Ijtimoiy fanlar


Determinizm – barcha voqealar va hodisalarning qonuniyligi va sababiy bog'langanligi haqidagi falsafiy ta'limot. Dialektika


Download 286.3 Kb.
bet46/52
Sana22.10.2023
Hajmi286.3 Kb.
#1716187
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   52
Bog'liq
Ijtimoiy fanlar

Determinizm – barcha voqealar va hodisalarning qonuniyligi va sababiy bog'langanligi haqidagi falsafiy ta'limot.
Dialektika – harakat, rivojlanish, o'zgarish haqidagi falsafiy ta'limot.
Diskret – uzlukli.
Differensiasiya – butunning turli-tuman qismlar, bosqichlar, shakllarga bo'linishi, parchalanishi, ajralishi.
Idealmutlaq barkamollik, bunday barkamollik haqidagi tasavvur.
Ierarxiya – bir narsaning funksional ahamiyati yoki xizmat mavqeiga ko'ra ikkinchi narsaga, uchinchi narsaga va hokazolarga bo'ysunishi.
Ijtimoiy prognoz qilish - kelajakni muayyan tarzda davriylashtirishni nazarda tutadi
Izotrop – barcha yo'nalishlarda bir xil.
Indeterminizm – determinizmga qarama-qarshi ta'limot.
Integrasiyabirlashish, birikish, yaxlit bir butunning shakllanishi.
Introvertiv – o'ziga, o'z ichki dunyosiga qarab mo'ljal oluvchi.
Imitasiyataqlid qilish, soxtalashtirish.
Axborot inqilobi – fan-texnika inqilobining rivojlanish bosqichi bo'lib, bunda axborot o'ta muhim resursga aylanadi.
Irrasionalizm – borliqni oqilona mantiqiy bilish imkoniyatini rad etuvchi nuqtai nazar.
Kauzallik – sababiyat, sabab va oqibatning qonuniy aloqasi.
Kommunikasiya (keng ma'noda) – muloqot. Ekzistensializmda – muloqot turi bo'lib, uning yordamida «Men» o'zini boshqa odamda topadi.
Konstitutsiyalashyaratish, belgilash, muayyan tashkiliy tus berish.
Konsyumerizm – iste'mol qilishga bo'lgan kuchli ehtiyoj.
Koevolyusiya – birgalikda tadrijiy rivojlanish.
Kreasionizm – butun borliqni Xudo yaratgan deb hisoblaydigan diniy ta'limot.
Materializm – dunyoning moddiyligidan va ongdan qat'iy nazar mavjudligidan kelib chiqadigan falsafiy yo'nalish.
Mahalliy muammolar tushunchasi yuqoriroq darajadagi muammolarga, aniqroq aytganda, ayrim mamlakatlarga yoki yirik mamlakatlarning ancha katta hududlariga tegishli bo'lgan muammolarga nisbatan tatbiq etiladi. Bu erda odatda kuchli zilzilalar, yirik suv toshqinlari yoki, masalan, kichik davlatdagi fuqarolar urushi nazarda tutiladi.
Metafizika – Gegeldan oldingi va hozirgi G'arb falsafasida borliqning o'ta hissiy tamoyillari va asoslari haqidagi fan. Falsafaning sinonimi sifatida ishlatiladigan atama.

Download 286.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling