Ijtimoiy fanlar


Download 286.3 Kb.
bet44/52
Sana22.10.2023
Hajmi286.3 Kb.
#1716187
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   52
Bog'liq
Ijtimoiy fanlar

Kelajak ssenariylari – bu kuzatilayotgan tendensiyaning ehtimol tutilgan kelajagi haqidagi u yoki bu tusmolni asoslovchi dastlabki farazlarning tartibga solingan yig‘indisi. Ssenariylar: a) u yoki bu nazariy vaziyatni qay yo‘l bilan bosqichma-bosqich amalga oshirish mumkinligini; b) voqealarning muayyan rivojiga yo‘l qo‘ymaslik, ularni engillashtirish yoki chetlab o‘tish uchun voqealarning har bir ishtirokchisi uchun har bir bosqichda qanday variantlar mavjudligini aniqlaydi.
Analitik prognoz. U kelajakni o‘rganishning turli metodlari va vositalarining bilishga doir qimmatini ilmiy maqsadlarda aniqlash uchun tuziladi.
Prognoz-ogohlantirish. Bu prognoz kishilarni ehtimol tutilgan kelajakning masalan, yuz berishi kutilayotgan ekologik haloqatlarning oldini olishga majbur qilish maqsadida ularning ongi va xulq-atvoriga bevosita ta’sir ko‘rsatish uchun ishlab chiqiladi. Shuni qayd etish lozimki, prognozlarning bu asosiy tiplari o‘rtasidagi farq shartlidir; ayni bir konkret ijtimoiy prognozda bir necha turdagi belgilar mavjud bo‘lishi mumkin. Shuning bilan bir qatorda jahonda mulkiy tengsizlik-sanoati rivojlangan mamlakatlar bilan rivojlanayotgan mamlakatlar o’rtasidagi tafovut va ziddiyat kuchaymoqda. Qolaversa, ilmiy va texnikaviy bilimlar, shuningdek, ilg’or texnalogiyalar sohasida ham katta tafovutlar mavjud. Bu holat jahon resurslarining taqsimlashda yaqqol ko’rinadi. Ya’ni tabiat resurslari aslida rivojlanayotgan mamlakatlarning asosiy boyligi hisoblansa ham, sanoati yuksak rivojlangan mamlakatlar bu boyliklarni nazorat qilishni o’z qo’llariga olishga intilmoqdalar.
Xulosalar. Bizning davrimizda kelajakni prognoz qilish insoniyat uchun tobora ulkan ahamiyat kasb etmoqda. Bugungi kunda kelajak avlodlar taqdiri prognoz qilishga ko‘p jihatdan bog‘liq. Ijtimoiy tadqiqotlarning hozirgi darajasi kelajak haqida ancha aniq bilim olish va ijtimoiy bashoratni «utopiyalar» sohasidan fan sohasiga o‘tkazish imkonini beradi.Kelajakni prognoz qilish insoniyat istiqbollarini fanlararo kompleks o‘rganish bo‘lib, u faqat gumanitar, tabiiy-ilmiy va ilmiy-texnikaviy bilimni birlashtirish jarayonida samarali bo‘lishi mumkin.

Download 286.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling