Ijtimoiy fanlar
FALSAFIY ATAMALAR (GLOSSARIY)
Download 286.3 Kb.
|
Ijtimoiy fanlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ateizm
- Garmoniya
- Gnoseologiya
FALSAFIY ATAMALAR (GLOSSARIY)
Agnostisizm – inson ob'ektiv borliqni to'liq bilishi mumkin emas, deb hisoblaydigan falsafiy ta'limot. Antissiensizm – fanning jamiyat hayotidagi roli va ahamiyatini salbiy baholaydigan falsafiy nuqtai nazar. Antropogen – inson faoliyati bilan bog'liq. Antroposentrizm – dunyoni bilishda insonni ustun qo'yuvchi falsafiy yondashuv. Aprior – tajribadan tashqarida. Inson tafakkurida tajribada ko'rilgunga qadar, tajribadan qat'iy nazar paydo bo'lgan obraz, g'oya, tushuncha. Ateizm – xudoning borligini inkor etuvchi falsafiy nuqtai nazar. Atribut – xossa. Bashorat – kelajak haqidagi, ya'ni hali amalda mavjud bo'lmagan, lekin rivojlanishning kutilayotgan rivojini belgilovchi ob'ektiv va sub'ektiv omillar ko'rinishida hozirgi zamonda potensial mavjud bo'lgan hodisalar va jarayonlar haqidagi bilim. Belgi – boshqa bir predmet, xossa yoki munosabatni ifodalaydigan va muayyan xabarni uzatish, saqlash yoki unga ishlov berishda ishlatiladigan moddiy, hissiy idrok etiladigan predmet. Garmoniya – bir butun narsa qismlarining o'zaro muvofiqligi. Germenevtika – falsafada – tarix, madaniyatni, o'zga individuallikni tushunish san'ati. Gipotetik – ehtimol tutilgan, faraz qilingan, taxmin (gipoteza)ga asoslangan. Globallashuv – ijtimoiy hayotning turli jabhalarida yaxlit tuzilmalarning dunyo miqyosida shakllanish jarayoni. Globalistika – globallashuv va uning oqibatlari mohiyatini anglab etishga qaratilgan ilmiy va falsafiy tadqiqotlar fanlararo sohasi. Gnoseologiya – bilish nazariyasi. Deduksiya – tadqiqot yoki tavsiflash metodi, usuli bo'lib, bunda ayrim qoidalar umumiy xulosalar, aksiomalar, qoidalar, qonunlardan tadrijiy yo'l bilan keltirib chiqariladi. Dezintegrasiya – butunning ayrim qismlarga parchalanishi. Deizm – Xudo dunyoni yaratgach, unda ishtirok etmaydi va uning voqealari tabiiy kechishiga aralashmaydi, deb hisoblaydigan falsafiy nuqtai nazar. Download 286.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling