto ibodatxonalari faoliyatini o‘z nazoratiga olgach, hozirgi ma’lum bo‘lgan yagona shaklga kirgan. VIII asr boshlarida imperator saroyida sinto ishlari bilan shug‘ullanuvchi maxsus bo‘lim tashkil etildi. X asrga kelib esa, sinto xudolarining ro‘yxati tuzildi. O‘shanda ularning soni 3132 ta edi, keyinchalik esa bu son yanada ko‘paydi.
Beshinchi tamoyil milliy ruhiy asos bilan bog‘liq. Bu tamoyilga ko‘ra, sinto xudolari “kami”lar barcha insonlarni emas, balki faqat yaponlarnigina vujudga keltirganlar. SHuning uchun ham yaponlar o‘z farzandlariga yoshligidanoq biz sintoga tegishlimiz degan aqidani singdirib boradilar. SHu yo‘l bilan axloq normalarini boshqarishning ikki muhim omili mavjud. Birinchidan, “kami” faqatgina yapon millati bilan bog‘liq ekanligini tasdiqlash; ikkinchidan, Sintoiylik nuqtai nazaradan agar chet ellik kishi sintoga e’tiqod qilib, “kamiga” ibodat qilsa yapon bo‘lmagan kishining bunday qilishi axloqsizlik sanaladi. SHu bilan birga, sintoiylik yaponlarni boshqa dinlarga e’tiqod qilishlariga qarshilik qilmaydi. Mana shuning uchun ham deyarli barcha yaponlar, sintoiylik bilan bir qatorda, yana boshqa bir dinga e’tiqod qiladilar. Agar yaponlarni diniy e’tiqodiga ko‘ra guruhlarga ajratib, umumiy soni hisoblanadigan bo‘lsa, ularning soni mamlakat umumiy aholi sonidan ko‘p chiqadi.
Sintoiylikda har bir ibodatxonaning o‘z xudosi bo‘lib, uning boshqa ibodatxonalarga hech qanday aloqasi yo‘q.
Oddiy yapon kishi uchun uning o‘z ibodatxonasi, unda amalga oshiriladigan marosimlar, yilda bir marta bo‘ladigan rangin bayramlar hayotining zaruriy qismi bo‘lib qolgan. Uning ota-bobolari ham shunday yashaganlar, o‘zi ham undan oshirmasdan shu tarzda yashaydi.
1868 yilda Meydzi islohotlaridan keyin sintoiylik ruhoniylarini o‘qitadigan ta’lim tizimini yaratishga harakat qilingandi. Kannusi deb ataladigan bunday ruhoniylik lavozimi odatda meros sifatida o‘tar edi. 1945 yilda konstitutsiya yo‘li bilan din davlatdan ajratildi.
Ibodatxonada turli ibodatlar amalga oshiriladi. Dindorlar altar oldida turib, maxsus katakli qutiga biror tanga tashlaydilar, ta’zim qiladilar, bir necha marta chapak chaladilar va ibodat so‘zlarini qaytaradilar. Sinto ibodatxonalarida har xil bayramlar ham tashkil qilinadi.
Sintoiylikning keng tarqalgan bayramlaridan biri Motsuridir. Bu bayram ba’zi ibodatxonalarda yilda bir marta, ba’zilarida esa ikki marta nishonlanadi. Ko‘pincha bu bayram dehqonchilik ishlarining boshlanishi, hosil yig‘ib olish, shuningdek, ibodatxona yoki mahalliy xudoga bag‘ishlangan sana bilan bog‘liq bo‘ladi. Bayram juda yuqori kayfiyatda o‘tadi. Ruhoniylar bayram haqida faqatgina doimiy ibodatga keladigan kishilarni emas, balki atrofdagi barcha aholini xabardor qiladilar. Motsuri bayramida juda ko‘p odam to‘planib, ular tantanalar va o‘yin-kulguda qatnashadilar. Ayrim ibodatxonalarda Motsuri rang-barang karnaval ko‘rinishida o‘tadi.
Har bir ibodatxonada “sintay” xudosi turadigan “xonden” (muqaddas joy) bor. Xondenning yonida “xayden” (ibodat qiluvchilar turadigan joy) bo‘ladi. Ibodatxonalarda xudolar timsoli yo‘q. Ammo ba’zi ibodatxonalar sher, ba’zilari tulki, maymun yoki kiyik timsollari bilan bezatilgan. Bu hayvonlar muayyan xudolarning elchisi hisoblanadi. Bularning barchasi sintoiylikning turli-tuman, o‘ziga xos milliy e’tiqodlar bilan chambarchas bog‘liqligini ko‘rsatadi.Xalq orasida tulki tabiatiga ega bo‘lgan odamlarni sehrgar, folbin, bashoratchilik xususiyatiga ega deb hisoblaydilar. Ular tulki timsolidagi xudoga sig‘inadilar. Qadimda yaponlar bo‘riga sig‘inishgan. YAqin-yaqinlargacha ular bo‘rini Akami tog‘larining ruhi deb hisoblab kelishgan. SHuningdek, yaponlar toshbaqa, ilon, chuvalchang, baliq, ninachi, akula, krab kabi ko‘plab turli hayvonlarni muqaddas hisoblab, ularning timsollarini yomon ruhlardan himoya qiluvchi, omad-baxt keltiruvchi narsalar sifatida uylari, ibodatxonalariga osib qo‘yadilar. Undan tashqari, o‘simliklardan ba’zi daraxt va gullarni, jonsiz narsalardan tog‘, buloq, tosh kabilarni ham ilohiylashtiradilar. SHuni ta’kidlash kerakki, ushbu urf-odatlar diniy e’tiqoddan ko‘ra ko‘proq xalqning qadimiy tasavvurlari bilan bog‘liq.
Iudaizm - eng qadimgi dinlardan bo‘lib, eramizdan oldingi XIII asrda yahudiylarning milliy dini sifatida vujudga kelgan. Bu din o‘zining asosiy aqidalarini bevosita o‘sha davrda mavjud bo‘lgan politeistik dinlardan olgan. Uning paydo bo‘lishi va mustaqil monoteistik din sifatida maydonga chiqishi markazlashgan yahudiy davlatining tashkil topishi bilan uzviy bog‘liqdir.
Hozirgi Falastin hududida qadimgi zamonlarda dehqonchilik va chorvachnlik bilan shug‘ullangan ko‘chmanchi yahudiy qabilalari yashagan. Bu qabilalarda din sifatida aiimizm, magiya, fetishizm, sehrgarlik va turli o‘simlik hamda hayvonlarga sig‘inish hukmronlik qilgan. YAhudiy qabilalari o‘zlarini muayyan hayvonlarning nomlari bilan ataganlar. Iudaizmning "muqaddas'' kitoblar to‘plamida hayvonlarni va o‘simliklarni, tabiatdagi dahshatli, stixiyali kuchlarni, arvoxlarni va boshqalarni e’zozlash izlari bor.
Ruhoniylar iudaizmning obro‘sini ko‘tarish maqsadida yahudiylar "mumtoz xalk.", unga dinni xudoning o‘zi ato etgan, degan fikrni ilgari surardilar; hozir ham qisman shunday. Buning isboti sifatida ular asrlar davomida jamiyatda sodir bo‘lgan ulkan ijtimoiy o‘zgarishlar iudaizm ta’limotiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmadi, u yagona milliy dinligacha qoldi, shuning uchun uning ijtimoiy va gnoseologak ildizlari ham yo‘q, deb jar solmoqdalar. Aslida esa yahudiy xalqining ijtimoiy-iqtisodiy sharoitiga muvofiq iudaizm, boshka dinlar kabi, shakl va mazmunini bir necha bor o‘zgartirgan.
Iudaizm politeizmdan monoteizmga o‘tguncha bir qancha tarixiy jarayonni boshdan kechirgan. Bu jarayon ibtidoiy jamoa tuzumidan quldorlik jamiyatiga o‘tguncha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Mana shu tarixiy davrda yahudiy qabilalarn ko‘p xudolarga e’tiqod qilganlar. Har bir qabilaning, har bir urug‘, hatto shaharning o‘z xudosi bo‘lgan, shuningdek moddiy olam hodisalarining har bir guruhi alohida xudoning nomi bilan bog‘langan. "Sening shaharlaring qancha bo‘lsa, xudolarning shahri ham shunchadir", deyiladi Tavrot yozuvlarida. Iudaizmda mahalliy avliyolar xisoblanmish Iso (Iisus), Ravin, Ibrohim (Avraam), Ishoq (Isaak) YOqub (Iakov), YUsuf (Iosif) va boshqalar. Bular boshqa dinlarda ham payg‘ambar deb tan olingan.
Eramizdan avvalgi X asrda iudaizm yahudiy qabilalari o‘rtasida sinfiy tabaqalanish ro‘y berishi va quldorlik munosabatlarining vujudga kelishi jarayonida mavjud qabilaviy dinlar asosida shakllangan.
Ammo tarixiy fenomen sifatida iudaizmning rivojlanishi qabilalar o‘rtasidagi munosabatlar taraqqiyoti bilan bevosita bog‘liq edi. CHunki qabilaviy xudolar evolyusiyasi natijasida yagona xudo yuzaga kela boshlagan edi. Bu jarayon o‘sha davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga asoslanishi muqarrar edi. Rivojlanishning muayyan davrida eng kuchli qabilalar xudosi boshqa qabila xudolaridan yuqori turuvchi bosh xudo hisoblana boshlagandi. Falastindagi Ruvim, Simon, Levin va Iuda singari eng mashhur qabilalar obro‘si ko‘tarila boshlagan. Bularning orasida Iuda qabilasi kuchli hisoblanib, obro‘si juda oshib ketgan, uning xudosi YAxve esa barcha xudolardan yukori turuvchi yakka hukmron xudo sifatida qabul qilingan. Bunga qadar politeizmda YAxve tog‘-tosh, chaqmoq, momaqaldiroq va suv xudosi sifatida tasvirlangan. quldorlik davlatining barpo etilishi va rivojlanishi yahudiy qabilalarini yaqinlashishi va birlashishiga olib kelgan. YAhudiy davlati vujudga kelishi bilan yahudiy qabilalari o‘zlarini erda hukmdor deyish bilan cheklanmasdan, yagona xudoni ham osmon hukmdori sifatida tan olishgan.
SHu tariqa YAxvedan boshqa xudolarga e’tiqod qilishga barham berilgan. Ilgarigi qabila xudolaridan biri bo‘lgan YAxve yakka deb e’tirof etilgan. qudus (Ierusalim) shahrida markaziy ibodatxona qurilgan va yahudiy milliy-davlat dini vujudga kelgan. YAhudiylik monoteizm sinfiy munosabatlar bilan bevosita bog‘liq ravishda yuzaga kelganligi uchun jamiyat hayotidagi tengsizlikni oqlagan.

Iudaizm milliy-davlat dini sifatida podsho himoyasidagi ruhoniylar mavqeini mustaqkamlagan, hamda podshoning g‘oyaviy himoyachisiga aylanganlar. YAhudiy ruhoniylari, kohinlar politeistik dinlardagi aqida, rivoyat, mifologik qarashlarni, urf-odat, marosimlarni hukmron sinf manfaatlarini ko‘zlab, yangi monoteistik din talablariga moslab qayta ishlash orqali iudaizmning asosiy aqidaviy ta’limotlarini o‘zida aks ettiruvchi muqaddas kitoblarni yaratdilar.


SHunday qilib, iudaizmning rivojlanishi va bu din ta’limotining vujudga kelishi uzoq davrlarni o‘z ichiga olgan. SHulardan dastlabkisi Bibliya davri, deyiladi. Bibliya tekstlari bir necha yuz yillar davomida yuzaga kelgan. U ikki qismdan - qadimiy axdnoma (Vetxiy zavet) va YAngi axdnoma (Novy zavet) dan iborat. Iudaizm ruhoniylari YAngi axdnoma tannax deb ataydilar. Iudaizm tarafdorlarining fikricha, tannaxni xudo - YAxve "mukaddas yozuvlar" sifatida yahudiylarga yuborgan. Aslida esa YAngi axdning mualliflari uni yozishda qadimgi SHarq xalqlarining turli diniy e’tiqod va tasavvurlari, tarixiy hikoyalar va afsonalar, mif va diniy-falsafiy qarashlar, muhabbat kissalari va boshqa shunga o‘xshash manbalardan foydalanganlar.quldorlik tuzumi davrida iudaistlar davlati Assiriya, Vaviloniya va yunonlar tomonidan bir necha bor bosib olinishi tufayli yahudiylar Falastinni tashlab ketishga majbur bo‘ldilar. Eramizning 70-yillarida rimliklar yahudiylarning diniy markazi Kuddus sharif ibodatxonasini buzib tashladilar. O‘z ibodatxonasidan mahrum bo‘lgan yahudiylar turli joylarda mahalliy yig‘ilishlar - sinagoglar4 tashkil etdilar.
YAhudiy diniy yozuvlari asosan 2 qismdan: Tavrot va Talmuddan iborat. YAhudiy dinida muqaddas hisoblangan Tavrot eramizdan ilgarigi ming yillik ichida shakllangan 5 ta kitobdan iborat. Tavrotni sharxlash natijasida avvalo Mishna, so‘ng Gemara paydo bo‘lgan. Ularni qo‘shishdan vujudga kelgan risolalar to‘plami Talmud deb atalgan. U yaxudiy jamoalarida diniy urf-odat, marosim me’yorlari, ijozatlar, taqiqlar, fukarolik munosabatlari, oilaviy hayot va boshqalarga oid ko‘rsatmalarni o‘z ichiga olgan.

YAhudiy dinidagi asosiy aqida yakka xudo - YAxvega e’tiqod qilishdir. Diniy aqidalardan birida zamona oxir bo‘lgach, YAxve o‘z elchisi Mahdiy (Messiya) ni yuborib, "mumtoz xalq" ni dunyoga hukmron qilarmish. Iudaizmda maxdiylik g‘oyalariga keng o‘rin berilgan. Muso xudoning amrini erga etkazib turuvchi payg‘ambar tariqasidagina emas, balki insonlarni yovuzlikdan, gunoxdan saqlash maqsadida xudo erga yuborgan vakil sifatida ham tasvirlangan.


Iudaizmda murakkab urf-odat va marosimlar bo‘lib, uni ta’limotining muhim akidalaridan biri kishilarni azob-uqubatlardan qutqarish bilan yurtda adolat o‘rnatib, olamni yangilovchi Maxdiyning kelishini kutishdir. Iudaizm ta’limoti inson hayotini 600 turdan zied toat-ibodat, urf-odat bilan bog‘laydi.
Iudaizm tarixi davomida uning bir qancha mazhab va yo‘nalishari paydo bo‘lgan. Iudaizmda XX asrda vujudga kelib, faoliyatini hozirgacha davom ettirayotgan islohotchilar dinni zamonaviylashtirishga intildilar va Turli tangliklar iudaizmni o‘z sistemasiga ba’zi tuzatishlar kiritishga majbur etdi.
Iudanizmning asosiy aqidalaridan orasidagi eng muhimlari -monoteizm - yagona xudo bo‘lmish YAxvega e’tiqod; xaloskorlik - xudo tomonidan yuboriladigan xaloskor Mahdiga ishonch; bu xaloskor dunyoni qayta qurar va butun yahudiylarni falastindan Sinion (quddus yaqinidagi tepalik) atrofiga to‘plashi va ularning dushmanlarini jazolashi, narigi dunyoga ishonch, oxiratda har kimning o‘z qilmishiga yarasha ajrini topishi, jannat va do‘zaxlarning mavjudligiga, dunyoning oxiri borligiga, muqaddas kitoblarning benuqsonligiga ishonishdir.
Ilohiyotchilar fikriga binoan, Bibliya5ning birinchi besh kitobi bo‘lmish Tavrot (aynan tarjimasi qonun, Musoning besh kitobi) yahudiylarga etkazish uchun Muso payg‘ambarga xudo YAxvening shaxsan o‘zi Sinion tepaligida bergan. Bibliyaning boshqa qismlari esa (Qadimgi ahdga taalluqlisi) xudoning bevosita pand-nasihatlari ta’siri natijasida yahudiylarning boshqa turli payg‘ambarlariga yuborilgan deb tushuniladi. SHunday qilib Bibliyani shakllanishi uzoq davrni o‘z ichiga oladi.
Odatda iudaizm shartli ravishda ikki davrga bo‘linadi. Birinchisi, qadimiy (quldorlik davri bo‘lib, u milodning II asrigacha bo‘lgan bu davrda Bibliyaning qadimiy ahd qismi yuzaga kelgan. Ikkinchisi, XIX asrgacha davom etgan O‘rta asr feodal, ravvin, talmud, an’anaviy davrlarga bo‘linadi. SHu davrlarda diasporalarda (yun. tarqoq falastindan tashqaridagi yahudiy masqanlarining nomi) Tavrotni talqin etish natijasida iudaizmning yangi bir mukaddas kitobi Talmud (qadimgi yahudiy tilida o‘rganish) shakllangan. Unda iudaizmning aqida va marosimlari batafsil yoritilgan. XVIII asrning oxiri va XIX asrning boshlarvda iudaizmda yangi bosqich- isloh qilingan iudaizm vujudga kelgan. Bu davrlarda yangi burjua sharoitiga moslashish maqsadida aqidalarni yangilash va Talmudda belgilangan bir qator yo‘l-yo‘riqlardan, ibodatlardan voz kechishlar ro‘y bergan.
Hozirgi zamon iudaizmida isloh qilingan iudaizm bilan bir qatorda ortodoksal (sof) fundamental iudaizm ham mavjuddir. Ortodoksal iudaizm Isroilda alohida mavqega ega bo‘lib, rasmiy davlat dini hisoblanadi. Bunga XX asrda vujudga kelgan muhofazakor yo‘nalishdagi iudaizm, uning mafkurachilari iudaizm va sionizm ittifoqining tarafdorlaridir. Utgan asrning 20-30-yillarida g‘arbda rekonstruk­sionizm deb nom olgan, go‘yoki shaxsiy milliy mansubligini belgilaydigan iudaizm "yahudiylar revolyusiyasidir" deb e’lon qilgan yangi yo‘nalishlar ham kiradi.
Markaziy Osiyoda yashayotgan yahudiy dindorlari orasida asosan ortodoksal shakldagi iudaizm mavjud va ular shartli ravishda etnik ko‘rinishlar tartibiga muvofiq to‘rt xil, bo‘lib ular evropalik, buxoro, gruzin, tog‘li yoki tat yahudiylariga bo‘linadi.
Bu joylardagi yahudiylarning asosiy qismi, keyinchalik ular Buxoro yahudiylari nomini olgan, chamasi, sosoniylar davrida Mavr va Eron orqali kirib kelgan bo‘lsalar kerak. Bunga ularning qadimgi Fors lahjalarining tojik shevasidan biri bo‘lmish tili, shuningdek, ayrim eroniy odatlari va hozirgi kungacha saqlanib qolgan elatlar madaniyatining birgina obidasi - yahudiylarning lug‘ati 1327 yil Urganchda yozib tugatilgani bundan dalolat beradi. Buxoro yahudiylari o‘zlarining etnik xislatlarini hammadan ko‘proq anik saklab qolgan yahudiylardir. Bularga Bibliya iudaizmining asoslari oilaviy-maishiy tartibdagi patriarxal odatlar bo‘lmish "xalitso"-"to‘rt tirsak", "ketuba", "kadish" o‘n kishidan kam bo‘lmagan dindoshlar ishtirokida vafot etgan ota-onaga bag‘ishlangan xotira ibodatlari kiradi. Ehtimol, ko‘p asrlar mobaynida ular yo‘qotgan asosiy narsa, faqatgina diniy ibodatlarda saqlanib qolgan va juda oz, tor darajadagi kishilar -ravvinlargina biladigan, qadimgi yahudiy tili bo‘lsa kerak. Tat yahudiylari yoki ular, ilgari aytilganidek, Dog‘iston, SHimoliy Kavkazda yashovchi "tog‘lik yahudiylar" Eron lahjalari shevasidan biri bo‘lgan tat tilida so‘zlashganliklari uchun ham eroniy tilda so‘zlashuvchi xalq hisoblanadi. CHamasi, ular V-VI asrlarda Darbantga Erondan ko‘chib kelgan bo‘lib, avval zardushtiylikni, keyin esa (VIII asrlardan boshlab) ikki asrlik Hazar kogonlarining hukmronlik davrida iudaizm ta’siriga o‘tganlar. Iudaizmda markaziy diniy tashkilot yo‘q, Moskvadagi xoral sinagogi va shibatda (o‘quv yurti) ruhoniy xodimlar; ravvinlar, kantorlar va boshqalar tayyorlanadi.

FOYDALANILGAN ADABIYoTLAR RO‘YXATI:


1. «Qur'oni karim». (A.Mansur taijima va izohlari). «Cho'lpon». Tosheknt, 1992.
2. A.Gxosh. Chelovecheskiy sikl. Kazan. 1992
3. A.Navoiy. Lisonut-tayr. Т., 1984.
4. A.Sh.Juzjoniy. Tasavvuf va inson. Т., «Adolat», 2001
5. A.Shimmel. Jononmeningjonimda. Т., «Sharq», 1999.
6. Abdulhay Abdurahmonov. Saodatga eltuvchi bilim. I-II kitob. Т., 
«Movaraunnahr», 2005.
Download 18.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling