Ijtimoiy fanlar


Download 286.3 Kb.
bet49/52
Sana22.10.2023
Hajmi286.3 Kb.
#1716187
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52
Bog'liq
Ijtimoiy fanlar

Texnotron jamiyat – kompyuter inqilobi bosqichiga kirgan jamiyat.
Transsendental – o'ta umumiy.
Universumyagona Olam, yaxlit dunyo.
Xususiy muammolar davlat faoliyatining muayyan jabhasiga, ayrim aholi yashaydigan punktlarga yoki kichik tabiiy ob'ektlarga tegishli bo'lgan muammolardir
Fauna – barcha turdagi hayvonlar majmui.
Fenomen – insonga hissiy bilish tajribasida berilgan hodisa.
Fenomenologiya – bevosita kuzatish mumkin bo'lgan ideal mohiyatlar sifatidagi fenomenlar haqidagi falsafiy ta'limot.
Flora – o'simliklar dunyosi.
Fluktuasiya – o'zgarish, belgilangan parametrlardan tasodifiy og'ish.
Futurologiya – kelajak haqidagi fan.
Fundamental globallashuv dunyo miqyosidagi aloqalar, tuzilmalar va munosabatlar yuzaga kelishi bilan bog'liq. Bu jarayonlar natijasida dunyo o'zining deyarli barcha jihatlarida yaxlit bir butun organizm sifatida uzil-kesil shakllandi. Fundamental deb nomlanuvchi bunday globallashuvning ilk alomatlari XIX asrning ikkinchi yarmida paydo bo'ldi, XX asr o'rtalariga kelib esa u to'la darajada borliqqa aylandi.
Evolyusion epistemologiya – bilishni jonli tabiat evolyusiyasining momenti va uning mahsuli sifatida o'rganuvchi fan.
Evristik – ijodiy, noma'lum narsalar va hodisalarni bilishda sakrashni amalga oshiruvchi.
Ekzistensializm – diqqat markazida hayotning ma'nosi, inson erkinligi va mas'uliyati muammolari turuvchi falsafiy yo'nalish.
Ekologiya – jonli mavjudotlarning o'zini qurshagan muhit bilan o'zaro munosabatlari haqidagi fan.
Ekologik muammo – jonli organizmlarning atrof muhit bilan muvozanatining buzilishi.
Ekologik tanglik – ekologik muammoning keskinlashuvi, bunda uning oqibatlari orqaga qaytarib bo'lmaydigan xususiyat kasb etadi.
Ekspertiza usulida baholash- bu ilmiy metodning mohiyati ekspertlar (fan va texnikaning turli sohasidagi etakchi mutaxassislar) tomonidan muammoni tahlil qilish va so'ngra natijalarni formallashtirilgan asosda qayta ishlashdan iborat
Ekopessimizm - asosiy e'tibor inson faoliyatining salbiy oqibatlari va atrof muhit muammolariga qaratilgan, ularni echish imkoniyatlari salbiy tusda ko'rilgan hol.

Download 286.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling