Ijtimoiy fanlar


Download 286.3 Kb.
bet47/52
Sana22.10.2023
Hajmi286.3 Kb.
#1716187
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52
Bog'liq
Ijtimoiy fanlar

Metodologiya – metod haqidagi ta'limot, bilishning yangi metodlarini yaratish tamoyillarini ishlab chiqish.
Milliy muammolar tushunchasi ijtimoiy-siyosiy va ilmiy muomalada ba'zan muayyan davlat yoki milliy hamjamiyatning ma'lum qiyinchiliklari, g'am-tashvishlarini aks ettiradi. Miqyos darajasiga qarab ular mintaqaviy yoki mahalliy muammolar sifatida talqin qilinishi mumkin.
Mintaqaviy muammolar - ayrim qit'alar, dunyoning yirik ijtimoiy-iqtisodiy hududlari yoki ancha yirik davlatlarda yuzaga keladigan muhim masalalar doirasini qamrab oladi
Mistika – sirli, g'ayritabiiy, tushunarsiz narsa yoki hodisa.
Moddiylashtirish – ma'no strukturalari, sxemalar, loyihalarning inson faoliyatida gavdalanishi.
Modus – predmetning unga ayrim holatlardagina xos bo'lgan muvaqqat xossasi.
Monizm – plyuralizmga zid o'laroq, muayyan bir asosdan kelib chiqadigan falsafiy yondashuv.
Nano yunoncha “nanos” so'zidan olingan bo'lib, mitti degan ma'noni bildiradi.
Nanotexnologiya-mitti texnologiya bo'lib, uning prototipi tabiatning o'zida mujassam. Ko'zga ko'rinmas bakteriyalar, chumoli, o'rgimchak va shunga o'xshash hasharotlar tabiiy nano jismlardir.
Negativ – salbiy, biror narsaga zid.
Noosfera – aql-idrok sohasi yoki Biosferaning shunday bir holatiki, bunda odamlarning oqilona faoliyati Biosfera rivojlanishining muhim omiliga aylanadi.
Obraz – amaliy faoliyat va bilish jarayonida shakllangan hissiy yoki oqilona tasavvur.
Okkultizmmaxsus ruhiy mashqlar, alohida marosimlar orqali ayrim insonlargina bila oladigan koinotda sirli kuchlar mavjudligini e'tirof etuvchi ta'limot.
Oppozisiya - qarshi harakat, muayyan narsaga ochiqdan-ochiq yoki zimdan qarshilik ko'rsatish.
Panteizm – Xudoni tabiat bilan tenglashtiruvchi falsafiy ta'limot.
Paradigma – mazkur davrda ilmiy hamjamiyat tomonidan e'tirof etilgan muayyan ilmiy tadqiqot yo'nalishini belgilovchi prinsiplar majmui.

Download 286.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling