Ijtimoiy fanlar
Download 286.3 Kb.
|
Ijtimoiy fanlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fauna
- Fundamental globallashuv
- Evolyusion epistemologiya
- Ekologik muammo
- Ekopessimizm
Texnotron jamiyat – kompyuter inqilobi bosqichiga kirgan jamiyat.
Transsendental – o'ta umumiy. Universum – yagona Olam, yaxlit dunyo. Xususiy muammolar davlat faoliyatining muayyan jabhasiga, ayrim aholi yashaydigan punktlarga yoki kichik tabiiy ob'ektlarga tegishli bo'lgan muammolardir Fauna – barcha turdagi hayvonlar majmui. Fenomen – insonga hissiy bilish tajribasida berilgan hodisa. Fenomenologiya – bevosita kuzatish mumkin bo'lgan ideal mohiyatlar sifatidagi fenomenlar haqidagi falsafiy ta'limot. Flora – o'simliklar dunyosi. Fluktuasiya – o'zgarish, belgilangan parametrlardan tasodifiy og'ish. Futurologiya – kelajak haqidagi fan. Fundamental globallashuv dunyo miqyosidagi aloqalar, tuzilmalar va munosabatlar yuzaga kelishi bilan bog'liq. Bu jarayonlar natijasida dunyo o'zining deyarli barcha jihatlarida yaxlit bir butun organizm sifatida uzil-kesil shakllandi. Fundamental deb nomlanuvchi bunday globallashuvning ilk alomatlari XIX asrning ikkinchi yarmida paydo bo'ldi, XX asr o'rtalariga kelib esa u to'la darajada borliqqa aylandi. Evolyusion epistemologiya – bilishni jonli tabiat evolyusiyasining momenti va uning mahsuli sifatida o'rganuvchi fan. Evristik – ijodiy, noma'lum narsalar va hodisalarni bilishda sakrashni amalga oshiruvchi. Ekzistensializm – diqqat markazida hayotning ma'nosi, inson erkinligi va mas'uliyati muammolari turuvchi falsafiy yo'nalish. Ekologiya – jonli mavjudotlarning o'zini qurshagan muhit bilan o'zaro munosabatlari haqidagi fan. Ekologik muammo – jonli organizmlarning atrof muhit bilan muvozanatining buzilishi. Ekologik tanglik – ekologik muammoning keskinlashuvi, bunda uning oqibatlari orqaga qaytarib bo'lmaydigan xususiyat kasb etadi. Ekspertiza usulida baholash- bu ilmiy metodning mohiyati ekspertlar (fan va texnikaning turli sohasidagi etakchi mutaxassislar) tomonidan muammoni tahlil qilish va so'ngra natijalarni formallashtirilgan asosda qayta ishlashdan iborat Ekopessimizm - asosiy e'tibor inson faoliyatining salbiy oqibatlari va atrof muhit muammolariga qaratilgan, ularni echish imkoniyatlari salbiy tusda ko'rilgan hol. Download 286.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling