Ijtimoiy fanlar


Download 286.3 Kb.
bet42/52
Sana22.10.2023
Hajmi286.3 Kb.
#1716187
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   52
Bog'liq
Ijtimoiy fanlar

Bashoratkelajak haqidagi, ya’ni hali amalda mavjud bo‘lmagan, lekin rivojlanishning kutilayotgan rivojini belgilovchi ob’ektiv va sub’ektiv omillar ko‘rinishida hozirgi zamonda potensial mavjud bo‘lgan hodisalar va jarayonlar haqidagi bilim. Bashorat o‘z gnoseologik tabiatiga ko‘ra gipotezani ilgari surishga yaqin turadi. Ammo gipoteza – o‘tmishni ham, hozirgi zamonni ham, kelajakni ham bilishga tatbiq etiladigan mantiqiy shakl, bashorat esa kelajakka yoki hali ma’lum bo‘lmagan hozirgi davrga qarab mo‘ljal oladi. Kelajakni oldindan aytish usuli, teranlik va aniqlik darajasiga ko‘ra bashoratning qo‘yidagi turlarini farqlash mumkin: 1) mifologik bashorat,1) kundalik bashorat; 2) intuitiv bashorat; 3) ilmiy bashorat, 4)ijtimoiy bashorat. Mifologik bashorat arxaik ongda shakllangan obrazlar harakatida kelajakni bashorat qilishdi. Masalan, Drezden qo‘lyozmalarida ta’kidlanishicha Mayya qabilalari bashorat qilishicha 2012 yil 21 dekabr kuni qiyomat kuni deb belgilangan. Xususan, qo‘lyozmalarda to‘p o‘ynayotgan navkarlar ramzi ifodalangan. Olimlar fikricha to‘p Quyosh ramzi, balandlikdagi doira Somon yo‘li ramzi muvozanat markazining ifodasi. Navkarlar to‘pni tepib doiraga kiritishi lozim. Doiraga to‘pni kirita olmagan navkarning boshi olingan. Olimlar to‘pning doiraga tushishini qiyomat kuni, ya’ni muvozanatning buzilishi ramzi deb tahlil qilmoqdalar. SHuningdek, Mayya qabilalari qo‘lyozmalarida dunyoviy suv toshqinlari ham obrazlarda ifodalangan18.Darhaqiqat, bundan ikki ming yil ilgari arxaik ong darajasidagi bashorat XX asrdagi tez-tez takrorlanayotgan zilzilalar, suv toshqinlari, dengiz to‘fonlari va shu kabi boshqa tabii ofatlarda namoyon bo‘lmoqda. SHu bois, bugungi kunda pessimist olimlar qiyomat kuni yaqin deb ayyohannos solsalar, optimistlar bu astronomik siklllar almashinuvi xolos deb bashorat qilmoqda. Insoniyatni kelajpda nima kutmoqda. Bu savolga inson o‘z faoliyati maqsadi va natijalariga ko‘ra javob berishi lozim.
2. Prognozlashtirishning metodlari:
1. Ekstrapolyasiya metodlari. 2. Tarixiy analogiya.
3. Modellashtirish. 4. Ekspertiza usulida baholash.
5. Kelajak ssenariylari.
Ko‘rsatilgan kelajakni bashorat qilish metodlarining har biri o‘z afzalliklari va kamchiliklariga ega. Ekstrapolyasiya metodlari- qonuniyatlari o‘tmishda va hozirgi davrda yaxshi ma’lum bo‘lgan tendensiyalarni kelajakka tatbiq etishga asoslanadi. Masalan, biron-bir tizimga o‘tmishda muayyan o‘zgarmas tezlik yoki tezlanish bilan rivojlanish xos bo‘lgan bo‘lsa, bizda bu tezlik yoki tezlanish kelajakda ham muayyan vaqt oralig‘ida o‘zgarishsiz qoladi deb hisoblash uchun asoslar bor. SHunday qilib, o‘sish (pasayish) egri chiziqlarini grafik yoki analitik usulda davom ettirish va prognoz ob’ekti bo‘lg‘usi holatining miqdor ko‘rsatkichlarini hisoblab chiqarish mumkin. SHunga qaramay, agar o‘rganilayotgan tendensiya boshqa tendensiyalar bilan o‘zaro ta’sirga kirishish natijasida o‘zgarsa va bu o‘zaro ta’sirni lozim darajada o‘rganish imkoniyati mavjud bo‘lmasa, ekstrapolyasiya metodi uncha samarali bo‘lmasligi mumkin.

Download 286.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling